Folklor jamoa ijrochiligi



Download 4,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/40
Sana02.04.2022
Hajmi4,55 Mb.
#524346
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40
Bog'liq
fayl 1607 20210825

 
Ovoz shakllantirish 
Ovoz insonga ollox tomonidan berilgan ulug’ ne’matdir. Agar e’tibor berib 
tinglasangiz har bir insonni ovozi, ovoz jarangi o’zgacha, turlicha. Xofizlar, Ashulachi, 
dostonchilar, baxshilar, suxandonlar, so’z ustalari, askiyachi, qiziqchilar, vaholangki 
barcha san’at axli uchun ovoz, tovush, ijro tiniqligi, jarangi, ijro go’zalligi aloxida 
ahamiyat kasb etadi. Xo’sh ushbu fikrlardan kelib chiqqan holda, ovoz dastlab qanday 
rivojlangan va qanday, nimalarga asoslanib degan savollar tug’iladi. Yuqorida ko’plab 
ta’kidlaganimizdek, yashash sharoiti va turmush tarzidan kelib chiqib ushbu savolga 


48 
javob topishimiz mumkin. Qadamda odamlar ya’ni ibtidoiy jamoa tuzimida, 
qisqa,qisqa va lo’nda so’zlashganlar. O’zidan uzoqroqda turgan safdoshi yoki oila 
a’zolaridan biriga murojaat etish uchun ozgina ovoz tonini ko’tarib sado berishgan. U 
eshitmagan taqdirda yana xam yuqoriroq jarang bilan chaqirgan. Shu tariqa xech kimsa 
sezmagan xolda ovoz toni, ovoz jarangi yoki avji vujudga keladi. Bir rivoyatmi, 
afsonami bor shuni eslab ko’ramiz. Qadimgi odamlar yashash sharoiti, turmush tarzi 
asosan ovchilik bilan shug’ullanganlar. Yashash joylari esa ma’lum erlardagi g’orlar 
bulgan. 
G’or og’zini (eshigini) yopish uchun katta katta toshlardan 
foydalanishgan,chunki, erkaklar ovga ketishsa g’ordagi ayollar, qariya va bolalarni 
yovvoyi xayvonlardan ximoya qilish kerak edida. Bir kuni bir odam g’or og’zini 
ochayotib, toshni sherigining oyog’iga beixtiyor tashlab yuborgan. Og’riqqa 
chidolmagan sherigi shunaqa baqirib nola qilganki, ushbu nola xaligi odamga juda 
yoqimli eshitilib, toshni uni oyog’iga yana bir bor tashlagan. U yana chinqirib uzoq 
baqirgan. Kim biladi balki bu alladan keyingi birinchi qo’shiqdir. Yana bir misol 
kamondan o’q otilganda kamalak ipidan yoqimli, jarangli sado yangragan, so’ng o’qsiz 
kamonni ipini tortib qayta qayta qo’yib yuborilsa juda yoqimli ovoz (musiqa) 
eshitilgan. Bu rivoyatlar xam bejizga yaratilmagan bo’lsa kerak.
Keyinchalik ov baroridan kelgan vaqtda erkaklar xuosandchilikdan biror bir 
narsani, oxangni xirgoyi qilib kelishganda,ularga ayollar va bolalar xam jo’r 
bo’lishgan, xursandchilik qilishgan. Dastlabki, ilk alla xaqida kitobimizning kirish 
qismida misol tariqasida keltirgan edik. Bundan ko’rinib turibdiki, xalq og’zaki ijodi 
namunalarining barcha turlari, tarixi, qadim qadim zamonlardan yaratilganligini 
anglatadi. Ovoz shu tariqa rivojlanib, turli maktablar, ya’ni ustozlar yaratgan san’at 
yo’li asaosida sayqal topib, turli tumanligi bilan mukammallashgan xollda bizgacha 
etib kelgan. Ovoz erkak va ayollarda turlicha bo’ladi.Yo’g’on va tembrli ovoz bu 
erkaklarga xos, ingichka muloyim jarangdor ovoz ayollar,qizlarga xosdir. 
Har bir san’at yo’nalishini, jumladan odamga berilgan ovozni avaylab tarbiyalab 
borilsa u san’at darajada etadi.
Ovozlar turlari xaqida ma’lumot: 
1. Jarangli va tembrli ovoz. 


49 
2. Jarangdorligi kam ovoz. 
3. Ma’lum parda (nota)dan so’ng jarang beruvchi ovoz. 
4. Past notalardagi ovoz. 
5. Har ikkalasida to’liq jaranglovchi ovoz. 
6. Bir oktavada kuylash imkoniyati bor ovoz. 
7. Bir yarim oktavada kuylash imkoniyati bor ovoz. 
8. Ikki oktavada kuylash imkoniyati bor ovoz. 
9. Ikki va undan ortiq oktavalarda kuylash imkoniyati bor ovoz. 
Ovozni shakllantirish mashqlari. 
Ovozlar har bir insonni (ijrochini) imkoniyatiga qarab turlicha bo’ladi. 
Shuningdek yigitlar, qizlar ovozlari xam bir biridan farq qiladi. Ovoz 
shakllantirish, sozlashda eng avvalo ovoz diapazoni (ovoz ko’lami, kengligi)bunda 
asosiy rol o’ynaydi. Biz ovoz sozlash, shakllantirish mashqlarida, dastlab ijrochi yoki 
ijrochilarning ovoz imkoniyatlarini aniqlab olmog’imiz kerak. So’ng ularning 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, mashqlar beriladi. Jamoada ovoz shakllantirish 
birmuncha murakkabroqdir. Chunki jamoada yigit, qizlar va barcha ijrochi, 
qatnashchilarning ovozi (diapazoni, jarangi, talaffuzi) turlicha bo’ladi. Shunga qarab 
ovoz shakllantirish, ovoz sozlash uchun eng past notalardan yuqori notalargacha 
bo’lgan mashqlar beriladi. Dastlab unli va undosh tovushlar talaffuzi bilan mashqlar 
o’tkaziladi. So’ng “O” unli tovushini birinchi oktava “lya”notasidan, ikkinchi oktava 
“lya” notasigacha kuylanadi. Shu usulda yana dastlabki xolatga qaytiladi. Mashq qayta 
qayta takrorlanadi, bu eng oddiy mashqlardan biridir. Jamoa kuylagandan keyin, ushbu 
mashqni yakka yakka, ikki yoki uch ovozda, keyin yigitlar aloxida, qizlar aloxida 
qaytarishganda ba’zi kamchiliklari bo’lsa, uni bartaraf etish osonroq bo’ladi. Asta unli 
tovushlarga undosh tovushlarni qo’shib mashq qilinadi. Masalan: do, re, mi, fa yoki do 
do do do do, re re re re, mi mi mi mi mi, fa fa fa fa fa, sol sol sol sol sol, lya lya lya lya 
lya, si. So’ng oddiy ovoz mashqlaridan asta sekin murakkabroqlariga o’tiladi. 
Folklor qo’shiqlari ijrochiligi ovoz sozlash va ovoz shakllantirish mashqlarida 
vokal ijrochiligiga xos bo’lgan usullardan foydalanish xam mumkin. Lekin o’zbek 
milliy san’atida shunday janrlar borki, dunyo miqyosidagi eng kuchli ijro uslublaridan 


50 
qolishmaydi. Shunday ijrolardan biri “Katta ashula”dir, Razm solinsa katta ashulada 
ovoz tananing qorin qismidan kelib, o’z jarangini saqlagan holda tomoq mushaklari, 
pardalari yordamida nola va qochirimlar bilan bezalishini kuzatishimiz mumkin. Ijroda 
nafasning quyidagi uslublari mavjud: 
1. Ko’krak nafasi. Bu uslubda ayniqsa ko’krak qafasi mushaklari faol ishlaydi. 
Qorin bo’shlig’i pardasi (diafragma) harakati esa bo’sh bo’ladi. Biroq qorin torqalgan 
bo’lishi shart. Ko’krak qafasiga nafas olganda yelkalar ko’tarilishiga yo’l qo’ymaslik 
kerak. Chunki unda ko’krak qafasining yuqori qismi mushaklari, yelka va bo’yin qismi 
mushaklari taranglashib qolib, ovoz hosil qilish jarayoni zo’riqqanday bo’lib 
og’irlashadi. 
2. Aralash, ya’ni ko’krak va qorin nafasi. 
Bunda ishlashi lozim bo’lgan barcha mushaklar uchun faol imkoniyat mavjud. 
3. Qorin nafasi (qorin parda).
Bu uslubda qorin parda va qorin qatlami mushaklari faol qisqaradi. Ko’krak qafasi 
organlari esa nisbatan xotirjam bo’ladi. 
Aytish joizki, nafasni bu turlarga bo’lish nazariyada ko’p uchrab tursa-da, aslida 
bu shartlidir. 
Amaliyotda ular orasida keskin chegaralar bo’lmaydi. Faqat erkaklar bilan 
ayollarning nafas olish jarayonida farqlar borligi tabiiydir. erkaklar ko’pincha nafasni 
qoringa chuqur olishsa, ayollar asosan nafasni yuqoriroq, ya’ni ko’krakka yaqinroq 
olishadi. Dars berilganda bunga alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir. 
Tajribada nafasni pastgi qovurg’a faolligida qorin bo’shlig’iga olish unumli ekanligi 
o’z isbotini topgan. 
Ashula aytganda ovoz hosil bo’lishidan oldin xonanda nafas olmog’i, olganda 
ham buni idroklab, ongli tarzda olishi lozim. Chunki bu odatdagiday o’pkani havo bilan 
to’ldirish emas, balki ovoz apparatini tovush hosil qilishga tayyorlash ham demakdir. 
Shuningdek, xonanda nafasni xotirjam va chuqur olmog’i lozim va orqaqcha 
vishillashlarga o’xshash shovqinli tovushlar sodir bo’lishlariga yo’l qo’ymasligi kerak. 
Nafas olganda qandaydir lazzatlanishdan bahramand bo’lganday tuyulmog’i lozim. 
hajmini ancha kengaytirishga va zahirasini ko’paytirishga olib keladi. Qolaversa, bu 


51 
uslub diafragma (qorin parda)ni ham cho’zilib turishi evaziga ancha kengaytiradi va 
shu bilan bir qatorda uning erkin ishlashiga sharoit yaratib beradi. 
Albatta nafasni og’iz va burun bo’shlig’i orqali bir paytning o’zida baravar olgan 
ma’qul. Biroq faqat burun orqali nafas olganda uning chuqurligi va to’laqonli 
ekanligini his etish ishonchi hosil qilinadi. Ashula aytishni endi boshlayotgan 
xonandalarga ayni shu uslub o’rganib olish uchun juda qulaydir. Badiiy asar ijrosida 
har gal nafas olganda og’izni yumib turib nafas olishlarga imkon bo’lmaydi va asar 
harakteri bunday sharoit bilan uyg’unlasha olmaydi ham. Natijada ijroga putur yetishi 
ham muqarrar. Biroq, xonanda uchun faqat burun orqali nafasni chuqur va keng hamda 
his etib olish mashqlari doimiy bo’lib turmog’i shart. Sekin sur’atda ijro etiladigan 
asarlarda nafas asosan burundan, tez sur’atda ijro etiladigan asarlarda esa ko’p hollarda 
og’iz va burundan olinadi va bu aralash nafas deyiladi. To’g’ri nafas olish – ovoz 
shakllanishida ishtirok etuvchi barcha a’zolarni yaxlit tarzda ijroga tayyorlashdir.

Download 4,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish