Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 
To‘r parda.
Ko‘zning ichki pardasi - to‘r parda juda ham murakkab 
tuzilgan bo‘lib, tashqi qavati pigment hujayralardan iborat. Bu hujayralardagi 
fustin pigmenti, qora rangli bo‘lganidan, ko‘zni ichiga tushgan nurlarni 
qaytarmaydi, ko‘rishni ravshan bo‘lishini ta’minlaydi. Pigment hujayralarning 
o‘siqlari, keyingi qavatidagi kolbachalar va tayoqchalarning nurga sezgir 
bo‘g‘imchalarini qamrab olgan bo‘lib, ular fotoretseptorlarning modda 
almashinuviga aralashishida va ko‘ruv pigmentlari sintezida qatnashadi. To‘r 
pardaning ikkinchi qavatida fotoretseptor hujayralar - kolbachalar va tayyoqchalar 
joylashgan. Bu hujayralar ikki qismdan tuzilgan. Tashqi qism nurga sezgir 
bo‘g‘imchalardan, yadro, mitoxondriya va boshqa tuzilmalarga ega bo‘lgan hamda 
retseptor hujayralarning energetik jarayonlarini ta’minlovchi ichki segmentdan 
tashkil topgan. Ikki turdagi fotoretseptorlarning, nurga sezgir bo‘g‘imchalari 


191 
tuzilishida o‘xshashlik bor. Tayyoqchalarning nurga sezgir qismi ustma-ust 
taxlangan, diametri 6 mk atrofida, soni 400-800 atrofida bo‘lgan disklardan iborat. 
Disklar, hujayralarning membranasi kabi, ikki monomolekulyar lipid qavatlardan 
va ularni ikki tarafdan qoplagan oqsil qavatlardan taShkil topgan. Ko‘ruv pigmenti 
rodopsin tarkibiga kiradigan retinollar oqsil qavat bilan bog‘langan. 
Kolbachalarning tashqi segmentida, membrana disklar emas, balki burmalar hosil 
qiladi. Fotoretseptor hujayralarning ichki va tashqi segmentlarini membrana ajratib 
turadi. Bu membranani, ichki segmentdan tashqi segmentga 16-18 ta ingichka 
fibrillalardan iborat tutam teShib o‘tgan. qo‘zg‘alishni biopolyar hujayralarga 
o‘tkazuvchi o‘siq ichki segmentda tugaydi. Odamning ko‘zida 6-7 mln kolbacha 
va 125 mln tayoqchalar bor. Fotoretseptorlar to‘r pardada bir tekis 
taqsimlanmagan. Markaziy chuqurchada faqat kolbachalar, to‘r pardaning 
chetlarida esa faqat tayyoqchalar joylashgan. Tayyoqchalar, nomozshomda g‘ira-
shira nurlarni qabul qiliShga moslashgan retseptorlardir. Ularning faoliyati 
shikastlansa, odam g‘ira-Shirada mutlaqo ko‘rmaydi, kunduzi esa ko‘rish 
qobiliyati to‘liq saqlanadi. Bu Shapko‘rlik vitamin A yetishmasligidan kelib 
chiqadi. Kolbachalar yuqori yorug‘likda faollik ko‘rsatib, rang ko‘rishni 
ta’minlaydi. Tunda faol hayot kechiradigan hayvonlardan biri, boyqush ko‘zining 
to‘r pardasida deyarli yolg‘iz tayoqchalar uchrasa, kunduzi faol hayot kechiradigan 
hayvonlarda, masalan, tovuq, kaltakesak va toshbaqalarda faqat kolbachalar 
uchraydi. Kolbachalarning sezgirligi tayoqchalarnikiga nisbatan bir necha marta 
pastligi sababli, g‘ira-shirada asosan tayyoqchalar faollik ko‘rsatadi. Ammo 
tayoqchalar ranglarni qabul qilishga molslashmaganligi sababli, odam g‘ira-shirada 
ranglarni ko‘ra olmaydi.Ko‘zda nurlar sindirilishining uchta asosiy anomaliyasi 
(refraksiyasi) mavjud: faqat yaqindan ko‘rish yoki miopiya, faqat uzoqdan ko‘rish 
yoki gipermetropiya va qarilik tufayli faqat uzoqdan ko‘rish yoki presbiopiya. 
Ko‘z defektlarining umumiy asosiy prinsipi Shundan iboratki, ko‘z kosasining nuri 
sindirish kuchi va uzunligi ko‘zning normal ko‘rishdan farqli o‘laroq o‘zaro 
mutanosib bo‘ladi.


192 
Xozirgi kunda ko‘z kasalliklari bilan bog‘liq jarayonlar oftalmologlar 
tomonidan muvaffaqiyatli ravishda xal qilinmoqda. Bunda zamonaviy usullarni 
qo‘llash muxim ahamiyatga ega. Bunday usullardan biri flyuorissent angiografiya 
usulidir. Bu usul yordamida ko‘z tubi to‘r pardasidagi kapilyarlar va qon tomirlar 
xolatini o‘rganish imkoniyatini beradi. Ko‘z ultratovush taxlili usuli yordamida esa 
bemorning ko‘z strukturasi va uning atrofidagi to‘qimalar xolatini o‘rganish 
muxim diagnostik ahamiyatga ega. Yana bir muxim ahamiyatga ega bo‘lgan 
usullardan biri ko‘z shox pardasi topografiyasi usulidir. Bunday zamonaviy 
usullardan foydalanib oftalmologlar ko‘z to‘r pardasi kasalliklari, gloukoma va 
bolalardagi neyro-oftalmologik muammolarni ijobiy xal qilmoqdalar.

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish