Ma’lumki, barcha tirik organizmlar tovush chiqarish qobiliyatiga ega. Buning sababi ularda tovush chiqarish apparati va eshitish organi mavjud. Lekin insonga xos bo’lgan nutq tovushlari bu ikki jihatdan tashqari, uchinchi ijtimoiy qiymat belgisiga ham ega. Shuning uchun ham nutq tovushlarining hosil bo’lishi murakkab jarayon hisoblanadi. Insondagi nutq tovushlarining hosil bo’lishi uning nafas olish va chiqarish faoliyatiga borib taqaladi. Bunda dastlab o’pkadan chiqayotgan havo bo’g’iz bo’shlig’idagi un paychalariga tegib uni tebratadi va natijada shu erda un (ovoz) hosil bo’ladi. Bo’g’iz yoki og’iz bo’shlig’ida to’siqqa uchrash-uchramasligi, tilning hamda lablarning turli pozisiyalarda turishi natijasida tovushlar har xil sifat va miqdor belgilariga ega bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |