To`la e`tiqod va Ishonch me`yorlari shtatlarning sudlari orasida o`zaro tushunish va muvofiqlikni ta`minlashga qaratilgandir. Aslida, konstitutsiyada bunday me`yorning joy olishi AQSh tashkil topgan paytdagi federal hokimiyatning va shtatlar orasidagi hali mustahkamlanib ulgurmagan ishonchning zaifligi bilan izohlanishi mumkin. Mazkur me`yor mamlakatda yaxlit huquqiy tizimning shakllanishida muhim rol o`ynadi, shu bilan birga bir qator muammolarni yuzaga kelishiga ham sabab bo`lmoqda. Ayni jinsdagi kishilar orasidagi nikohning Massachusets Oliy sudi tomonidan qonuniy deb e`lon qilinishi buning yaqqol misolidir. Gap shundaki, 1996 yil 21 Sentyabrda Prezident Bill Klinton tomonidan imzolangan va Kongress tomonidan tasdiqlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |