Fiziologiyasi va gigiyenasi



Download 12,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/390
Sana31.12.2021
Hajmi12,82 Mb.
#245684
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   390
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.) (4)

ovulatsiya  deyiladi.
Yorilgan  pufakchaning  bo'sh lig 'i  vaqt  o'tishi  bilan  sariq  rang- 
dagi  yog*li  m oddalar  bilan  (hujayralar)  to'ladi.  Shunday  y o 'l  bilan 
ichki  sekretsiya  bezlari  rolini  o'ynovchi  sariq  tana  yuzaga  keladi. 
Yuzaga  kelgan  sariq  tana progesteron  gormonini  ishlab  chiqaradi. 
Bu  gormon  yana  plasentada  va  buyrak  usti  bezining  p o 'stlo g 'id a 
ham  ishlab  chiqiladi.
Progesteron  organizmda  homilaning  rivojlanishi  va  saqlanishi 
uchun  sharoit  yaratib  beradi.
Tuxum yo'llari (bachadon n a y i)- ju f t n ay sim o n a’zo  bo'lib, ular 
orqali tuxum  hujayrasi tuxum dondan bachadonga o'tadi.  Bachadon 
nayining  uzunligi  voyaga  yetgan  ayollarda  10-20  sm.  har bir  nay- 
chada  ikkita -   bachadon  va  qorin  uchlari  farqlanadi.  Tuxumdonga 
yo'nalgan tuxum yo'lining uchi voronka shaklida kengaygan bo'lib 
chetlarida baxromkalari bo'ladi.
Tuxum  yo'lining  ichki  yuzasi,  hilpildoq  epiteliya  bilan  qoplan- 
gan  bo'lib.  uning  kipriklari  tuxum  yo'lining  qisqaruvchi  muskul 
devorlari va qorin hamda chanoq muskullari  bilan birgalikda tuxum 
hujayrasining  bachadonga  qarab  harakatlanishiga  yordamlashadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


U rug'lanish  paytida  tuxum  yo 'lid a  tuxum  hujavrasining  erkak- 
lik jinsiy  hujayralari  spermatazoidlar  bilan  qo'shilishi  yuz  beradi. 
M ana  nim a  uchun,  tuxum  y o iin in g   o'tkazuvchanlik  xususiva- 
ti  buzilishi  natijasida  ayollar  ona  bo 'lish   im koniyatidan  mahrum 
bo'ladilar.  Tuxum  y o ' 1 lari  bachadon  tanasining  yuqorigi  chetiga 
tutashgan  bo'ladi.
Bachadon  muskulli  kovak  a'zo   bo'lib,  avollarning  kichik  tos 
oblastida  joylashgan.  Bachadonning  yuqorigi  ancha  kengaygan 
qismi  uning  tanasi  deb  ataladi.  Bachadon  oldingi  tom ondan  siydik 
pufagi,  orqa  tomondan  esa  to 'g 'ri  ichakka  tegib  turadi.
Bachadon -  bola tug'iladigan  organ,  unda homila rivojlanadi va 
olib  yuriladi.  Ichki  tom ondan  u  qon  tom irlariga  boy  shilliq  parda 
bilan  to'shalgan  bo'ladi.
Tuxum  hujayrasi  yetilganidan  keyin  va  uning  yorilgan  pufak- 
chasining o 'rn id a hosil  bo'lgan sariq tananingprogesteron gormoni 
bachadonda  o'zgarishlar  chaqiradi:  uning  shilliq  pardasi  qon  bilan 
to 'lib   shishadi.  U rug'langan tuxum  hujay rasi  va zarodishni  rivojla­
nishi  uchun  sharoit  tatbiq  etiladi.  Agarda  y etilgan  hujayra  otalan- 
masa  bir necha  kundan  keyin  u  o ia d i.  Sariq tana  qaytadan rivojla- 
nishga majbur bo'ladi.  ya'ni  so'rilib  ketadi.  Shu yoT bilan bezning 
sekreti  progesteronni  ajralishi  to'xtaydi.  Bachadonning  ishgan  va 
o 'sib  ketgan shilliq pardasi parchalanadi. yulinadi uning qontom ir- 
lari  yoriladi  va  qon  shilliq  pardaning  mayda  qismlari  bilan  bacha­
don  tanasi  va  qin  orqali  tashqariga  chiqariladi.  Bu  esa  mensturat- 
siyadir  (lot.  mens  -   oy).  Bu  holat  ko'pchilik  qizlar  va  avollarda 
28  kun  atrofida  takrorlanib  turadi.
Jinsiy  sikl,  ayollarda  to 'rt  davrga  bo'linadi:  1)  tinchlik  davri 
(7-8  kun  mobay nida  bachadonning  shilliq  pardasining  tiklanishi 
yuz  beradi);  2)  ovulatsiyaoldi  davri.  Bu  davrda  hom iladorlikka 
tay yorgarlik yuz beradi:  bachadon qon bilan to'ladi.  qinning  shilliq 
pardasi  kengayadi -  yumshay di;  3)  sekretorli yoki ovulatsion davr. 
Bu  davrga  xos  bo'lgan jarayon  bu  follikulaning  yetilishi  va  uning 
vorilishi,  bachadonning  shilliq  pardasidan  shilimshiq  va  glikogen- 
ga bov  bo'lgan sekretning  ajralishi  yuz beradi.  Ovulatsion davr ye-
www.ziyouz.com kutubxonasi


tilgan  follikulaning  yorilishi,  undan  tuxum  hujayrasining  chiqishi 
va  uning  bachadon  nayi  b o ‘ylab  bachadonga  qarab  harakatlanishi 
bilan  boshlanadi.  Tuxum  hujayrasining  bachadon  nayi  bo'ylab 
harakatlanishida  uning  otalanishi  yuz  beradi.  U rug'langan  tuxum 
bachadonga tushib,  uning  shilliq  pardasiga  yopishib  oladi.  Shu  bi­
lan jinsiy sikl  tugaydi  va homiladorlik boshlanadi.  Tuxum hujayra­
sining  nay  bo'ylab bachadonga kelgunicha 3 -4   kun  o'tadi;  4)  ovu- 
latsiyadan  keyingi  yoki  yulinish  davri,  bu  davr  o'rtacha  3-5  kun 
davom  etadi va bu davrda bachadonning tonik qisqarishlari  kuzati­
ladi,  uning  shilliq  pardasi  uncha  katta  bo'lm agan  bo'lakchalarning 
yulinib chiqadi,  bu paytda 50-150  sm3 qon ajraladi.  Bu davr tuxum 
hujayrasi urug'lanm agandagina kuzatiladi, ayollarda esa bu davrda 
mensturatsiya  boshlanadi.
Qin -  kichik tosda joylashgan uzunligi  8 -9  sm ga yaqin,  kengli- 
gi  2-3  sm  bo’lgan vassi  (o'sim tali)  muskulli  naychadir.  Qin devori 
ichki  tomondan ju da yumshoq,  yengil jarohatlanadigan  va  qiz  bo­
lalar  hamda  yosh  ayollarda  turli  infeksion  kasalliklarga  chalinu- 
vchandir.
Odatda,  qinda  unchalik  katta  miqdorda  bo'lm agan  oq  yoki  bi- 
roz  sarg’ish  rangdagi  chiqindilar  bo'ladi.  Qin  uyat  lablari  orasida 
(kichik,  ichki  va  katta  tashqi)  tugaydi.
Katta va kichik jinsiy  lablar,  peshonacha,  klitor va qizlik parda- 
lari tashqi jinsiy a ’zolar hisoblanadi.
Peshonacha oldini  qorin devorining pastki  qismidagi, aynan shu 
oblastda  teriosti  yog'li  kletchatkasining  kuchli  rivojlanganligi  sa­
babli  d o ’nglik bo'lib  ko'rinadi.  Jinsiy yetilish  davrida peshonacha- 
da junlar o 'sib chiqadi.
Peshonachadan pastga qarab  katta jinsiy  lablar joylashgan -  te­
rining  uzunchoq  hosilasi  bo'lib,  ular  orasida jinsiy  yoriq  (teshik) 
joylashgan.  Har  bir  jinsiy  lablarning  pastki  qismining  uchinchi 
bo'lagi  yopishqoq  tiniq  sarg’ish,  suyuqlik  ajratadi  va  bu  suyuqlik 
jinsiy  yoriqni  namlab  turadi.  Katta jinsiy  lablarning  tashqi  yuzasi 
junlar bilan qoplangan va katta miqdordagi ter va yog'  bezlari mav- 
jud.  Jinsiy  yoriqning  yuqorigi  qismida  unchalik  katta  bo'lm agan
www.ziyouz.com kutubxonasi


hosila  klitor joylashgan.  u  ko'plab  qon  tom irlari  va  nerv  tolalari 
bilan  ta'm inlangani  sababli.  juda  sezuvchandir.  Klitor  orqasidan 
pastga  qarab  terining  yupqa  va  nozik  ikkita  kichik  lablar  bosh­
lanadi.  Katta  va  kichik  lablar  qinga  kirishni  yopib  turadi.  Qinga 
kirish  joyida  qizlik  pardasi  (gimen)  joylashgan.  Bu  yupqa  parda 
ju d a ko'plab  qon tom irlari  va  nerv  tolalari  bilan  ta'm inlangan.  shu 
sababli  gimenni  yirtilishi  juda  og'riqlik  va.  odatda.  qon  oqishi  bi­
lan  birgalikda  kechadi.  Aniqlashlaricha.  qizlik  pardasi  yirtilguniga 
qadar gigiyenik rolni  o'ynab  qinga  infeksiya tushishidan  va iflosla- 
nishidan  saqlaydi.
Jin siy  
hayot  boshlanguniga  qadar  qizlik  pardasida  bitta 
yo k i 
bir 
necha  teshikchalar  b o iib .  turli  shakllarda  (halqasimon,  yulduzsi- 
mon. ldlsimon. chachopsimon  va boshqalar) b o ia d i.  Qiz bolalarda, 
balog'at 
y o sh ig a  
vetganda  ulardan  mensturatsiya  davrida qon oqib 
chiqadi.
Juda  kam  hollarda  qizlarda  tu g 'm a  qizlik  pardasi  b oim ay d i 
yoki,  aksincha,  uning  qalinlashib  ketishi  kuzatiladi.  Ayrim  paytlar- 
da  qizlik  pardasi  yoshlik  paytida  boshdan  kechirgan  infeksion  ka- 
sallik tufayli qalinlashib ketishi mumkin.  Qizlik pardasida teshiklar 
b o im ag an id a  jarrohlik  aralashuvi  yo'li  bilan  menstrual  qonning 
oqishi  ta'm in  etiladi.
Qizlik pardasining y irtilishi birinchi jinsiy  aloqa paytida yuz be­
radi.  T ug'ish paytida bu parda to ’lig'icha yirtiladi.

Download 12,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish