Reja:
FL Studio dasturining ommaviyligi.
Dasturning imkoniyatlari va kamchiliklari
Dasturning pluginlar bilan ishlay olishi
FL STUDIO dasturida radioeshittirish uchun ovozli zastavka
FL Studio dasturining ommaviyligi.
FL Studio ya’ni Fruity Loops hozirgi kunda musiqa ustida ishlash uchun mo’ljallangan eng ommaviy dasturlardan biriga aylanib ulgurgan dastur hisoblanadi. U Image Line tomonidan ishlab chiqarilgan, bo’lib u Delphi dasturida yaratilgan va DAW tilida ishlaydi.
Fruity Loops dasturining ommaviyligi uning oddiyligi va musiqani komputerda taxrirlashni endi boshlayotgan foydalanuchlar uchun qiziqarliligidir . Bu dastur bilan qilinadigan ishlar:
-dasturda bor bo’lgan sintezatorlardan birini tanlash,
-sekvensorda musiqaning bir qismini yozib olish (pattern)
-keraklicha bo’lgan miqdorda pattern yaratish
-dasturga kuylanish ketma – ketligini ko’rsatish.
Fruity Loops dasturini yaratuvchilari, foydalanuvchilarga musiqa ta’limini olmasdan turib ham musiqa yaratish imkoni borligini e’tirof etishdi. Bu dasturda hech qanday nota yoki uni o’rniga qo’yiladigan grafik simvollar bo’lmaydi. Shu narsalarsiz ham zamonaviy musiqa yaratish imkoni tug’ildi. Ortiqcha harakatlarsiz hamda kichik vaqt oralig’ida elektron musiqa yozish hamma uchun qo’l kelardi.
Dasturning kamchiliklari
FL Studio Mac OS va Linux operatsion tizimlarida ishlamaydi. Ammo Intel prosessoriga va Macintoshning yangi versiyalarida ishlaydigan foydalanuvchilar FL Studioni Boot Camp (bu dasturiy ta’minot bo’lib, Apple komputerlarida Windows operatsion tizimini ornatish uchun qo’llaniladi) orqali ishlatsa bo’ladi.
FL Studio ga o’xshash bepul ochiq kodli dastur mavjud. Bu dasturiy ta’minot LMMS dir. Bu dastur Windowsda ham Linuxda ham ishlaydi. Ammo baribir LMMS FL Loops imkoniyatlaridan ortda qoladi. Bu narsa miksherdagi signallarni marshrutizasiya qilish va plaginlar sonida katta farq qiladi.
Dasturning imkoniyatlari
FL Studio dasturi deyarli barcha imkoniyatlarga ega:
-dasturning o’zida mavjud bo’lgan yoki tashqaridan o’rnatilgan -sintezator orqali yaratilgan musiqani saqlash.
-mikrofondan yozib olish.
-uni qayta muharrirlash.
-audiosignalning spektr va dinamik diapazonlarini o’zgartirish.
-uni effektlar bilan qayta ishlash.
-kompozisiyani stereofonda qo’yish.
FL Studio dasturi VST va DX plaginlarini to’liq qo’llab quvvatlaydi. Unga klient huquqi orqali ReWire ilovasini yoqish mumkin. Shu bilan birga FL Studio fayllarini boshqa musiqa muxarrirlariga ulash mumkin. Shu sanab o’tilgan imkoniyatlardan keyin bu dasturni oddiy korinishda qabul qilish qiyinroq. Endilikda bu dasturni tushunish va ko’p narsani bilish kerak. Demak FL Studio to’liq ravishda vitual studiya bo’lib, u musiqani, effektlarni qayta ishlashga mo’ljallangan. Musiqani yozish uchun bizga faqat komputer va Fl Studio dasturi kerak bo’ladi. FL Studio dasturi maxsus MIDI klaviatura o’rniga oddiy komputer klaviaturasini ishlatishga mo’ljallangan va faqat MIDI kontroller uchun joystik ishlatiladi xolos. FL Studio hozirgi ko’p yadroli komputerlarda ham ishlaydi. Bu dasturning ommalashishiga asosiy sabablardan biri bu unga to’g’ri keladigan plaginlarning soni ko’pligidadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |