Fonetika o‘qitish metodikasi Reja



Download 0,71 Mb.
bet7/8
Sana28.03.2023
Hajmi0,71 Mb.
#922592
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Fonetika o‘qitish metodikasi Reja

7-mashq. Yangi bo‘g‘in qo‘shib so‘zlar yasang va to‘g‘ri talaffuz qiling.
1.Bir bo‘g‘n/ 2.Ikki bo‘g‘n/ 3.Uch bo‘g‘in/
Sal Sa-ra Sa-mar-qand
So‘…
Si…
Se…
So…
Su…

Metodik tavsiya. Amalda bo‘lib turgan maktab darsliklarida nutq tovushlari yaxlit holda tasnif qilib berilmagan. Norasmiy qo‘llanmalarda biroz farqi bilan tasnif qilingan. Ularda (masalan, N.Rasulova qo‘llanmasida) “o” unlisi lablarning ishtirokiga ko‘r oraliq tovush ekanligi aytilib, misol tariqasida “tonna”, “noyabr” so‘zlarida lablangan, “olma”, “ona” so‘zlarida lablanmagan deb berilgan. Bunga e’tirozimiz yo‘q. Lekin millatning bolasiga milliy tilimizdan saboq berganda tushuntirilayotgan qoidaga imkon qadar ona tilimizdagi o‘z qatlamga mansub til birliklaridan misol keltirish didaktik jihatdan to‘g‘ri bo‘ladi. (Men tashlagan yuqoridagi Fonetikadan savol-javoblardagi misollarga diqqat qiling.) Chunki bu tilimiz tabiatini ko‘rsatadi va bu qoida ona tilimizning fitratiga mosligini anglatadi. Avval o‘z qatlamdagi misollar bilan tushuntirib, so‘ngra o‘zlashgan so‘zlardan misol aytish, ya’ni qoidaga ilova qilish maqsadga muvofiq. Bu repetitor hamkasblarimizga ham tegishli. Chunki abiturientga o‘qishga tayyorgarlik asnosida maktabda berilmagan milliy tarbiya, bilim va shuurni berish bo‘ynimizgadagi qarz. Faqat ma’lumot berib, test yechtirish bilan kifoyalanib qolayotgan repetitor o‘qituvchilar o‘z ishlarini vijdonan bajarmayotgan bo‘lib chiqadi.



XULOSA
Xulosa qilib aytganda, “Fonetika” bo’limini o’qitish jarayonida o’quvchilarga ko’plab imloviy bilimlar berish, ularning savodxonligini yaxshilash imkoniyatlari keng. Buni to’g’ri yo’lga qo’ya bilish o’qituvchi mahoratiga bog’liq.
“Fonetika” bo’limini o’qitishda ko’zda tutiladigan amaliy maqsadlardan biri o’quvchilarning so’z boyligini oshirishdir. Bu ish quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:
1.Tovushdosh so’zlar ustida ishlash orqali. Tovushdosh so’zlar bir-biridan bir tovush bilan farqlanadi hamda turli ma’noga ega bo’ladi: ber-bor-bur, loy-moy-soy, choy-toy kabi. O’quvchilar har bir unli va undosh tovushning talaffuzi va imlo xususiyatlarini o’rganib bo’lgach, shu tovushlarga mos tovushdosh so’zlar to’playdilar: Bu esa o’quvchilarning so’z boyligini oshirishga yordam beradi.
2.So’zlarning ma’no nozikligi ustida ishlash orqali.
Unli va undosh tovushlarni cho’zish vositasida ma’noni kuchaytirish, so’zga ishonchsizlik, yalinish-erkalash kabi ma’nolarni yuklash mumkin.Masalan: katta` (ma’noni kuchaytirish), yo’qq` (ishonchsizlik ma’nosi), buvijon` (yalinish) kabi. Ana shunday ifodalarni o’quvchilarga o’rgatish ularning so’z boyligini oshiradi.
3.Ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so’zlar ustida ishlash orqali.
O’qituvchi “Fonetika” bo’limidagi har bir mashq ustida ishlashda ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so’zlar ustida ishlash imkoniyatiga ega.
Masalan, ng tovushining imlosi ustida ish olib borilar ekan, o’quvchilar ohangi, tengi, tonggi, manglay singari so’zlarni bo’g’inlarga ajratadilar. Shu bilan birga ma’nodoshlar topishi ham mumkin. Masalan: ohang-sas, teng-barobar-tengqur, tonggi-sahargi, manglay – peshona kabi.
Tovush juftlari bilan farqlanuvchi so’zlar ustida ish olib borilayotganda ham shunday ishlar davom ettirilishi mumkin: urish-urush, yumish-yumush.
“Fonetika” bo’limini o’qitishda sathlararo bog’lanishni yo’lga qo’yish imkoniyatlari ham keng. Bu bo’limni orfografiya, leksikologiya, sintaksis kabi bo’limlar bilan bog’liq holda o’qitish mumkin.


Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish