Fiziologiya


- jadval. Jigar va o`t pufagidan olingan o`tning ximiyaviy tarkibi



Download 1,6 Mb.
bet21/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

5- jadval. Jigar va o`t pufagidan olingan o`tning ximiyaviy tarkibi.

Moddalar

Jigardan olingan o`tda, g\l

O`t pufagidan olingan o`tda, g\l

Quruq modda

23 – 33

180

Azot

0,8

4,9

Xolin

0,4 – 0,9

5,5

O`t kislotalari

7 – 14

115

Leysetin

1,0 - 5,8

35

Xolesterin

0,8 – 2,1

4,3

Oqsil

1,4 – 2,7

4,5

Bilirubin

0,3 – 0,6

1,4

O‘t gepatotsitlarda uning tarkibiy qismini tashkil qiluvchi moddalarning sintezlanishi va o‘t yo‘llari devori orqali ba'zi moddalar va suvning faol va sust tashilishi hamda qayta so‘rilish jarayonlari natijasida hosil bo‘ladi. Me’da va ingichka ichakda ovqat bo‘lmasa, o‘n ikki barmoq ichakka o‘tning chiqishi to‘xtaydi va u o‘t pufagida to‘plana boshlaydi. O‘t pufagining shilliq pardasi o‘tdan turli moddalar va suvni so‘rish hamda ba'zi moddalarni o‘tga ajratish qobiliyatiga ega. Shuning uchun o‘t pufagiga tushgan jigar o‘tining tarkibi sezilarli darajada o‘zgaradi.


Jigar va pufak o‘t safro tarkibi o‘ziga xos. Jigar o‘tining pH 7,3-8,0 ga, o‘t pufagida saqlangan o‘tning pH 6,0-7,0 ga teng. Bunga sabab pufakda o‘t tarkibidagi gidrokarbonatlar so‘rilishi va o‘t kislotalari tuzlari hosil bo‘lishidir. Jigar o‘ti suyuq, oltinga o‘xshash sariq rangga ega (solishtirma og‘irligi 1,008-1,015), pufakda saqlangan o‘t suv va mineral tuzlarning qayta so‘rilganligi tufayli quyuqlashadi (solishtirma og‘irligi 1,026-1,048). U hazm shirasi bo‘lgani bilan fermentativ faolligi yuqori emas. O‘tda uchraydigan ishqoriy fosfataza va boshqa fermentlarning faolligi juda ham past va amaliy ahamiyatga ega emas. Ammo o‘t-safro noferment tabiatli organik moddalarga juda boy.
Jigar o‘tidagi quruq moddaning yarmini va pufak o‘ti quruq moddasining 65% ini o‘t kislotalari tashkil qiladi. O‘t kislotalari xolesterindan hosil bo‘ladi. Shu kungacha ma'lum bo‘lgan 30 ta o‘t kislotasidan odam o‘tida asosan xoldezoksixol, xenodezoksixol va litoxol kislotalar uchraydi. Bu kislotalarning ko‘pchiligi taurin, glitsin va sulfat kislota qoldig‘i bilan bog‘langan. O‘t kislotasi faqat gepatotsitlarda sintezlanadi. Xol va xenodezoksixol kislotalar ham jigarda sintezlanadi. O‘t tarkibida uchraydigan boshqa o‘t kislotalari yo‘g‘on ichakda mikroblarning faoliyati natijasida ana shu birlamchi o‘t kislotalaridan hosil qilinadi. Odam o‘tining asosiy ikkilamchi o‘t kislotalariga dezoksixol va litoxollar kiradi. O‘t-safrodagi o‘t kislotalari turg‘un mitsellalar hosil qilib, lipid zarrachalari bilan kompleks hosil qiladi. Bu kompleksga o‘tning boshqa tarkibiy qismlari - bilirubin, xolesterin, letsitin (fosfatidilxolin), yog‘ kislotalari va oqsillar kiradi.
Odamlarda asosiy o‘t pigmenti bilirubin qizg‘ish-sariq rangga ega. Bilirubin oksidlanishi natijasida ichaklarda hosil bo‘luvchi ikkinchi pigment biliverdin zangori rangga ega. O‘t tarkibiga fosfolipidlar, o‘t kislotalari, xolesterin, oqsil va bilirubindan iborat bo‘lgan birikmalar majmuasi bor. Bu birikmalar ichakda lipidlarning tashilishi, ularning ichak jigar orasida aylanib yurishi va umumiy modda almashinuvida katta ahamiyat kasb etadi. O’t pigmentlaridan bilirubin qizil sargish rangli, biliverdin juda oz bo’lib, yashil ranglidir.Bu pigmentlar jigarda gemoglobin parchalanishi maxsulotlaridan bir kecha-kunduzda 100-250mg hosil bo’ladi va ekskrestiya qilinadi. Ular hazm jarayonida ishtirok etmaydi, balki yo’g’on ichak mikroblari tomonidan uroblinogenlarga aylantiriladi. Urobilinogenlarning bir qismi yo’g’on ichakda oksidlanib, sterkobilin shaklida najas bilan chiqarib tashlanadi. Qolgan qismi qonga so’riladi va siydik bilan urobilin shaklida ajratiladi. Najas va siydikning rangi sterkobilin va urobilinga bog’liq
Xolerez (o‘t hosil bo‘lishi) va xolikinez (o‘t ajralishi) jarayonlari ingichka ichakning motor va sekretor faoliyatini, enterotsitlar proliferatsiyasi va ko‘chib tushishini kuchaytiradi. O‘t kislotaliligini kamaytirish va pepsin faolligini yo‘qotish orqali o‘n ikki barmoq ichakka tushgan me’da shirasi ta'sirini to‘xtatadi. O‘t bakteriostatik ta'sirga ham ega. Yog‘da eruvchi vitaminlar, xolisterin. aminokislotalar va kalsiy tuzlarining ichakda so‘rilishida o‘tning ahamiyati katta. Xolestirin o’t tarkibida erigan holda bo’ladi.Uning bir qismi o’t kislotalariga aylanadi. Organizmda xolestirin miqdori ko’paysa, uning o’t kislotaga aylanishi tezlashadi. Qonda xolesterin miqdorining ko’payishi aterosklerozga yoki o’t yo’llarida tosh hosil bo’lishiga olib keladi
O‘tning asosiy tarkibiy qismi - o‘t kislotalari gepatotsitlarda sintezlanadi. Ingichka ichakdan o‘t kislotalarning 85-90 % qayta so‘riladi. So‘rilgan o‘t kislotalar darvoza venasi orqali qayta jigarga tushadi. Qolgan 10-15 % o‘t kislotalari organizmdan axlat massalari tarkibida chiqib ketadi. Bu holat gepatotsitlarda yangi o‘t kislota molekulalarining sintezlanishi bilan to‘ldiriladi. Umuman o‘tning hosil bo‘lishi moddalarning (suv, glyukoza, kreatinin, elektrolitlar, vitaminlar, gormonlar ba boshqalar) faol va passiv transporti tufayli, hujayra va hujayraaro kontaktlar orqali turli komponentlarining faol sekretsiyasi va suv hamda qator moddalarning kapillarlardan qayta so‘rilishi natijasida amalga oshiriladi. O‘tning hosil bo‘lishida yetakchi rolni uning sekretsiyasi o‘ynaydi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish