Fonetika o‘qitish metodikasi Reja


«Sirli kataklarni to‘ldir» o‘yini. O‘quvchilarga kataklarni to‘ldirib, tovushdosh so‘zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan



Download 1,68 Mb.
bet9/13
Sana13.07.2022
Hajmi1,68 Mb.
#786278
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Fonetika o‘qitish metodikasi Reja

«Sirli kataklarni to‘ldir» o‘yini. O‘quvchilarga kataklarni to‘ldirib, tovushdosh so‘zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, «toy» so‘zini «soy» so‘zigacha davom ettirish talab etiladi. Namuna: toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy.
Tavsiya etilgan so‘zlar:

  • bosh, tosh, osh, qosh, yosh, fosh;

  • bol, pol, tol, sol, qol, mol, hol, xol.


Darslikda mavzuni mustahkamlash uchun 3 ta mashq berilgan. 381-mashq berilgan so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishi o‘rtasidagi farqni ajratishga qaratilgan bo‘lsa. 382-mashqda esa berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga i yoki u harfini qo‘yish vazifasi topshirilgan. 383-mashq esa o‘quvchining mavzu yuzasidan egallagan bilimini va savodxonligini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda bir so‘zning ikki xil yozilishi berilgan: tuyg‘i-tuyg‘u, uyqu-uyqi kabi. Bulardan to‘g‘ri yozilganini aniqlash topshirilgan. 384-mashq uyga vazifa qilib beriladi. Ko‘rinadiki, mana shu mavzu orqali o‘quvchilarga i va u unlisi ishtirok etgan so‘zlarning imlosi haqida yetarli tushuncha beriladi. Darslikdan “Qator kelgan unlilar talaffuzi va imlosi” nomli mavzu ham o‘rin olgan. Ushbu mavzu ham o‘quvchilar savodxonligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. So‘z tarkibida yonma-yon kelgan ikki unli tovush ishtirok etsa, bular qator kelgan unli sanaladi: oila, shoir, muomala, soat, saodat kabi. Bunday so‘zlar talaffuzida yo bir tovush tushirib aytiladi yoki bir undosh tovush qo‘yib aytiladi. Bu holat esa qator unli ishtirok etgan so‘zlarning imlosida qiyinchilik tug‘diradi. Ushbu mavzu esa o‘quvchilarga shunday so‘zlarning yozilishini o‘rgatishda yaxshi yordam beradi.
Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosini o‘rgatish orqali ham o‘quvchilarga orfografik bilimlar berib boriladi. Darslikda berilgan Jarangli va jarangsiz undoshlar talaffuzi va imlosi nomli mavzu quyidagicha o‘rgatiladi. Dastlab topshiriq sifatida berilgan bob, yod, eg kabi so‘zlarning talaffuzi o‘rganiladi va so‘z oxirida kelgan jarangli undoshlarning jarangsizlashi, lekin yozuvda jarangli undosh sifatida aytilishi haqida shunday xulosa chiqariladi: so‘z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli va jarangsiz undoshlar o‘rtasidagi farq yoq‘olib, bir xil jarangsiz undosh tovush holida talaffuz etiladi, lekin b,d,z yoziladi. Shundan so‘ng darslikdagi mashqlar orqali bu qoidalar mustahkamlanadi. Keyingi darslarda g-k, q-g‘ kabi jarangli va jarangsiz undoshlarning imlosi, q-g‘ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga qo‘shimchalarning qo‘shilishi va ularning imlosi, v, m undoshlaridan oldin kelgan n undoshining imlosi o‘rganiladi. Shu bilan birga o‘quvchilarga j, x va h, f, ng, sh va ch harflarining, qo‘sh undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida ham ma’lumot beriladi. Imloviy bilimlar tutuq belgisi, qator undoshlar, bo‘g‘in, tovushlarining orttirilishi va tushib qolishi kabi mavzular bilan bog‘liq holda ham o‘rgatiladi.
Fonetik mashqlar – o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi vosita. Ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligi ko‘p jihatdan so‘zning ma’nosi va shakli, grammatik kategoriyalar va ularning nutqda ifodalanishi o‘rtasidagi bog‘lanishlarga bog‘liq bo‘ladi. Ammo, afsuski, amaldagi mavjud dastur va darsliklarda bu bog‘lanishlar to‘la hisobga olingan emas. Til hodisalarining nazariy talqini asosiy o‘rinni egallab, so‘z va uning leksik ma’nosi, matn ustida ishlash, o‘zbek adabiy tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish masalalari uning soyasida qolib ketgan. Ta’limga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bu holning oldni olish choralaridan biri o‘zbek tili fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasi semantika va amaliy uslubiyat bilan bog‘lashdir. Bu muhim tadbirni amalga oshirishda tilning barcha bo‘limlari qulay imkoniyatlarga ega. «Fonetika»ni o‘rganishda o‘quvchilar ko‘proq tovush va uning ma’noga ta’siri, tovushdosh so‘zlar hosil qilish, hosil qilingan so‘zlarning ma’nolari ustida ishlash, u — o‘, i — u, a — i kabi juftlar bilan farqlanuvchi so‘zlar topish va ularning ma’nolarini izohlash, ma’lum bir guruhlardagi so‘zlar ro‘yxatini tuzish(masalan, birinchi bo‘g‘inida u, o‘, ikkinchi bo‘g‘inda u yoki i kelgan urush—urish, tushum—tushim kabi so‘zlar); berilgan so‘zlarda undoshlarni juftlari bilan almashtirish orqali yangi so‘zlar hosil qilish, mahalliy shevada talaffuzi adabiy tilda farqlanuvchi so‘zlar lug‘atini tuzish va ular ustida ishlash, she’riy asarlarni ifodali o‘qish, she’riy asarlarni tahlil qilib, ularning qofiyalanishi ustida ishlash, ma’lum bir fonetik hodisadan (masalan, unlilarni cho‘zishdan) foydalanib, matn yaratish kabi imkoniyatlarga ega va bu sermahsul ishlar ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Fonetikani o‘rganishda eng muhim masalalardan biri imlodir. Shuning uchun unli va undosh tovushlar (harflar) haqida gap borar ekan, asosiy e’tiborni imlo masalalariga qaratishga to‘g‘ri keladi. «Unlilar imlosi» o‘rganilayotganda a, i, u, u harflari ishtirok etgan so‘zlarni matnda ajratish, ularning talaffuzxususiyatlariii sharhlash: u — o‘, i — u, a — i va h. k. juftlar bilan farqlanuvchi so‘zlar topish va ularni izohlash; birinchi bo‘g‘inda u, o‘, ikkinchi bo‘g‘inda u yoki i kelgan so‘zlar talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida ishlash (urush—urish, tushum—tushim kabi); i — u tovushlari (harflari) tushib qoladigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish; q, g‘, h, x tovushlari (harflari) va k, g,. y tovushlari (harflari) bilan yonmayon kelgan a, i, u, o‘ tovushlarining talaffuz xususiyatlari, i, u tovushlarining o‘ta qisqa va aniq talaffuzi ustida ishlash.
Ma’lumki, yangi internet asri deb atalmish XXI asrga o‘tish insoniyat uchun misli ko‘rilmagan burilishlar, ya’ni yangilanish va jadal taraqqiyot davri bo‘lib tarixga kirmoqda. Ayni paytda, Respublikamizda jahon kommunikatsiyasida va yangi axborot texnologiyalari yutuqlari iqtisodiy, ijtimoiy–siyosiy va huquqiy islohotlar bilan bir qatorda ta’lim–tarbiya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga oshirishga ham keng joriy etilmoqda. Bu esa, ilm-fan va ta’lim–tarbiya bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishni jahon standartlari darajasiga yetkazishni taqoza etmoqda.
Shu bois hukumatimiz tomonidan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», «Davlat ta’lim standartlari» singari ta’lim–tarbiyani rivojlantirishga bag‘ishlangan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Ularni amalga oshirishdan maqsad kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs sifatida voyaga yetkazishga qaratilgandir. Jamiyatning ilg‘or yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni yarata oladigan ijodkor yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish uchun jiddiy tadqiqotlar olib borishni hamda uning o‘ziga xos tomonlarini maxsus o‘rganishni taqoza etganligi bilan hozirgi zamon fanining dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Fikrlashga yo‘naltiruvchi fonetik mashqlar. Ona tili ta’limida uzluksizlikni ta’minlash maqsadida sistemaviylik va izchillik tamoyillariga amal qilib, ish tutilsa, ta’lim tizimidagi qaytariq va o‘rinsiz takrorlarga chek qo‘yilgan bo‘ladi. Bu esa til fanini barcha bo‘limlari ketma ketligi, bosqichma bosqichligini ta’minlashi shubhasizdir.

Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish