Folklorshunoslikka



Download 6,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/103
Sana03.08.2021
Hajmi6,24 Mb.
#136915
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo'rayev, J.Eshonqulov)

Savol va topshiriqlar:
1. Folklor atam asiga ta ’rif bering.
2.  Folklor  asarlariga  xos  yetakchi  xususiyatlar  deganda  ni- 
mani  tushunasiz?
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


3. Folklorda variantlilikni sharhlab bering.
4.  Folklor  va  folkorshunoslik  so'zlarining  ma’nosini  tushun- 
tirib bering.
5. Folklorning o‘rganilish tarixi haqida so'zlab bering.
6.  Mustaqillik  davri  folklor  san’ati  o‘ziga xosligini  nimada  deb 
tushinasiz?
1.3. FOLKLORNING 0 ‘RGANILISH TARIXI
0 ‘zbek  folklori  asarlarining  to‘planishi  va  yozib  olinishi  tarixi 
haqida so‘z yuritganda, X asrda yashab ijod qilgan mashhur muarrix 
Abu  Bakr  ibn  Ja’far  Narshaxiyning  “Buxoro  tarixi”  asarida  shahar 
va qishloq  nomlari,  tarixiy  obidalar hamda o ‘tmishda boiib  o‘tgan 
voqea-hodisalar  haqidagi  xalq  rivoyatlari,  afsonalari  keltirilganligi, 
XI  asming  buyuk  olimi  Mahmud  Koshg‘ariy  turkiy  qavmlar  diyo- 
rini  kezib,  maqol,  matal,  qo‘shiq,  rivoyat  va  afsona  singari  folklor 
janrlariga  oid  boy  materiallarni  yozib  olib,  “Devonu  lug‘otit  turk” 
asariga  kiritganligini  eslash  kerak  boiadi.  Shuningdek,  maqol  va 
matallami  yozib  olib,  ulaming  xususiyatlarini  o‘rgangan  Mahmud 
Zamaxshariy,  qadimgi  xorazmliklarning  mif,  afsona,  rivoyat  va 
hikoyatlarini  “Qissasi  Rabg‘uziy”ga jamlagan Nosiruddin Burhonud- 
din  Rabg‘uziy,  o‘zbek  xalq  she’riyatining  janrlar  tarkibi  xususida 
fikr yuritgan Alisher Navoiy,  ulug£  o‘zbek shoiri to‘g‘risidagi xalq 
rivoyatlarini  naql  qilgan  tarixnavis  Xondamir,  musiqa  folklorining 
turli  xil janriy  rang-barangligiga  doir  materiallarni  yozib  qoldirgan 
Darvesh  Ali  Changiy,  o‘zbek  xalqining  urf-odatlari,  marosimlari, 
maqol  va  hikmatli  so'zlari,  rivoyatlari  haqida  qiziqarli  faktlami 
keltirgan  Zahiriddin  Muhammad  Bobur,  o‘zi  tuzgan  lug‘atda  xälq 
qo‘shiqlaridan  misollar  keltirgan  Shayx  Sulaymon  Buxoriy-o‘zbek 
folklori asarlarining ilk to‘plovchilari edilar.
Maiumki,  Mahmud  ibnu-l-Husayn  ibn  Muhammad  Koshg‘ariy 
1029—1038-y illar oraligidatugilgan. U 1072-yilda o‘zining “Devonu 
lug‘otit turk” asarini yozishga kirishgan va uni  1078-yilda nihoyasiga
www.ziyouz.com kutubxonasi


yetkazgan.  Bu  asami  yozishdan  avval  u uzoq  yillar mobaynida tur- 
kiy  qabilalar  istiqomat  qiladigan  barcha  viloyatlarni  kezib  chiqqan 
va  boy  lingvistik,  folkloristik  va  etnografik materialiarni  to ‘plagan. 
Bu  haqda  uning  o'zi  shunday  yozadi:  “Men  turklar,  turkmanlar, 
o‘g‘uziar, chigillar, yaginolar, qirg'izlarning shaharlarini, qishloq va 
yaylovlarini  ko‘p  yillar  kezib  chiqdim,  lug‘a.tlarini  lo'pladim,  turli 
xil so‘z xususiyatlarini o‘rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til 
bilmaganim  uchun emas,  balki  bu tillardagi  har bir kichik  farqlami 
ham aniqlash uchun qildim. Boim asa, men tilda ularning eng yetuk- 
laridan,  eng  katta  mutaxassislaridan,  xushfahmlaridan,  eski  qabi- 
lalaridan, jang ishlarida usta nayzadorlaridan edim.  Ularga  shuncha 
diqqat  qildimki,  turklar,  turkmanlar,  o‘g‘uzlar,  chigillar,  yaginolar 
va qirg‘iz qabilalarining tillari butunlay dilimga jo boidi.  Ularni har 
tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim”.3
Keng  koiam li  to‘plovchilik  faoliyati  olib  borgan  Mahmud 
Koshg‘ariy  o‘zining  ana  shu  safarlari  chog‘ida  faqat  lug‘at  uchun 
lisoniy  materiallar  to‘plash  bilangina  kifoyalanib  qolmasdan,  bal­
ki  folklor  namunalarini  ham  yozib  oigan.  Buni  olimning  “men  har 
bir qabilaga mansub  so‘zlaming yasalish xususiyatlarini  va  qanday 
qoilanilishini qisqacha izohlab ko‘rsatish uchun alohida y o i tutdim. 
Bu  ishda  misol  tariqasida  turkiylaming  tilida  faydalanilib  kelingan 
she’rlardan,  shodlik  va  motam  kunlarida  qoilaniladigan  hikmatli 
so‘zlaridan,  maqollaridan  keltirdim,  toki,  ulardan  foydalanuvchi- 
lar naql  qiluvchilarga,  naql  qiluvchilar esa,  o‘z navbatida,  shu tilda 
so‘zlovchilarga yetkazsin”.
Demak, Mahmud Koshg‘ariy turkiy qabilalar folklorining qo‘shiq, 
maqol,  matal,  marosim  folklori,  afsona,  rivoyat  kabi janrlariga oid 
katta material to‘plagan.  Shuning uchun ham “Devonu lug‘otit turk” 
asaridagi  folklor materiallarini  o ‘zbek xalq  og‘zaki  badiiy  ijodi  na- 
munalari  bilan  qiyosiy  o‘rganish  folklorning  tarixiy  taraqqiyotini 
tadqiq  etishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Zero,  “Devonu  lug‘otit

Download 6,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish