Flesh-xotira o‘zi nima?


-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik



Download 47,51 Kb.
bet23/23
Sana31.12.2021
Hajmi47,51 Kb.
#232797
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Kriptografiya

16-modda. Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.



 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 155, 218-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 143-moddaciga qarang.

Zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalar
26.11.2014
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Tohirjon Nazarjonov, Marufa Azizova.

Texnologiyalar juda tez rivojlanib, yaqindagina g‘aroyib voqelik bo‘lib tuyulgan narsalar bugungi kunning tabiiy holatiga aylanmoqda. Aslida, bugun bilan ertaning oraliq masofasi juda yaqin bo‘lsada, go‘yo “Uyning gapi ko‘chaga to‘g‘ri kelmas” maqoliga o‘xshash: “Bugunning gapi ertaga to‘g‘ri kelmay” bormoqda. Shunisi qiziqki, ilgari biror kasb egasi bo‘lish uchun fan asoslaridan bilim olishning o‘zi yetarli bo‘lgan bo‘lsa, davrimizning zamon bilan hamnafas mutaxassisi fan yangiliklarini o‘zlashtirishga ba’zan ulgurmay ham qolyapti.

Bugungi kunda katta imkoniyatlar taqdim etgan fan yangiliklari go‘yo ertangi kungacha yanada yangi qirralarini ochib, boyib bormoqda. Kechagi yangiliklar esa asta tarix zarvaraqlaridan joy olib, o‘tmishga aylanmoqda. Axborot tashuvchi qurilmalar avlodlari va ularning tarixi bilan tanishish maqsadida “Aloqa tarixi muzeyi” bo‘ylab sayohatimizni davom ettiramiz. Shunday qilib, navbatdagi sahifamiz zamonaviy axborot tashuvchi qurilmalarga bag‘ishlanadi.

Tarix taraqqiyoti mobaynida axborotlarni saqlashga turlicha yondashilgan. Bunda axborotni qancha vaqt va qanday saqlashga alohida e’tibor qaratilgan. Agar axborot oz bo‘lsa, uni yodda saqlash, kitoblarda bitish bilan cheklanish mumkin edi, biroq davrimiz axborotlari sonining keskin o‘sishi sharoitlarida ularni saqlash va uzatish masalasi alohida ahamiyatga molik. Axborotni saqlash — bu axborotni makon va zamonda tarqatish usulidir. Axborotning saqlanishi uni saqlovchi, tashuvchi qurilmalarga ham bog‘liq. Hozirgi davrda ko‘plab axborotni ixcham holda saqlash va tezkor ulanib, o‘qishga mo‘ljallangan qurilmalar mavjud. Axborot tashuvchi vositalar — ma’lum bir axborot hajmini saqlash yoki uzatishga xizmat qiladi.

Magnit yozuvlari orqali axborotlarni saqlash va uzatish mazkur sohadagi yanada ishonchli imkoniyat hisoblanadi. Bu borada fikr yuritilganda, avvalo po‘lat simga yozilgan magnit yozuvlarini eslab o‘tish lozim. Bunday usuldagi yozuvlarni amalga oshiruvchi qurilmani ilk bor 1878-yilda Edison laboratoriyasiga tashrif buyurganidan ta’sirlangan Oberlayn Smit (Oberlin Smith) 1888-yilda ishlab chiqqan. Biroq dastlabki po‘lat simli magnit yozuvlarini amalga oshiruvchi qurilma daniyalik muhandis Valdemar Poulsen (1869–1942) tomonidan faqatgina 1895-yilga kelib, ishlab chiqilgan. Ixtirochi qurilmani «telegrafon» deb atagan.

1925-yilda nutqni magnit simlarga yozib oluvchi mazkur elektromagnit qurilmasini Kurt Shtille (Curt Stille) yanada takomillashtirdi. Oqibatda, po‘lat lentadan foydalanilgan qurilma konstruksiyasi «Markoni-Shtille» rusumi bilan taqdim etildi va undan qator mamlakatlarda keng foydalanila boshlandi. 1927-yilda Fris Pfleymer (Dr. Fritz Pfleumer) magnit (avval qog‘oz, so‘ngra — polimer asosda tayyorlangan) lentasi uchun patent olishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur magnit lentalarini ixtirochi Oberlayn Smit bilan bir vaqtda, BASF laboratoriyasida yaratgandi.

O‘tgan asr 20-yillarida Shuler tomonidan aylana magnit golovkasi konstruksiyasini taqdim etdi. 1934–1935 yillarda BASF firmasi magnit lentasining seriyali ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘ydi. 1935-yilda AEG firmasi dastlabki «Magnetophon» nomli tijorat plyonkali magnitofonini taqdim etdi. Magnetophon atamasi uzoq yillar AEG-Telefunkenning savdo belgisi bo‘ldi, biroq keyinchalik ko‘pgina xalqlar tilida qurilma nomi sifatida qo‘llanila boshlandi.



Peirce 55-B — magnit simiga yozish uchun ishlab chiqilgan magnitofon

Magnit lentalari
Ma’lumki, axborot tashuvchi vositalar qatorida magnit lentalaridan ham keng foydalaniladi. Magnit lentalari o‘tgan asrda ishlab chiqilgan axborot saqlovchi qurilma bo‘lib, magnit yozuvlarini saqlovchi, yupqa egiluvchan magnit qatlamli lentalardan iborat. Magnit lentasi, magnit tasma — sirtiga magnit qatlami surtilgan yupqa lenta bo‘lib, tovush (nutq, musiqa)ni yozib olish va qayta eshittirish uchun foydalaniladi. Magnit lentasining ishchi magnit qatlami temir gamma-oksid, xrom (II) oksid va kobalt qo‘shilgan temir gamma-oksidning magnit jihatdan qattiq kukunidan iborat bo‘ladi. Magnit lentasi asosi sifatida polietilenteleftalat, polivinilxlorid, diasetat va triasetat plyonka ishlatiladi.



Magnit lentasi

Plyonka sirtiga surkaladigan tarkib magnit kukuni, bog‘lovchi modda, eritgich, plastifikator va magnit lentasi sifatini yaxshilaydigan qo‘shimchalardan iborat bo‘ladi. Magnit lentasi harorati 20±5°gacha bo‘lgan sharoitlarda ishlatiladi va saqlanadi. Magnit lentalari metall va bimetalldan tayyorlanadi. Lentaning eni va qalinligi uning nima maqsadda ishlatilishiga qarab tanlanadi. Masalan, tovushni yozib olishda eni 3,81 va 6,25 mm, qalinligi 9–55 mkm bo‘lgan magnit lentasi ishlatilgan. Yupqa ishchi qatlami So–Ni (kobaltnikel), So–R (kobalt–fosfor) So–N–R (kobalt — azot — fosfor) va So–W (kobalt–volfram) qotishmalaridan iborat metall magnit lentalari ishlab chiqarilgan. Magnit lentasining ustunligi yozuvni amalga oshirishda va ayrim signallarni qabul qilishda sezgirligidan iborat. Ko‘p qatlamli magnit lentasi o‘z davrida juda keng tarqalgan.

Magnitli yozuv — tovush (nutq, musiqa)ni magnitli axborotni saqlovchi va tashuvchi (magnit lentasi, magnit disk va boshqalar)ga magnit usulida yozib olish hamda qayta eshittirish imkonini beruvchi qurilma vazifasidir. Tovushni yozib olishda axborot tashuvchi yoki ayrim qismlarining qoldiq magnit holati tovush signallariga monand o‘zgaradi. Tovushni qayta eshittirishda teskari jarayon yuz beradi va shunga muvofiq ravishda, tovush signallari hosil bo‘ladi. Axborot tashuvchining magnitlanish yo‘nalishiga, signallarni yozib olish va qayta eshittirish kanallarida yuz beradigan o‘zgarish turiga hamda magnit kallakka signal tokidan tashqari qo‘shimcha magnitlaydigan o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan tok berilishiga qarab, magnit yozuvlarining bir necha usullari qo‘llaniladi.

Magnit yozuvlarida yozib olish kanali kirishiga (masalan, magnitofon kuchaytirgichiga) tushgan elektr signallar kuchaytiriladi va o‘zgartiriladi. Kanalning oxirgi qismi magnit kallak hisoblanadi. Magnit kallakda vujudga keladigan magnit maydon kallak chulg‘amidagi tokka mutanosib bo‘ladi. Magnit maydon harakatlanib turgan magnit lentasiga (yoki magnit diskka va boshqalar) ta’sir qilib, uning ayrim qismlarini magnitlaydi va magnitli yozuvlari yo‘lini hosil qiladi, shu tariqa, tovush magnit lentasiga yozilib qoladi.

Magnitli yozuv yo‘li hosil bo‘lgan magnit lentasi signalogramma deb ataladi. Tovushni qayta eshittirishda, signalogramma harakatlanishi mobaynida, magnit kallak chulg‘amida yozib olingan tovush signallarini tashuvchi elektr yurituvchi kuchni paydo qiladi. Tovushni kuchaytirish qurilmasi signallarni kuchaytirib va tovushga aylantirib beradi. Tovush radiokarnaylar orqali eshittiriladi. Tovushni yozib olish jarayoni qancha tez amalga oshirilsa, tovush shuncha sifatli chiqadi. Tovushni yozib olishda diktofon, magnitofon, tasvir va tovushni yozib olishda videomagnitofon va axborotni juda aniq magnit yozuvlarida aniq magnit usulida yozib olish qurilmalaridan foydalaniladi.



Kompakt-kasseta
Kompakt-kasseta (ingliz tilidan, Compact Cassette), audiokasseta (ingliz tilidan, Music Cassette, MC) yoki shunchaki kasseta — axborotni magnit lentasida tashuvchi qurilmadir. Birinchi navbatda, tovush, nutqlarni, shuningdek, raqamli axborotni yozish va saqlashda keng qo‘llaniladi. Yozuvlar kengligi 3,81 mm va qalinligi odatda, 9 dan 27 mkmgacha bo‘ladi, ikki (mono) yoki to‘rt (stereo) yo‘lakchalariga ega magnit lentasiga yoziladi va saqlanadi. Odatda, kassete lentasi harakat tezligi 4,76 sm/s.ni tashkil etgan. Ko‘pgina ikki kassetali qurilmalarda tezlik 9,53 sm/s.ni, diktofonlarda esa 2,38 sm/s.ni tashkil etadi.

Dastlabki kompakt-kassetalar 1963-yilda Philips korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Kompakt-kassetalarning foydalanishda nisbatan arzon va qulay va eng ommabop (o‘tgan asr 70-yillaridan 90-yillarining oxirigacha bo‘lgan davr mobaynida) audiotashuvchi (axborot yozishda eng ommabop hisoblanadi), biroq XXI asrda ular kompakt-disklar (jimladan, CD-R va CD-RW) bilan siqib chiqarildi.





Magnitofon
Axborot tashuvchi vositalar orasida magnitofon alohida muhim o‘rin tutadi. Magnitofon (magnit va fon) — tovush (nutq, musiqa)ni magnit lentasiga yozib olish va qayta eshittirish uchun mo‘ljallangan qurilmadir.

Magnitofonning kasb bilan bog‘liq, dispetcherlik, maishiy (ro‘zg‘orda foydalaniladigan), maxsus, muqim (stasionar) va portativ (ixcham ham batareyadan, ham elektr manbadan ishlaydigan) turlari bo‘ladi. Magnitofon, asosan, lenta (tasma) tortish mexanizmi; lentani teskari o‘rash mexanizmi; yozib olinadigan va qayta eshittiriladigan tovush signallarni kuchaytirgich; magnit kallak; akustik tizim — radiokarnaylardan iborat.


Odatda, magnitofonda bitta (monofonik) yoki ikkita (stereofonik) yozib olish — qayta eshittirish kanali bo‘ladi. Magnit lentasiga yozib olingan tovushni o‘chirib, ayni paytda o‘rniga yangisini yozib olish mumkin.



Kompakt-disk
Kompakt-disk («CD», «Shape CD», «CD-ROM», «KD PZU»)lar — optik axborot tashuvchi disk shaklidagi, markazida teshikchali, axborotlar lazer yordamida o‘qiladigan qurilmalardir. Kompakt-disklar boshidanoq audioni raqamli o‘qishga moslashtirilgan (Audio-CD), biroq hozirgi vaqtda katta hajmli axborotlarni saqlash qurilmasi sifatida qo‘llaniladi (CD-ROM). Audio-kompakt-diski formati bo‘yicha ma’lumotlar uchun kompakt-disklardan farq qiladi va CD-pleyerlarda o‘qiladi.

CD disklar — bu kompakt disk so‘zlarining bosh harflaridan olib, nomlangan disklar bo‘lib, axborotlarni saqlash uchun optik yuzadan iborat, disk ko‘rinishidagi axborot tashuvchi hisoblanadi. Kompakt disklar 700 Mbayt hajmga ega bo‘lib, ma’lumot qurilmaning lazer nuri yordamida yoziladi va o‘qiladi. DVD-disklar — bu dijital video disk so‘zlarining bosh harfidan iborat qisqartma bilan nomlangan disklar hisoblanadi. Bu disklar 4,5 Gbayt hajmga ega bo‘lib, CD disklarga nisbatan 7 barobar ko‘p axborot sig‘dirishi mumkin. Har ikkala turdagi disklar ham optik rejimda ma’lumotlarni yozish, o‘qish va saqlash xususiyatiga ega bo‘lib, ixtiyoriy turdagi ma’lumotlarni tashish imkoniyatiga ega. Hozirgi davrda ushbu disklarning yangi avlodlari ishlab chiqarilmoqda, ular CD-RW va DVD-RW ko‘rinishida belgilanadi. Bunday turdagi disklarga axborotlarni yozish, o‘chirish va qayta yozish mumkin.

Optik disklarga yozish jarayoni lazer yordamida amalga oshirilganligi sababli yozuvlar zichligi magnitli usulda yozuvlarni amalga oshirishdan ham yuqori darajada bo‘ladi. Optik diskning axborot sig‘imi (disk diametri 130 mm. bo‘lganida) 1 Gbayt va (disk diametri 300 mm. bo‘lganida) 2–4 Gbaytni tashkil etishga mo‘ljallangan. O‘tgan asr 90-yillarining oxirida yangi, hujjatlarni saqlash uchun yanada istiqbolli, raqamli-universal DVD-ROM turidagi DVD (Digital Versatile Disk), DVD-RAM, katta sig‘imli (17 Gbayt) DVD-R videodisklari paydo bo‘ldi. Optik, magnitooptik va raqamli kompakt-disklar texnologiyasi bo‘yicha 3 asosiy turda qo‘llaniladi:

1. Axborot o‘chirilmaydigan disklar (CD-ROM). CD-ROM odatda raqamli, ovozli dasturlar hamda dasturiy ta’minotni saqlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan 650 Mbayt sig‘imga ega bo‘lgan.


2. Bir marta yozish va ko‘p martalik o‘qishga mo‘ljallangan, biroq o‘chirish imkonini bermaydigan disklar (CD-R; CD-WORM — Write-Once, Read-Many — bir marta yozib, ko‘p marta o‘qish mumkin). Ulardan elektron arxivlar va bank ma’lumotlarini saqlashda foydalaniladi.
3. Ko‘p marta qayta yozish/o‘chirish imkonini beruvchi reversiv optik disklar (CD-RW; CD-E). Bunday disklarni ishlab chiqish texnologiyasi murakkab bo‘lganligi bois, ularning narxi ancha yuqori. Hozirgi davrda raqamli usulda yozilgan optik (lazerli) disklar hujjatli axborotlarni saqlashda eng ishonchli vosita hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda, axborotni saqlashda nanotexnologiyalardan foydalanib, yanada ixcham axborotni saqlash, uzatish qurilmalarini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. Nanotexnologiyalar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan jahon olimlari kelajakda shunday qurilmalar ishlab chiqilib, ular minglab lazer disklari o‘rnini bosishi mumkinligi haqida xabar bermoqdalar.

Tabiiyki, sahifalarimizda insoniyat tarixida yaratilgan barcha axborot tashuvchi vositalar (masalan, CD-R, Blue Ray, magnit barabanlari va boshqalar) haqida so‘z yuritishning imkoni yo‘q, bu juda ko‘p vaqtni talab etgan bo‘lardi. Sohaga qiziquvchilar uchun mazkur qurilmalar haqida ixtisoslashgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarida barcha ma’lumotlar bayon etilgan, shuningdek, «Aloqa tarixi muzeyi»ga tashrif buyurib, ulardan namunalar va zarur ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.



Maqola «Aloqa tarixi muzeyi» va infoCOM.UZ jurnali tahririyatining hamkorlikdagi loyihasi asosida tayyorlandi, unda: Vikipediya, O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi va boshqa manbalardan foydalanildi.
Download 47,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish