Folklorshunoslikka



Download 28,65 Mb.
bet6/58
Sana25.03.2022
Hajmi28,65 Mb.
#508836
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
Bog'liq
Folklorshunoslika kirish (M,Jo\'rayev, J.Eshonqulov)

2 Introduction to Folklore. London, 2008. Page7
12

www.ziyouz.com kutubxonasi



lor namunalarining muallifi xalq ommasi hisoblanadi, ularning aniq ijodkori nomaium - anonimlik ularga xos va xalq orasida avloddan- avlodga og‘zaki tarzda o‘tib tarqaladi, og‘zaki ijod etilib, ijro qili- nadi, ijro va ijodda an ’analarga rioya etilib, ijro jarayonida variant- largz va davrlar o‘tib versiyalargii ega boiadi. Ushbu asosga ko‘ra, folklorgaxos xususiyatlar sifatidajamoaviylik, anonimlik, og 'zakilik, an 'anaviylik, variantlilik va versiyaviylik ko‘rsatiladi.
Jamoaviylik - o‘zbek xalq og"zaki poetik ijodi xalq tomonidan yaratiladi. Ammo jamoaviylik shaxsiy ijodkorlik imkoniyatini inkor qilmaydi, aksincha, uni zaruriy dastlabki shart sifatida qamrab oladi. Tabiatda tomchilardan jilg‘alar, jilg‘alardan daryolar paydo boiishini ko‘ramiz, biroq daryodan bir hovuch yoki bir ariq suvni ajratib, bu falon jilg‘aning suvi deyish mumkin boimaganidek, an’anaviy xalq qo‘shig‘i, dostoni yoki ertagidan bir band yoki qismni ajratib, biror individual ijodkorga nisbat berish qiyin. Ammo bu ijodkor, albatta, boigan. Xalq ijodi namunalari ana shunday kollektiv ijod mahsuli boiganligi uchun asarlarning bosh qahramoni yoki «men»i ham o‘z xarakteri jihatidan yozma va og‘zaki adabiyotda sezilarli farqlanadi. Folkloming qahramoni tipik holatga kelgan umumiy “men” ga, tom ma’noda xalq ommasiga tengdir.
Xalq turmushining, ijtimoiy-siyosiy munosabatlaming takomil-
lasha borishi, inson tafakkurining mifologik tafakkurdan mifopoetik va badiiy-estetik tafakkurga o‘tish jarayonida alohida ijrochilar - qo‘shiqchilar, ertakchilar, baxshilar, qiziqchilar va boshqa ijodkor- lar, ijro maktablari, ustoz va shogirdlik munosabatlari paydo boidi. Xalq orasida o‘z iqtidori ijro san’ati bilan ajralib turuvchi: Tilla kam- pir, Sulton kampir, Jalmon baxshi, Bo‘ron shoir, Jumanbulbul, Jas- soq shoir, Xonimjon xalfa, Bibi shoira, Suyav baxshi, Amin shoir, Yoidoshbulbul, Sultonmurod, Qurbonbek, Xidir shoir, Yoidosh shoir, Suyar shoir, Shema yuzboshi, Mulla Xolnazar, Haybat soqi, Qunduz soqi, Ergash Jumanbulbul o‘gii, Fozil Yoidosh o‘g‘li, Poikan Jonmurod o‘g ii, Islom Nazar o‘g‘li, Nurmon Abdivoy o‘g‘li, Saidmurod Panoh o‘gii, Abdulla shoir, Umir shoir, Xolyor
13

www.ziyouz.com kutubxonasi



Abdukarim o‘gii, Bola baxshi, Rahmatulla Yusuf o‘gii, Qodir Ra- him o‘g‘ll va boshqa namoyandalar yetishib chiqdi. Bu xil ijod- korlaming talanti, iqtidori, mehnatlari tufayli kollektiv dahosi bilan yaratilgan asarlar avloddan-avlodga o‘tdi, sayqallandi, yuksak badiiy darajaga yetdi, folklorning mumtoz namunalari bizga meros boidi.

Download 28,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish