3. 5. 5. Asab tizim ining gigiyenasi
O 'sib kelayotgan yosh avlodning sog'lig 'ini saqlash masala-
si keng m a’nodagi tushuncha bo'lib. o'quvchilarning charchashi,
y a'n i toliqishi va o 'ta charchashining oldini olish vazifasini ham
o ’z ichiga oladi, bu esa, birinchi navbatda. o'quvchining o 'ta toli-
qishiga yo ’l qo'ym aslik bilan bog’liq. Bu masala maktabdagi pe-
dagoglar, tibbiyot xodimlari va ota-onalarning diqqat markazida
turishi lozim. «M aktab kasalliklari» deb ataluvchi kasalliklarning
oldini olish hozirgi vaqtda o'quvchilar tarbivasi bilan shug'ulla-
nuvchi har bir shaxsning kundalik
aso siy
vazifalaridan biridir.
Zam onaviy o'qitish jarayoni. o ’quvchiga axborot berishning
yangi shakl va usullarini qo'llam oqda, ya'ni bilim berishning sa-
maradorligini oshirishiga qaratilgan texnika vositalari va yangi
innovatsion texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Natijada
o'quvchining darsdagi faoliyatini bir muncha faollashtirishga eri-
shildi.
Shuni ta ’kidlash kerakki, hozirgi zamon sharoitida maktab
o'quvchisiga maqbul o'q uv yuklamasini belgilash muhim dolzarb
vazifa hisoblanib, birinchidan. o'q uv rejasida belgilangan bilimlar-
ni o ’quvchi tomonidan to 'lich a o'zlashtirishni ko'zda tutsa. ik-
kinchidan, o ’quvchining o 'z shaxsiy ehtiyoji uchun ham yetarli
vaqt ajratiladi. Eng muhimi. o'quvchining jism oniy rivojlanishiga,
ish faoliyatiga va salom atligiga salbiy ta'sir etuvchi omillarning
oldi olinadi.
O 'quv yuklam asining pedagogik va gigivenik jihatlarini o 'rg a
nish. toliqishning oldini olish y o ’llarini izlab topish pedagogika
106
www.ziyouz.com kutubxonasi
fani va maktab o'qituvchilari oldida turgan muhim m asalalardan
biri hisoblanadi.
Odam organizmining barcha to'qim a va a ’zolaridagi hayotiy
jarayonlar. ularning ishi markaziy asab tizimi tom onidan boshqa-
riladi.
Odam tug'ilganidan boshlab uning butun umri davomida baja-
radigan aqliy va jism oniy faoliyatining takomillashuvi. y a ’ni tarbi-
yalanishi. bilim oiishi, hunar o ‘rganishi miya po'stlog'idagi asab
markazlarining funksional holatiga bog'liq.
Asab tizim ining faoliyati ikki xil sababga ко т а susayishi mum-
kin. Birinchidan, asab to'qim alaridagi tu g'm a kamchiliklar, tu g ‘il-
gandan keyin har xil kasalliklar, shikastlanishlar oqibatida asab
faoliyatining pasayishi; ikkinchidan, asabning funksional kasal
liklari, y a’ni gigiyenik talablarga rioya qilmaslik natijasida tizim-
ning zo'riqishidan nevroz, y a ’ni asab kasalliklari paydo bo'lishidir.
K o'pincha ota-onalar va o'qituvchilar o'quvchi xulqida va ho-
latida aqliy charchash alomotlarini sezsalarda, e'tibor bermaydilar,
chunki bu o'zgarishlar, vaqtinchalik boTib, tez o 'tib ketadi deb
o'ylashadi. Lekin bular bolada boshlanyotgan sur unkali charchoq-
likning birlamchi belgilari boMib, «astenik sindrom» deb ataladi
va bu kasallik markaziy asab tizimi faoliyati buzilishining bir turi
hisoblanadi. K asallik belgilarning paydo bo'lishi va kechishi dara-
jasiga qarab. astenik sindrom shartli ravishda bir necha bosqichga
ajratiladi.
Birlamchi - giperstenik bosqichda serzardalik, o 'ta ta ’sirchanlik,
o ‘zini tuta bilmaslik, besabrlik kabi belgilar paydo b o ia d i. Bolalar
faol b o iish a d i. ammo ularning faoliyatida tartib bo'lm aydi. Ular
tinimsiz boMib, biror ishni oxirigacha diqqat-e’tibor bilan bajara ol-
maydilar, ozgina muvaffaqiyatsizlik ular faoliyatini izdan chiqarib
vuboradi. Ular qiynalib uvquga ketishadi, bezovta uxlashadi, k o ‘p
tush k o ‘rishadi.
Agar o 'z vaqtida chora ko'rilib. kasallik sabablari bartaraf etil-
masa, kasallik kuchayib, ikkinchi bosqichga o'tib ketadi. Bunda
o ‘ta ta ’sirchanlik va jizzakilik, toliqish bilan birga kechadi. Bola-
www.ziyouz.com kutubxonasi
ning ish faoliyati kuchli boshlanib, birdan pasayib ketadi. Jahldor-
lik. yomon kayfiyat va odamovilik bilan almashinadi. Bunda
o'quvchi yozgan paytida boshqalarga nisbatan gramm atik xatolarni
ko'proq qiladi. B a'zida duduqlanish. kamgaplik. tunda siydik tuta
olmaslik. ya'ni enurez holatlari yuzaga chiqadi. Bundan tashqari,
so ’zlardagi harflarni ham tushirib qoldiradi. yangi materialni qivin
o'zlashtiradi, lanjlik va bosh og'rish o'quvchi ish faoliyatini susay-
tiradi. Bunday holatlar paydo b o ; 1 ishiga ko'pincha o 'tk ir yuqumli
kasallar bilan og'riganlik, ichki a'zolarning surunkali kasalliklari.
bahor va qish fasllarida bola va o'sm irlar organizmida vitamin
yetishmasligi, o'quv yuklamasining ortib ketishi kabi omillar sa
bab bo'ladi. Albatta. k o 'p narsa maktab va oiladagi ruhiy muhitga
bog'liq. Oilada ota-onalar o'rtasidagi janjallar, ichkilikbozlik, bo-
laga nazoratsizlik, oilalarning buzilib ketishi. bolalar va o'sm irlar
asab tizimi faoliyatining izdan chiqishiga sabab bo'lsa. maktab va
litsevlarda o'qituvchi bilan o'quvchi, talaba o'rtasidagi yoki o 'q u v
chi va talabalarning o'zaro kelishm o\chi 1 iklari, o ’quvchilarning
o'qituvchidan qo'rqib qolishi. bu kasallikning yuzaga chiqishiga
turtki b o ia d i.
Asab tizim iga b o g iiq bo'lgan bunday negativ holatlarni yo'qo-
tish uchun ota-onalar, shifokorlar va pedagoglar birgalikda ish olib
borishi. uni yuzaga keltirgan sabablarni bartaraf etishga harakat
qilishi ari kerak. Buning uchun maktabda dars jadvallari va o'quv
vuklamalari bolaning yosh xususiyatini hisobga olgan holda tu-
zilishi, o'quvchilar vitaminlarga boy, yuqori kaloriyali ovqatlar
iste'm ol qilishi, faol dam olishi. sof havoda sayr qilishi, tonusni
kuchaytiradigan achchiq choy. kofe ichmasliklari kerak. O 'qituv-
chilar o'quvchilar bilan. ularning xarakterini. hisobga olgan holda
muom ala qilishlari kerak.
Maktab o'quvchilari va litsey talabalari asab tizim ida bunday
kamchiliklarning yuzaga kelmasligi uchun 3 -4 soatdan keyin yoki
dars oxirida o'quvchilar uvga kelgandan keyin ularni dam oldirish
katta aham iyatga ega.
Shuni unutmaslik kerakki. aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchi-
www.ziyouz.com kutubxonasi
larda zo'riqish alomatlari boshqalarga nisbatan ko'proq uchraydi va
bu harakat faolligi (gipodinamiya) kam aygan sharoitda yorqin na
moyon bo'ladi. Bu holat emotsional zo'riqish bilan birga qo'shilib,
ko'pincha yurak-qon tomir kasalliklariga, asab va endokrin tizi
mi faoliyatining buzilishiga olib keladi. Bolalar va o'sm irlarning
shakllanayotgan yosh organizmi, ayniqsa, aqliy zo ‘riqish asoratla-
riga o 'ta sezgir bo'ladilar.
Bilim berishning amalda q o ilanilayotgan hozirgi o ‘quv dastu-
ri o'quvchining yuksak bilim olishiga va faol fikrlash jarayoniga
m o ijallan g an b o iib . bolalar va o ’smirlardan kuchli aqliy emotsio
nal mehnatni talab qiladi. O 'tkazilgan tadqiqotlarning koi*satishi-
cha. o'qishning og'irligi o ‘quvchilar salom atligiga salbiy ta ’sir
ko'rsatadi. shuningdek, asab buzilishi. xulq-atvorda beqarorlik alo-
matlari paydo bo'lishiga olib keladi.
Aqliy mehnat (o'qish, yozish, fikrlash. masala yechish, dars
tinglash va tayyorlash va hokazolar), asosan, k o ’rish, eshitish.
a ’zolari va ularning bosh miya po'stlog'idagi markazlarining asab
hujayralarini bajaradigan ishidir.
Shunday ekan. o'quvchilar aqliy mehnat gigiyenasining
zarur
shartlarini: kun tartibiga rioya qilish, jism oniy tarbiya va sport bi
lan shug'ullanish, o'quv va o ’qishdan tashqari m ashg’ulotlar uchun
sharoit yaratish, bir faoliyatni ikkinchisi bilan almashtirib turish,
spirtli ichimliklar ichmaslik, chekmaslik, zararli odatlarga beril-
maslik va hokazolarni ongli ravishda bajarishga harakat qilishlari
zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |