Fonetika, leksika va morfologiyada bo‟lganligi kabi sintaksisda ham lisoniy va nutqiy
jihatlar farqlanadi. Ma„lumki, lisoniy hodisalar bevosita kuzatishda berilmaganlik (moddiylikdan
xolilik), miqdoran cheklilik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik va majburiylik belgilariga ega bo‟lib,
bevosita kuzatishda berilganlik, miqdoriy cheklanmaganlik, betakrorlik, individuallik, ixtiyoriylik
sifatlariga ega bo‟lgan nutqiy hodisalarga qarama-qarshi turadi
LSQlar ham g‟isht qoliplariga o‟xshaydi. Inson ongida ham so‟zlash, nutqni shakllantirish
maqsadida leksemalarni so‟z birikmalari shakliga keltirish, gap hosil qilish qoliplari mavjud. Ular
LSQlar, modellar, konstruktsiyalar, qurilmalar tarzida nomlansa-da, aslida, bir tushunchani
ifodalaydi. Masalan, kitobni o‟qimoq kabi cheksiz birikmalarni chiqaradigan [ot + fe„l] so‟z
birikmasi qolipi, qanday nomlanmasin, bu uning mohiyatiga ta„sir qilmaydi.
Lisoniy birikmalarning qoliplar asosida birikuvidan vujudga kelgan nutqiy hosilalarni 3
guruhga birlashtirish mumkin:
yasama so‟zlar;
so‟z birikmasi;
gap.
(ishla) yasama so‟zi [ish] leksemasi va [lar] morfemasining, kitobni o‟qimoq nutqiy so‟z
birikmasi [kitob] va [o‟qi] leksemalarining, O‟qidim gapi esa [o‟qi] leksemasi va [-dim] kesimlik
kategoriyasi shaklining birikishidan hosil bo‟lgan.
Hosila ma‟nolarning lison va nutqqa munosabatini yoritishda F.de Sossyur davridan boshlab
amal qilib kelayotgan lisoniy birliklarni belgilashning tayyorlik, ijtimoiylik, majburiylik,
barqarorlik kabi ijtimoiy-lisoniy omillariga tayanmoq lozim bo„ladi. Shuni alohida ta‟kidlash
lozimki, ma‟nolarning lison va nutqqa munosabatini ochishda til birliklarining turlicha
qo„llanishlarida namoyon bo„luvchi lisoniy xususiyatlarni belgilaydigan ijtimoiy- psixologik
omillarning ham ahamiyati katta. So„zning hosila ma‟no bilan jamiyat a‟zolari uchun umumiylik
va majburiylik xossasiga ega bo„lishini bir necha bosqichda kuzatish mumkin va bu bevosita uning
paradigmatik-sintagmatik munosabatlarida namoyon bo„ladi. Nutqda shunday so„zlar kuzatiladiki,
ular bilan bir vaqtning o„zida birdan ortiq denotat ifodalanadi va ma‟nolardan qaysi biri bosh yoki
hosila ma‟no ekanligini anglash mushkul bo„lib qoladi. Misol sifatida [olma] leksemasining ikkita
[«daraxt», «meva»], [til] so„zining ikkita [«a‟zo», «aloqa vositasi»] ma‟nosini ko„rsatishning o„zi
yetarli. Tilshunoslikda ba‟zan ular ko„chma ma‟no, ba‟zan har ikkalasi ham nominativ ma‟no
sifatida baholanadi. Shunday bo„lsa-da, hosila ma‟nolar asosidagi denotatlarning o„z xususiy
atamalariga ega emasligi, shuningdek, so„zning shu ma‟nolar asosida lisoniy tizimdan o„ziga xos
o„rin egallashlari ularning sof lisoniy hodisa sifatida qaralishiga asos bo„ladi.
Lisoniy qolip hosilalarida lisoniylashish
Hosila ma‟nolar bir necha yo„llar bilan vujudga keladi. Ular metafora, metonimiya,
sinekdoxa va vazifadoshlikdir. Hosila ma‟nolar to„g„ri, bosh ma‟nolar asosida paydo bo„ladi.
Metafora (gr. metaphora-ko„chirish), avvalo, nutq mexanizmi bo„lib, biror leksema
denotatlarining shakliy, zohiriy o„xshashligi asosida boshqa ma‟noni ifodalash uchun ishlatilishidir.
Metaforik ma‟no hosil bo„lishi uchun quyidagilardan biri sabab bo„ladi
1. Bir so„z boshqa so„zga nisbatan so„zlovchining ifoda maqsadiga ko„proq mos va muvofiq
bo„ladi va shuning uchun birinchisi o„rnida ikkinchisi qo„llaniladi.
2. Biror denotatning ifodalovchisi bo„lmaydi va ma‟lum bir so„z boshqa denotatni ifodalash
uchun ham qo„llanadi.
Sof nutqiy hosila ma‟nolarning lisonga intilishini ochish ham qator ijtimoiy-lisoniy
omillarga tayanadi. Aytilganlardan kelib chiqqn holda, hosila ma‟nolarning lison va nutqqa
munosabati jihatidan quyidagi tasnifini berish mumkin:
1)lisoniylashgan va hosilaviyligini yo„qotgan ma‟no;
2)lisoniylashgan hosila ma‟no;
3)lisoniylashayotgan hosila ma‟no;
4)nutqiy hosila ma‟no.
Nutqiy yasama so„zlarning lisoniy sathga ko„tarilishi bir necha bosqichda kechadi. Ularni
nutqdan lisonga siljishi, lisoniylashishi darajasiga ko„ra quyidagicha tartiblash mumkin:
1) ixtisoslashgan leksemalar;
2) soddalashgan leksemalar;
3) tublashgan leksemalar.
Ixtisoslashgan leksemalar nutqiy yasama so„zlar lisoniylashuvining eng quyi darajasidir.
Yasama so„zlarda uch tur lisoniy birlikning voqelanishi kuzatiladi:
a) asos leksema;
b) yasovchi morfema (yoki leksema);
v) so„z yasash qolipi.
1. Til jonli mavjudot bo‟lib, undagi har qanday nutqiy yasalma davrlar o‟tishi bilan ma‟no
taraqqiyotiga uchrab, lisoniy bosqichga ko‟tarilishi – leksemalashishi mumkin;
2. Nutqiy yasama so„zlarning lisoniy sathga ko„tarilishining uch bosqichi ajratiladi: ixtisoslashish,
tublashish, soddalashish;
3. Ixtisoslashgan leksemalar nutqiy yasama so„zlar lisoniylashuvining eng quyi darajasi bo‟lib,
ular yasamaligini yo„qotmagan, ya‟ni o„zida qolipning shakliy tomoni izlarini saqlagan, biroq
ma‟noviy tomondan qolipdan uzilgan, ya‟ni ma‟nosini qolipning o„ng (mazmuniy) tomonidan
keltirib chiqarish imkoni bo„lmagan, toraygan ma‟noli leksemalardir. Masalan yozuvchi
leksemasi va yozuvchi so„zini qiyoslaylik. Har ikkala hosila ham [[fe‟l]+[uvchi]=shu fe‟ldan
anglashuvchi harakat bilan shug„ullanuvchi shaxs] qolipi mahsulidir. Ularni gap tarkibida
kuzatamiz: 1.Yozuvchi hayotni teranroq kuzatadi. 2.Insho yozuvchi ijodkorligini namoyon
qilishi kerak. Birinchi gapda yozuvchi leksemasi kasbni anglatib, ixtisoslashgan ma‟noga ega.
Ikkinchi gapda esa leksema muayyan yozish harakatini bajaruvchi shaxsni ifodalagan.
4. Soddalashgan leksemalar yasama so„zlar lisoniylashuvining yanada yuqoriroq bosqichidir.
Soddalashish deganda ma‟lum bir so„z yasash qolipining hosilasida o„zak va qo„shimchaning
o„zaro birikib ajralmas holga kelishi, so„zshakldagi grammatik shakllarning qotib qolishi
natijasida yangi ma‟no ifodalashidir. O„zbek tilidagi oldin, keyin, tashqari, ichkari, yuqori kabi
yuzlab so„zlar soddalashgan yasama so„zlar - leksemalardir. So„z birikmalarining sintaktik
qoliplardan uzilish holatlari (boshning og„rigi - boshog„riq, belning bog„i - belbog„) ni ham
soddalashishga misol qilib ko„rsatish mumkin.
5. Tublashgan leksemalar shunday leksemalashgan yasama so„zlarki, ularning yasalishini,
tarkibini etimologik ma‟lumotga ega bo„lmasdan aniqlab bo„lmaydi. Masalan, sin fe‟lining
o„zagi si, tingla fe‟lining o„zagi ding, to„q so„zi o„zagining to„ ekanligini til tarixi bo„yicha
chuqur ma‟lumotga ega bo„lmasdan bilish qiyin.
6. Tilda leksema yasash hodisasi yo„q. Balki yasama so„zlarning, nutqiy hosilalarning
lisoniylashuvi, leksemalashuvi hodisasi mavjud.
7. Lisoniylashish nafaqat sodda yasama so‟zlarda, balki so‟z birikmasi, gap qolipi hosilalarida,
juft, takroriy so‟zshakllarda ham kuzatilishi aniqlandi. Masalan: yo‟l-yo‟l, kuydi-pishdi, oldiqochdi, mosh-guruch(sifat), achchiq-chuchuk, issiq-sovuq (issiq-sovug‟idan xabar olmoq),
bordi-keldi, keldi-ketdi, oldi-berdi, ur-yiqit (ot) bilinar-bilinmas, qo‟yarda-qo‟ymay, ura-sura,
savat-savat,qop-qop, es-es(ravish);
Do'stlaringiz bilan baham: |