FOIZ KONSENTRATSIYAGA OID
1. 380 ml suvda 20 g mis sulfat erigan bo’lsa, erigan moddaning massa ulushini hisoblang.
2. 15 g moddani 135 g suvda eritib olingan
eritmaning konsentratsiyasi (%) qanday bo’ladi?
3. 270 g suvda 300 g mis kuporisi CuSO
4 * 5H
2O eritildi. Suvsiz tuzning present miqdori qanday?
4. 50 g mis kuporisi 750 ml suvda eritildi. Xosil qilingan eritmadagi mis sulfatning massa ulushini aniqlang.
5.Zichligi 1,17 g ml bo’lgan 16% li 200 ml natriy korbanat eritmasi konsentrasiyasini 20% ga yetkazish uchun shu eritmaga necha gr Na
2CO
3*10H
2O qo’shish kerak?
6.16% li 400 g temir (III) sulfat eritmasini tayyorlash uchun temir kuporosi (Fe
2(SO
4)
3*12H
2O) va suvdan qanchadan (g) olish kerak?
7. 20% li 300 g rux sulfat eritmasini tayyorlash uchun rux kuporosi (ZnSO
4*6H
2O) va suvdan qanchadan (g) olish kerak?
8. 60% li eritma tarkibidagi suvning massasi uch barobar ko’paytirildi. Xosil bo’lgan eritmaning massa ulushini xisoblang.
9. 355 ml 30% li KOH eritmasiga (p=1,282 g/ml) 0,5 l 10% li KOH eritmasi (p=1,09 g/ml)qo’yilganda hosil bo’lgan eritmadagi KOH ning massa ulushi (%) nechaga teng bo’ladi?
10. Nitrat kislotaning 10 ml 10% li eritmasi (p=1,056 g/ml) bilan 100 ml 30% lieritmasi (p=1,184 g/ml) o’zaro aralashtirilishidan hosil bo’lgan yangi eritmada kislotaning foiz konsentratsiyasi qancha bo’ladi?
MOLYAR KONSENTRATSIYA.
1.Konsentratsiyasi 3 M bo‘lgan eritmaning 500 ml hajmini necha litrgacha suyultirilganda, uning konsentratsiyasi 0,5 molyar bo‘ladi?
2.Hajmi 4 l konsentratsiyasi 20% bo‘lgan kaliy ishqori eritmasi (ρ=1,19 g/l) ning hajmi ikki marta kamayguncha bug‘latilganda qolgan eritmaning molyar konsentratsiyasini hisoblang.
3.Konsentratsiyalari 0,5 M va 0,2 M bo‘lgan eritmalardan necha millilitrdan aralashtirilganda, 0,24 M eritmadan 1240 ml hosil bo‘ladi?
4. Sulfat kislotaning 35% li eritmasining (ρ=1,26 g/sm3) molyar konsentratsiyasini toping.
5. 15 ml 2,5 M H
2SO
4 eritmasidan qancha (ml) 0,5 M eritma tayyorlash mumkin?
NORMAL KONSENTRATSIYA.
1.60% li (ρ=1,44 g/sm3) fosfat kislota eritmasining molyar va normal konsentratsiyasini aniqlang.
2. 16% li mis(II) sulfat eritmasining (ρ=1,18 g/ml) molyarligi va normalligini hisoblang.
3. Ortofosfat kislotaning 100 ml 0,1 mol/l eritmasini tayyorlash uchun 450 ml (n.sh.da) ammiak sarflandi. Bu reaksiyada kislotaning ekvivalentini toping.
4. 24,5 g 40% li N3RO4 eritmasini neytrallash uchun 1 n NaOH eritmasining 300 ml miqdori sarf bo‘lgan. Kislotaning ekvivalentini toping.
5. 0,4 n li 3 l H2SO4 tayyorlash uchun 96% li (ρ=1,84 g/ml) sulfat kislotadan qancha (ml) kerak bo‘ladi?
MOLYAL VA TITR.
1. Eritmaning titri uning 1 ml hajmida erigan moddaning grammlar soniga (g/ml) teng. Sulfat kislotaning besh molyarli eritmasining titrini hisoblang.
2.Hajmi 3 l bo‘lgan osh tuzi eritmasida 9 mol modda mavjud. Shu eritmaning titri (g/ml) ni aniqlang.
3.20% (ρ=1,115 g/ml) nitrat kislota eritmasining molyarligi va titri (eritmaning har bir ml da necha gramm erigan modda bor ekanligini ko‘rsatadi) ni toping.
4. Titri 0,735 g/ml bo‘lgan sulfat kislota eritmasining normalligini hisoblang.
5. 34% li 1 ml eritmaning tarkibida 0,435 g erigan modda bo‘lsa, eritmaning zichligini toping (g/ml).
ERUVCHANLIK
1. Kaliy sulfatning 50
0C da to’yingan eritmasidan 58 g miqdorini bug’latilgandan keyin 8 g tuz qolgan. Tuzning eruvchanligini aniqlang.
2. KNO
3 ning 60
0C dagi to’yingan eritmasida 52,4% tuz mavjud. Shu tempiraturadagi uzning eruvchanligini aniqlang.
3. 60
0C da 540 to’yingan litiy sulfat eritmasi bug’latilishi natijasida, 96 g litiy sulfat tuzi olindi. Litiy sulfatning shu tempiraturadagi eruvchanlik koeffitsiyentini toping.
4. Tuzning 20
0C eruvchanlik koeffitsiyenti 25 ga teng bo’lsa, 100 g to’yingan eritmada shu tuzdan necha gramm bo’ladi?
5. Tarkibida 200 g suv bo’lgan ammoniy xloridning 100
0C dagi to’yingan eritmasini 0
0C gacha sovutiganda necha gramm tuz cho’kmaga tushadi? S(0
0C)=40; S(100
0C)=80