TIZIM QON AYLANISHINING BOSHQARILISHI
Yurak va qon tomirlarning asosiy vazifasi qon aylanishini ta’minlab turishga
zarur bo’lgan bosim farqini ta’minlashdan iborat. Bunga organizm bir-biriga
bog’liq bo’lgan periferik qarshilikni va yurakdan otilib chiqadigan qon
miqdorini o’zgartirish yo’li bilan erishadi.
Qon aylanishining sharoit o’zgarishlariga moslashishini vujudga kelishi
tezligiga qarab, uch guruhga bo’lish mumkin: 1) qisqa muddatli mexanizmlar; 2)
davomiyligi o’rtacha mexanizmlar; 3) uzoq davom etuvchi mexanizmlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |