Chetdan o`zlashgan ayrim so`zlarda urg`uning o`rnini aniqlash usullari
Urg`u olmagan bo`g`indagi “o” unlisi “a” ga monand talaffuz qilinadi. Natijada, asliga muvofiq talaffuz qilinuvchi unli tovushga urg`u tushgan bo`ladi.
|
Motor (mator), fontan (fantan), roman (raman)..
|
Urg`u olmagan bo`g`indagi “e” unlisi “i” ga monand talaffuz qilinadi.
|
Telefon (tilifon),televizor (tilivizir)...
|
Urg`u olmagan bo`g`indagi “o” unlisi “i” ga monand talaffuz qilinadi.
|
Rektor (rektir), direktor (direktir), traktor (traktir), doktor (doktir)...
|
Urg`u olmaydigan shakllar
|
1.
|
Sof ko`makchilar.
|
Bilan, uchun, sari, sayin, singari, kabi, tufayli, uzra, qadar, yanglig`, haqida.
|
2.
|
Bir bo`g`inli so`zlar
|
Bor, ber, kel, yer...
|
3.
|
Qo`shimcha yuklamalar
|
-mi, -chi, -a, -ya, -u, -yu, -da, -ku, -gina, -oq, -yoq, -dir, -ki.
|
4
|
Shaxs-son qo`shimchalari
|
-man, -san, -dir, -miz, -siz.
|
5.
|
Fe’lning bo`lishsizlik shaklini yasovchi
qo`shimchalar
|
-ma, -may, -mas, -masdan, -maslik.
|
6.
|
Faol fe’l yasovchi ayrim qo`shimchalar
|
-la, -lar.
|
7.
|
Son turini hosil qiluivchi ayrim
qo`shimchalar
|
-ta, -tacha, -lab, larcha.
|
8.
|
Ravish yasovchi ayrim qo`shimchalar
|
-dek, -day, -cha.
|
9.
|
Buyruq-istak maylini hosil qiluvchi
qo`shimchalar
|
-sin, -gin, -y(-ay), -ylik, (-aylik), -(i)ng, -(i)ngiz, -inglar, -sinlar
|
10.
|
Familya hamda otasining ismini hosil
qiluvchi qo`shimchalar
|
-ov, -ova, -yev, -yeva, -ovich…
|
11.
|
Fe’lning zamon qo`shimchalari
|
-di, -gan, -yapti, -ar…
|
12.
|
Gumon olmoshini hosil qiluvchi
qo`shimcha
|
-dir
|
13.
|
Fe’lning shart mayli qo`shimchasi
|
-sa.
| Bo’g’in murakkab tushuncha bo’lgani uchun boshlang’ich sinflarda uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko’ra, o’quvchilarda so’zni bo’g’inlarga bo’lish ko’nikmasini shakllantirish vazifasi talab etiladi. O’quvchilar so’zni bo’g’inlarga bo’lishda so’zda nechta unli bo’lsa, shuncha bo’g’in bo’ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod o’rgatish davridayoq hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so’zdan dastlab unli harfni topadilar, keyin so’zda nechta unli bo’lsa, uni shuncha qism (bo’g’in)ga bo’ladilar.
I sinfda o’quv yilining birinchi yarmida og’zaki va yozma tarzda bo’g’inlarga bo’lish, shuningdek,
o’qituvchi topshirig’iga ko’ra, muayyan bo’g’inli so’z tanlash mashqlari har kuni o’tkaziladi. So’zni bo’g’inlarga to’g’ri va tez bo’lish ko’nikmasini hosil qilish 1-sinfda o’tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi. O’quvchilar o’qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko’nikmaga tayanadilar. O’zbek grafikasida bo’g’in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi. O’quvchi so’zni to’g’ri yozish uchun uni avval bo’g’inlarga bo’ladi. Bo’g’inlardagi tovushlarning o’zaro bir-biriga ta’sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O’quvchi quyidagicha muhokama yuritadi:
Dasturga ko’ra, tutuq belgili (ma’no, sun’iy kabi) so’zlarni bo’g’inga bo’lish va ko’chirishda tutuq belgisi har doim birinchi bo’g’inda bo’lishi, katta, ikki kabi ikkita bir xil undoshli so’zlarni bo’g’inga bo’lganda ikkita bir xil undoshning biri oldingi bo’g’inda qolishi, ikkinchisi keyingi bo‘g‘inga o‘tishi (kat-ta, ik-ki kabi) o‘quvchilarga 2-sinfdayoq o‘rgatiladi
Fonetika bo‘limi shuningdek, 5-sinfda o‘rgatiladi. Bu bo‘lim tilning tovushlar tizimini o‘rgatadi. Fonetika bo‘limini o‘qitish quyidagi vazifalarni ko‘zda tutadi:
1.O‘quvchilarni adabiy talaffuz me’yorlariga o‘rgatish.
2.O‘quvchilarning savodxonligini oshirish maqsadida ularni zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar biloan qurollantirish
3.O‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish
4.O‘quvchilarda turli lug‘atlar va ma’lumotnomalar bilan ishlash malakalarini rivojlantirish.
Fonetika bo‘limining izchil kursi bir qator mavzularni o‘z ichiga qamrab oladi. “Fonetika va grafika” mavzusini o‘rganishda asosiy e’tibor fonetika bilan grafikani o‘granish obyektini belgilab olishga, nutq haqida tushuncha berishga qaratiladi. Og‘zaki va yozma nutq haqida tegishli ma’lumot berilib, darslikdagi mashqlar og‘zaki va yozma shakllarda bajariladi.
“Nutq tovushi va harf” mavzusini o‘tishni topshiriqda berilgan gapni so‘zlarga, so‘zlarni bo‘g‘inlarga, bo‘g‘inlarni esa tovushlarga ajratish bilan boshlash to‘g‘ri bo‘ladi. O‘quvchilar og‘zaki nutqning eng kichik, mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan qismi nutq tovushi, tovushning yozuvdagi ifodasi esa harf ekanligini bilib oladilar. Bir tovushning bir harf bilan yoki ikki harf bilan ifodalanishi haqida tushunchaga ega bo’ladilar. Bu nazariy tushunchalarga mos amaliy mashqlar ishlaydilar.
Shundan so‘ng “Unli tovushlar”, “Undosh tovushlar” mavzulari o‘rganiladi. O‘quvchilar unli va undosh tovushlarning o‘xshash hamda farqli tomonlarini o‘rganib oladilar. Berilgan so‘zlar tarkibidagi tovushlarni unli va undoshlarga ajratadilar.
“Nutq a’zolari” mavzusi orqali o‘quvchilarga nutq tovushining qanday hosil bo‘lishi va ularni hosil qilishda nutq a‘zolarining ishtiroki haqida ma‘lumot beriladi. O’quvchilar nutq tovushlarini tabiatdagi boshqa fizik tovushlardan farqlashga o‘rganadilar. Tovushlar nutq azolarining ishtirokiga ko‘ra lab tovushlari va til tovushlariga ajratiladi. Lab tovushlari lablarning ishtirokida, til tovushlari esa tilning ishtirokida hosil bo‘ladi. M, n, ng kabi tovushlar burun tovushlari, h tovushi esa bo‘g‘iz tovushi hisoblanadi. O‘quvchilar mana shunday ma’lumotlar bilan ham tanishadilar.
Nutq tovushlarining ma’no farqlash vazifasini o‘rgatish ham ko‘zda tutilgan, o‘quvchilar nutq tovushlarining asosiy vazifasi so‘zlarning ma’nosini farqlash ekanligini shox-shoh, yod-yot, ulg‘aydi-ilg‘aydi, tol-tosh-tom, qol-qor-qoch-qot kabi so‘zlar tahlili orqali anglab yetadilar. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘zbek alifbosi haqida bilimga ega bo‘ladilar.
Fonetika o‘qitishda ko‘zda tutilgan maqsadlardan biri o‘quvchilarga orfografik bilimlar berishdir. Unli tovushlarni o‘rgatishda ham, undosh tovushlarni o‘rgatishda ham imloviy bilimlar berish imkoniyatlari katta. Darslikdagi 21-dars “Unlilar talaffuzi va imlosi” deb nomlangan. O‘quvchilar u va i, a va o, o‘,e unlilarining talaffuzi va imlosini o‘rgansh orqali orfografik bilimlarga ega bo‘ladilar. Masalan, u va i unlilarining talaffuzi va imlosi bilan bog‘liq holda o‘quvchilar so‘zlarni to‘g‘ri yozishga oid quyidagicha bilimga ega bo‘ladilar: 1.So‘zlarning birinchi bo‘g‘inida r,l undoshlaridan oldin kelgan i unlisi bilinar-bilinmas talaffuz qilinsa ham, yozuvda i harfi bilan yoziladi. Masalan: biroq, sira, bilan. 2.Ikki bo‘g‘inli so‘zlarning birinchi bo‘g‘inida lablangan u unlisi ta’sirida ikkinchi bo‘g‘indagi i unlisi u holida talaffuz qilinsa ham, yozuvda i yoziladi. Shunday yozilishi bilan ikkinchi bo‘g‘inda u yoziladigan otlardan farqlanadi: urush-urish, yurush-yurish, qurut-qurit. Bu juftliklarning birinchi qismida berilgani ot turkumiga mansub so‘zlar bo‘lsa, ikkinchi qisimda berilgan so‘zlar esa fe’l turkumiga mansubdir.
Darslikda mavzuni mustahkamlash uchun 3 ta mashq berilgan. 381-mashq berilgan so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishi o‘rtasidagi farqni ajratishga qaratilgan bo‘lsa. 382-mashqda esa berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga i yoki u harfini qo‘yish vazifasi topshirilgan. 383-mashq esa o‘quvchining mavzu yuzasidan egallagan bilimini va savodxonligini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda bir so’zning ikki xil yozilishi berilgan: tuyg‘i-tuyg‘u, uyqu-uyqi kabi. Bulardan to‘g‘ri yozilganini aniqlash topshirilgan. 384-mashq uyga vazifa qilib beriladi. Ko‘rinadiki, mana shu mavzu orqali o‘quvchilarga i va u unlisi ishtirok etgan so‘zlarning imlosi haqida yetarli tushuncha beriladi. Darslikdan “Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi” nomli mavzu ham o‘rin olgan. Ushbu mavzu ham o‘quvchilar savodxonligini mustahkamlashda muhim o’rin tutadi. So‘z tarkibida yonma-yon kelgan ikki unli tovush ishtirok etsa, bular qator kelgan unli sanaladi: oila, shoir, muomala, soat, saodat kabi. Bunday so‘zlar talaffuzida yo bir tovush tushirib aytiladi yoki bir undosh tovush qo‘yib aytiladi. Bu holat esa qator unli ishtirok etgan so‘zlarning imlosida qiyinchilik tug‘diradi. Ushbu mavzu esa o‘quvchilarga shunday so‘zlarning yozilishini o’rgatishda yaxshi yordam beradi.
Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosini o‘rgatish orqali ham o‘quvchilarga orfografik bilimlar berib boriladi. Darslikda berilgan Jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi va imlosi nomli mavzu quyidagicha o‘rgatiladi. Dastlab topshiriq sifatida berilgan bob, yod, eg kabi so‘zlarning talaffuzi o‘rganiladi va so‘z oxirida kelgan jarangli undoshlarning jarangsizlashi, lekin yozuvda jarangli undosh sifatida aytilishi haqida shunday xulosa chiqariladi: so‘z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o‘rtasidagi farq yoq‘olib, bir xil jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b,d,z yoziladi. Shundan so‘ng darslikdagi mashqlar orqali bu qoidalar mustahkamlanadi. Keyingi darslarda g-k, q-g‘ kabi jarangli va jarangsiz undoshlarning imlosi, q-g‘ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shimchalarning qo‘shilishi va ularning imlosi, v, m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining imlosi o‘rganiladi. Shu bilan birga o‘quvchilarga j, x va h, f, ng, sh va ch harflarining, qo‘sh undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida ham ma’lumot beriladi. Imloviy bilimlar tutuq belgisi, qator undoshlar, bo‘g‘in, tovushlarining orttirilishi va tushib qolishi kabi mavzular bilan bog‘liq holda ham o‘rgatiladi.
Fonetik mashqlar – o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi vosita. Ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligi ko‘p jihatdan so‘zning ma’nosi va shakli, grammatik kategoriyalar va ularning nutqda ifodalanishi o‘rtasidagi bog‘lanishlarga bog‘liq bo‘ladi. Ammo, afsuski, amaldagi mavjud dastur va darsliklarda bu bog‘lanishlar to‘la hisobga olingan emas. Til hodisalarining nazariy talqini asosiy o‘rinni egallab, so’z va uning leksik ma’nosi, matn ustida ishlash, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish masalalari uning soyasida qolib ketgan. Ta’limga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bu holning oldni olish choralaridan biri o‘zbek tili fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasi semantika va amaliy uslubiyat bilan bog‘lashdir. Bu muhim tadbirni amalga oshirishda tilning barcha bo‘limlari qulay imkoniyatlarga ega. «Fonetika»ni o‘rganishda o’quvchilar ko‘proq tovush va uning ma’noga ta’siri, tovushdosh so‘zlar hosil qilish, hosil qilingan so‘zlarning ma’nolari ustida ishlash, u — o’, i — u, a — i kabi juftlar bilan farqlanuvchi so’zlar topish va ularning ma’nolarini izohlash, ma’lum bir guruhlardagi so’zlar ro‘yxatini tuzish(masalan, birinchi bo‘g‘inida u, o‘, ikkinchi bo’g’inda u yoki i kelgan urush—urish, tushum—tushim kabi so‘zlar); berilgan so‘zlarda undoshlarni juftlari bilan almashtirish orqali yangi so‘zlar hosil qilish, mahalliy shevada talaffuzi adabiy tilda farqlanuvchi so‘zlar lug‘atini tuzish va ular ustida ishlash, she’riy asarlarni ifodali o‘qish, she’riy asarlarni tahlil qilib, ularning qofiyalanishi ustida ishlash, ma’lum bir fonetik hodisadan (masalan, unlilarni cho‘zishdan) foydalanib, matn yaratish kabi imkoniyatlarga ega va bu sermahsul ishlar ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Fonetikani o‘rganishda eng muhim masalalardan biri imlodir. Shuning uchun unli va undosh tovushlar (harflar) haqida gap borar ekan, asosiy e’tiborni imlo masalalariga qaratishga to‘g‘ri keladi. «Unlilar imlosi» o‘rganilayotganda a, i, u, u harflari ishtirok etgan so‘zlarni matnda ajratish, ularning talaffuzxususiyatlariii sharhlash: u — o‘, i — u, a — i va h. k. juftlar bilan farqlanuvchi so‘zlar topish va ularni izohlash; birinchi bo‘g‘inda u, o‘, ikkinchi bo‘g‘inda u yoki i kelgan so‘zlar talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida ishlash (urush—urish, tushum—tushim kabi); i — u tovushlari (harflari) tushib qoladigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish; q, g‘, h, x tovushlari (harflari) va k, g,. y tovushlari (harflari) bilan yonmayon kelgan a, i, u, o‘ tovushlarining talaffuz xususiyatlari, i, u tovushlarining o’ta qisqa va aniq talaffuzi ustida ishlash. Ma’lumki, yangi internet asri deb atalmish XXI asrga o‘tish insoniyat uchun misli ko‘rilmagan burilishlar, ya’ni yangilanish va jadal taraqqiyot davri bo‘lib tarixga kirmoqda. Ayni paytda, Respublikamizda jahon kommunikatsiyasida va yangi axborot texnologiyalari yutuqlari iqtisodiy, ijtimoiy–siyosiy va huquqiy islohotlar bilan bir qatorda ta’lim–tarbiya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga ham keng joriy etilmoqda. Bu esa, ilm-fan va ta’lim–tarbiya bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishni jahon standartlari darajasiga yetkazishni taqoza etmoqda.
Shu bois hukumatimiz tomonidan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Davlat ta’lim standartlari» singari ta’lim–tarbiyani rivojlantirishga bag‘ishlangan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Ularni amalga oshirishdan maqsad kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishga qaratilgandir. Jamiyatning ilg‘or yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni yarata oladigan ijodkor yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jiddiy tadqiqotlar olib borishni hamda uning o‘ziga xos tomonlarini maxsus o‘rganishni taqoza etganligi bilan hozirgi zamon fanining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.Fikrlashga yo‘naltiruvchi fonetik mashqlar. Ona tili ta’limida uzluksizlikni ta’minlash maqsadida sistemaviylik va izchillik tamoyillariga amal qilib, ish tutilsa, ta’lim tizimidagi qaytariq va o‘rinsiz takrorlarga chek qo‘yilgan bo‘ladi. Bu esa til fanini barcha bo‘limlari ketma ketligi, bosqichma bosqichligini ta’minlashi shubhasizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |