Fiziologiyasi va gigiyenasi


  6.  2.  Bolalar rivojlanishining  asosiy  bosqichlarini tavsifi



Download 12,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/390
Sana31.12.2021
Hajmi12,82 Mb.
#245684
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   390
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi (Z.Rajamurodov va b.) (4)

5.  6.  2.  Bolalar rivojlanishining  asosiy  bosqichlarini tavsifi
Yangi  tu g‘ilganlik davri.  Bu  davr yangi  tug'ilgan  bolaning  bi­
rinchi yig'isi bilan boshlanib,  10 kunlikkacha davom etadi. Birinchi 
v ig 'i  yangi  tug'ilgan  bolaning  birinchi  t o i a   qiymatli  nafas  olishi- 
ni  bayram  qilish  bilan  birga  ko'pchilik  mualliflarning  ta ’kidlashi- 
cha,  komm unikativ  ahamiyatga  ega:  u  faqatgina onaning  diqqatini 
tortibgina  qolmasdan,  balki  u  bilan  kontakt  (bog'liqlik)  o'rnatadi 
(Tankova-Yampolskava).
Bu  davrda  yangi  tug'ilgan  bolaning  yangi  sharoitga  moslanishi 
boshlanadi.  Bu  esa  rivojlanishning  niuhim  kritik  davrlaridan  biri 
hisoblanadi.
Yangi tug'ilgan bola ona organizmidagi nisbatan doimiy harorat 
sharoitdan (37  °C) harorati pasaygan sharoitga tushib qoladi va shu 
sababli  ham  unda  issiqlik  hosil  bo'lishining  yuqori  darajasi  qayd 
qilinadi:  1  kg  tirik  vaznga  176,4  J  hosil  b o ia d i,  (voyaga  yetgan 
odam larda  esa  100,8  J/kg).
Yangi  tug'ilgan  bolaning  terisi  tvorogsim on  moy  bilan  -   moy 
bezlarining  sekreti  bilan  qoplangan  b o ia d i.  M oydan  tozalangan- 
dan  keyin  teri  qizaradi  va  so'ngra  esa  p o 'st  tashlaydi.  Bola  hayo- 
tining birinchi kunlarida terisining rangi sariqroq rangga kirishi ku­
zatiladi.  Bu  hodisa  hayotining  7-10  kuniga  borib  yo'qoladi.
K o'pchilik  bolalar hayotining  birinchi  kunlarida  dastlabki  mas- 
sasining  5-8  %  ni  vo'qotadilar  (150-300  gr  gacha).  so'ngra  tana 
massasi  asta-sekin  orta  boradi  va  birinchi,  asosan,  ikkinchi  hafta- 
ning  oxirida dastlabki  darajaga yetadi.  Yangi tug'ilgan bola siydigi 
tarkibida  moddalar  almashinuvining  oksidlanmagan  mahsulotlari 
uchraydi,  katta  miqdorda  siydik kislotasi  hosil  b o ia d i.  Siydik  kis- 
lotasining tuzlari  siydikni jadal  sariq  rangga bo'yaydi;  bunday  siy­
dik  tindirilganida  qizg'ishroq  rangdagi  cho'km a  hosil  qiladi.
Bolalar,  odatda,  bir  necha  tu g 'm a  shartsiz  reflekslar  bilan 
tug'iladi.  Ta'sirotchining  ta'siriga  amalda  butun  organizm  bilan 
javob reaksiyasi qaytaradi, bu jarayonning yuzaga kelishi markaziy 
asab  tizim ida  qo'zgalishni  keng  irradiatsivasiga  bog'liq.  Bolaning
www.ziyouz.com kutubxonasi


rivojlanishini  dastlabki  bosqichlarida,  va'ni  hali  bosh  miya  po'st- 
log'ining  morfologik  rivojlanishi  yetarlicha yetilishga  ega  b o im a - 
gan paytda,  miyaning po'stloqosti tuzilmalari  tom onidan boshqari- 
luvchi  reaksiyalarning  generallashuvi  kuzatiladi.
Yangi  tu g ilg a n  bolalarda lab, teri,  og'izoldi oblastni,  bo'yin, til- 
ning  shilliq  pardasini  retseptorlarini  q o'zg'atilishiga  em ish-so'rish 
refleksi  javob  sifatida  nam oxon  bo'ladi.  Himoya  reflekslaridan 
k o ‘zni yum ish refleksi  vaxshi  rivojlangan bo'lib.  uning refleksogen 
zonasi  bolaning  birinchi  hayoti  kunlarida ju d a  keng  b o iib   qovoq- 
larni,  kipriklarni,  qosh.  burunning  vonbosh vuzalaridagi  retseptorli 
hosilalarini  qamrab  oladi.  Yoshga  bog'liq  holda  bu  reflekslarning 
refleksogen  zonalari  toraya  boradi.
Chaqaloqlarda  kaftlarga  tekkanda  ushlab  qolish  refleksi  va 
oyoqning ushlash  refleksi  oyoq  kaftining  oldingi  qismini  q o 'zg 'at- 
gan  paytda  kuchli  namoyon  b o iad i.
Yangi  tu g ilg a n   bolaning  terisi  orqali  og'riqli  va  haroratli 
ta ’sirlarga  reflekslar  (umumiy  va  mahalliy  xarakterga  ega  b o ig a n  
harakat  reaksiyalari)  va  tananing  holatini  o'zgarishiga  boshning 
qo'yilish  labirint  reflekslarini  chaqirish  mumkin.  Yangi  tu g ilg a n  
bolalar shirin.  achchiq  nordon va  sh o 'r ta'm larga juda sezgir b o i a ­
di  va  ularga  emish-surish  harakatlari,  bilan.  ikkinchisiga  yuzini 
burishtirib,  uchinchisiga  og'izlarini  qivshaytirib  va,  nihoyat,  til  va 
lablarini  ch o ‘chaytirib  reaksiya  qiladi.
Tovushli  qo'zg'atuvchilarga  yangi  tu g ilg a n   bolalar  seskanish. 
umumiy  harakat,  nafas  va  yurak  qisqarishlar  chastotasining  o ;zga- 
rishi  bilan  bezovtalanish  tipidagi  umumiy  reaksivalar  bilan javob 
qaytaradi.  Bu  primitiv  holdagi  chamalash  refleksidir.  K o'pchilik 
hollarda  bu  chamalash  refleksi  bolalarning  dastlabki  soatlarida  to ­
vushli  q o 'z g ’atuvchilarga  emish  harakatlarining  to'xtatilishi  shak­
lida javob  beradi.
Yangi  tug'ilgan  bolalar  ko'rish  ta'sirotchilarga  generallashgan 
reaksiya bilan javob qavtarishi. ya'ni  yorituvchi predmet orqasidan 
k o ‘z  bilan  navbatm a-navbat  kuzatib  boradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yangi  tug'ilgan  bolalarning  cham alash  reaksiyalariga  jiddiy 
to'xtalib  o 'tish  zarur.  Bolalar hayotining  dastlabki  kunlaridan turli 
analizatorlarning  qo'zg'atilishi  natijasida  chaqiriladigan reflekslar 
deb  ham  yuritiladi.  Ular  shartli  reflekslar  tipidagi  m oslanish reak- 
siyalarining  y o'q  pavtlaridagi  qo'zg'atishlarning  elemental- tahlili- 
ni  tain in lo v ch i  organizmning  biologik jihatdan  muhim  moslanish 
faoliyati  hisoblanadi.
Dastlab  cham alash  reaksiyalari  umumiy  seskanish  va  bolaning 
mayjud  bo'lgan  harakat  faolligining  vaqtincha to'xtalishi  shaklida 
va  diffuzli  harakat  reaksiyalari  bilan  nafas  olishni  biroz  to'xtashi 
bilan  nam oyon  bo'ladi.
Qator  mualliflarlarning  m a ’lumotlariga  ko'ra,  tug'ilgandan  ke­
yin  1- hafta oxirida va 2- hafta boshida tovush va yorug'likka reak­
siyalar  aniq  chamalash-izlash  xarakterida bo'ladi.
T u gilgan id an   10-12  kun  o 'tgach  atrof-muhit  ta ’siri  ostida  or­
ganizmning rivojlanishi,  chaqaloqning shartli reflekslarini  xarakte- 
rini  o'zgartiradi.  Qator  shartsiz  reflekslarning  refleksogen  zonalari 
torayadi,  ulardan  ko'pchiligi  so'nadi  yoki  o 'z  faoliyatini  o'zgar­
tiradi.  Tug'm a  reflektor  reaksiyalarning  bunday  qayta  qurilishida 
shakllanayotgan  shartli  reflektor  bog'lanishlar  asosiy  rolni  o'y - 
naydi.
Bolalar hayotining birinchi kunlarida nafas olish va ovqat hazmi 
jarayonlari  bilan  b o g iiq   bo'lgan  interoretseptiv  im pulslar  shart­
li  reflektor  aham iyatga  ega  bo'ladi.  Bolalar  hayotining  birinchi 
kunlaridanoq  uni  oziqlantirish  vaqtiga  nisbatan  natural  shartli  ref- 
lekslarning  hosil  b o iish in i  qayd  qilish  mumkin,  bu  holat  bola­
ning  uyqudan  uyg'onish  va  yuqori  harakat  faolligi  bilan nam oyon 
b o ia d i.  M a iu m k i,  bunday  reflekslar  faqatgina  oziqlantirish  tarti- 
biga  qat'iy  rioya  qilingan  paytda  nam oyon  b o ia d i.  Oziqlantirish 
tartibiga  qat'iy  rioya  qilinganida,  chaqaloqlarning  6 -7   kunligida, 
oziqlantirishga  30  daqiqa  qolganida  shartli  reflektor  holda  leykot­
sitlar  miqdorining  ortishi  kuzatiladi,  ularda  ovqatlanishdan  oldin 
gazlar almashinuvi  ortadi.  Ikkinchi  haftaning  oxiriga kelib bolalar­
da  oziqlantirish  uchun  yotqizish  holatiga  nisbatan  em ish-surish
www.ziyouz.com kutubxonasi


harakatlari shaklidagi  shartli reflekslar paydo bo'ladi.  Bu yerda doi­
miy  ravishda  oziqa  bilan  mustahkamlanuvchi  teri.  harakat  va  ves­
tibular  apparatlarning  retseptorlariga  ta'sir  ko'rsatuvchi  kompleks 
q o 'zg'atuvchilar  signal  bo'lib  hisoblanadi.  Bola  hayotining  ushbu 
bosqichida  shartli  q o 'z g ’atuvchilar  sifatida  faqat  interoretseptiv va 
prorioretseptiv  q o ’zg'atishlar  ta'sir  ko'rsatadi.
Shartli  oziqaviy  harakat  reflekslarini  hosil  qilish  uchun  yangi 
tug'ilgan bolaning ona k o ’kragi  bilan oziqlantirilishining boshlani- 
shi  muhim  aham iyatga  ega  bo'ladi.  Agar  chaqaloqni  ona  ko'kragi 
bilan  tu g ’ilganidan  keyin  20-30  daqiqadan  kevinoq  oziqlantirish 
boshlangan  bo'lsa.  teriga  tegishiga  \'a  oziqlantirish  paytida  bosh, 
tana,  q o 'l,  oyoqlar holatining  o'zgarishiga  shartli  oziqa  reflekslari, 
birinchi  2  yoki  3  kecha-kunduzda  oziqlantirishdan  keyin  hosil 
bo'ladi  va  hayotining  ikkinchi  kunidayoq  aniq  ko'rinadi.
Agarda  chaqaloqni  ona  ko'kragiga  tug'ilganidan  12  soat  о ' tib 
taqagan  bo'lishsa.  xuddi  yuqoridagidek  qo'zg'alishlarga  birinchi 
shartli  reflekslar  6-8  kunlari  hosil  bo'ladi.  Bolalarni  tug 'ilg ani­
dan  18-20  soat  o 'tib   ko'krak  bilan  dastlab  oziqlantirilgan  bo'lsa. 
bunday  shartli  reflekslar  faqat  10-12  kundan  keyin  hosil  bo'ldi 
(I.  A.  A rshavskiy).

Download 12,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish