ventilyatsiyasi ortadi. Markaziy Osiyo hududida
yozda havoning juda isib
ketishi giperventilyatsiya paydo qiladi. Bu giperventilyatsiya
tana harorati
barqarorligini saqlashga qaratilgan reaksiyaning bir qismidir.
Issiq haroratda
hansirash ter bezlari bo’lmagan hayvonlarda (masalan, itda)
yaqqol namoyon
bo’ladi. U tez-tez yuza nafas olib, tilidan va og’iz bo’shlig’idan so’lakdagi suvni
ko’plab bug’lanishiga va shu yo’l bilan issiqlik yo’qotilishiga erishadi.
Sovqotish natijasida tana haroratining biroz pasayishi ham o’pka
ventilyatsiyasini ko’paytiradi. Bu ko’payish, bir tomondan, teri retseptorlaridan
refleks yo’li
bilan yuzaga chiqsa,
ikkinchi tomondan,
modda almashinuvining
jadallashishiga bog’liq. Ammo tana harorati sezilarli
pasaysa va gipotermiya
holati rivojlansa, nafas markazi tormozlanib, nafas sustlashib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: