sining zoomorfva antropomorf ruhlari (V.Manxardt tadqiqotlarida o'rganilgan), olov kulti (birinchi marta A.Kun tomonidan aniqlan- gan), jonning tanadan tashqarida mavjud boiishi haqidagi ani- místik tasawurlar (E.Taylor nazariyasi) yangi fakt va maiumotlar asosida tadqiq etilgan.
J.Frezer o‘z izlanishlari davomida nazariy qarashlarini uzluksiz takomillashtirib bordi. Masalan, “Oltin butoq”ning 1890-yilgi birin- chi nashrida totemizm “qadimgi odamning o‘zjonini (uning xavfsiz- ligini ta’minlash, himoyalash maqsadida) u yoki bu jonivor tanasiga yashirishi haqidagi tasavvurlari asosida kelib chiqqan inonch boiib, jon yashiringan jonivor o‘sha odam uchun tótem sanaladi” deyilgan, 1899-yilda Markaziy Avstraliya qabilalarining totemistik marosim- lari tasvirlangan adabiyotlar bilan tanishib chiqqan olim bu qabilalar- da homilador ayolga ayrim ovqatlarni yeyish taqiqlanganligiga alohida e’tibor berdi va totemistik tasavvurlaming ildizini homiladorlik bilan bogiiq qadimiy inonchlardan izlash kerak, degan xulosaga keldi. Natijada totemizmni «avol tanasiga ovqat bilan birga kirib, uning homilador boiishiga sabab boigan narsa bola tugilgandan keyin uning totemiga aylanadi», degan qarash bilan izohlash an’anasi shakl- landi.
Shuningdek, J.Frezerning ilk tadqiqotlarida olovning marosim va udumlardagi ahamiyati “mifologik maktab”ning “solyar (shamsiy) nazariya”si asosida yoritilgan edi. Keyinroq esa ibtidoiy e’tiqodlarga doir yangi faktlami tahlil qilgan olim olovning “poklash, tozalash” xususiyatiga ega boigan narsa deb tasavvur qilinganligini aniqladi.
ínsoniyat tafakkuri rivojining tadrijiyligini ko‘rsatuvchi “ma- giya - din fan” triadasi yoki taraqqiyotning uch qismli strukturasi J.Frezer ilmiy konsepsiyasining asosini tashkil etadi. Magiyani ijo- biy (“sehrgarlik”) va salbiy (tabú) tiplarga boiib tasniflagan olim o‘z tadqiqotlarida magiya va diniy e’tiqodlarning arxaik shakllari haqi- dagi ilmiy qarashlarni yangicha talqin eta boshladi. U foíklor asar- ían va marosimlarda muhim o‘rin tutadigan magik inonchlarning kelib chiqishiga quyidagi ikki omil sabab boigan deb ko‘rsatadi:
75
www.ziyouz.com kutubxonasi
a) o‘xshashlik o‘xshashlikni keltirib chiqaradi yoki natija sabab bilan o‘xshash boiadi; b) o‘zaro aloqador, va'ni daxldor bo‘lgan narsalar ular orasidagi bevosita jismoniy bogiiqlik uzilgandan keyin ham bir- biriga masofadan ta’sir etishda davom etadi. J.Frezer birinchi omilni
«o‘xshashlik va mutanosiblik», ikkinchisini esa “zararlanish” qonuni deb ataydi hamda magiyani “gomeopatik”, “imitativ”, (“taqlidiy”) va “kontagioz” (“zarar yetkazuvchi”) kabi tiplarga ajratadi.
J.Frezeming “magiya va din” haqidagi bu konsepsiyasi magik marosim va udumlar, folklordagi magik qarashlar va u bilan bogiiq motivlaming ilmiy mohiyatini asoslashda ustuvor nazariy qarash boiib xizmat qilmoqda. Magiyaning tasnifi masalasi keyinchalik Ye.G.Kagarov (1928), S.A.Tokarev (1990) kabi olimlar tomoni- dan mukammallashtirildi. Endi folklorshunoslikda magiyaning “katartik” (“himoya magiyasi”), “so‘z magiyasi”, “apokretik” (“haydovchi magiya”), “imitativ” (“taqlidiy”), “initsial” (“biror muddatning birinchi kuni amalga oshiriladigan magik harakat”) ko‘rinishlari va “zarar yetkazuvchi magiya”, “harbiy magiya”, “sevgi magiyasi”, “davolovchi-muhofaza qiluvchi magiya”, “meteorologik magiya”, “magiyaning ikkilamchi turlari” kabi tiplari borligi aniqlangan.
Polyak olimi K.Moshinskiy esa J.Frezer konsepsiyasidan kelib chiqib, magik marosimlarni quyidagi besh tipga boigan: 1) “bir obyektga xos xususiyatlarning boshqa obyektga ko‘chishini namo- yish etuvchi harakatlar” yoki “marosimning translyatsion tipi; 2) “olisda joylashgan obyektga o‘sha tarafga yuborilgan predmetlar vositasida masofadan yolg‘ondakam ta’sir ko‘rsatish” yoki “ma- rosimning transmission tipi”; 3) “birorta predmetga bevosita ta’sir ko‘rsatish orqali boshqa obyekt yoki predmetga fiktiv ta’sir o'tkazish” yoki “marosimning simpatik tipi”; 4) “unga o‘xshash predmetni yas- ash yoki unga o‘xshatish orqali o‘sha predmetning o‘zini yaratishga boigan fiktiv urinish” yoki “marosimning kreatsion tipi”; 5) “biror voqeaning ibtidosida uning taqdiriga ta’sir kovrsatish” yoki “ma- rosimning insepsion tipi”.
76
www.ziyouz.com kutubxonasi
Demak, J.Frezerning qadimgi e’tiqodiy qarashlar va urf-odatlar silsilasiga doir ilmiy kuzatishlari o‘zbek folkloridagi so‘z magiyasi- ga asoslangan janrlar genezisi hamda poetikasini tadqiq etishda ham inuhim nazariy asos vazifasini o‘taydi. Zéro, E.Taylorning “Ibtidoiy madaniyat”, J.Frezerning “Oltin butoq” asarlari folklorshunoslikdagi “antropologik maktab”ning nazariy asosi sifatida e’tirof etilgan.
Rus folklorshunosligida “antropologik maktab” nazariyasining bevosita davomchilari yetishib chiqmagan boisa-da, N.F.Sumsov tadqiqotlarida va ayniqsa, A.N.Veselovskiyning “Tarixiy poetikaga kirish” (1894), “Epitet tarixidan” (1895), “Epik takror xronologik moment sifatida” (1897), “Psixologik parallelizm” (1898), “Tarixiy poetikadan uch bob” (1899) singari asarlarining yuzaga kelishida muhim roi o‘ynagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |