QON OQISHNING TO’XTASHI (GEMOSTAZ) Qonning ivishi – suyuq holatdan jelesimon lahtaga aylanishi organizmning
qon yo’qotishga to’sqinlik qiladigan muhim biologik himoya reaksiyasidir.
Sog’lom odamda mayda qon tomirlar jarohatlanganda qon oqishi 1-3
minutda to’xtaydi. Bu birlamchi gemostaz bo’lib, uning quyidagi bosqichlari
tafovut qilinadi: 1) shikastlangan tomirlarning reflektor torayishi (spazm). Qon
tomirlarning torayishini serotonin va katexolaminlar ta’minlaydi. 2)
trombotsitlar adgeziyasi, ya’ni manfiy zaryadga ega trombotsitlarning
shikastlanish natijasida zaryadi musbat bo’lib qolgan qon tomir devoriga
yopishishi. 3) tormbotsitlarning qaytar agregatsiyasi. Bunda hosil bo’lgan
trombotsitar tromb o’zidan qon plazmasini o’tkazib yuboradi lekin shaklli
elementlarni o’tkazmaydi. 4) trombotsitlarning qaytmas agregatsiyasi. Endi
tormb qon shaklli elementlarini ham plazmani ham o’tkazmaydi. 5) lahta
retraksiyasi.