Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan


Membrananing harakat potensiali



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Membrananing harakat potensiali.
Asab 
va 
mushak 
hujayralarining 
qo‘zg‘alishi paytida paydo bo‘lgan, membrana potensialining keskin to‘lqinlanib 
sakrash holati (spayk) membrananing harakat potensiali deb ataladi. Uning asosida, 
ta’sirchi ma’lum bir kritik nuqtaga yetgan paytida, membrananing natriyli (va 
kaliyli) kanallari o‘tkazuvchanligini, avvalgi holatiga qaytuvi (keskin o‘zgarishlari) 
yotadi. Harakat potensiali membrananing juda qisqa vaqt davom etuvchi qarama - 
qarshi qutblanishidan iborat. Tola yoki hujayra membranasining qo‘zg‘algan 
qismini ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan musbat zaryadga ega bo‘ladi. Tabiiy 
sharoitda, harakat potensiali membrananing ma’lum bir nuqtasida vujudga kelib, 
shu yerdan tarqala boshlaydi. U tez ko‘tariluvchi va sekinroq pastga tushuvchi 
to‘lqin shakliga ega. Egri chiziqning ko‘tariluvchi qismi, membrana potensialining 
manfiylikdan musbat holatga o‘tishini ko‘rsatadi. Tinchlik holatda -70 mV bo‘lgan 
asab tolasining membrana potensiali 0,2 - 0,5 ms davomida 

110 mV ga 
ko‘tariladi. Bu, harakat potensialining depolyarizatsiya bosqichi bo‘lib, u odatda, 
membrananing manfiy zaryadi yo‘qolishi bilan cheklanmaydi. Membrana 
potensiali elektroneytral chiziqdan o‘tib, musbatlashadi. Egri chiziqning bu qismini 
overshut (nishondan o‘tib ketish) deb ataladi. Depolyarizatsiya cho‘qqiga 


150 
yetganida, membrananing musbat zaryadi 30-40 mV ni tashkil qiladi va uni 
depolyarizatsiyasining umumiy miqdori 100-110 mV ga teng bo‘ladi. Bundan 
keyin repolyarizatsiya bosqichi boshlanadi, membrananing potensiali asli xoliga 
keladi (ilova: 58-rasm). 
Ayrim asab va mushak tolalarida repolyarizatsiyaning oxirgi qismi ancha 
cho‘ziq bo‘ladi. Bu chiziq repolyarizatsiya boshlanib, taxminan 1 ms o‘tgach 
bukiladi va potensialning tiklanishi sekinlashadi. Boshqa bir xil tolalarda egri 
chiziqning repolyarizatsiya qismi tez pastga tushib, tinchlik potensiali darajasidan 
o‘tib ketadi. Bu paytda, membrananing potensiali tinchlik potensialiga nisbatan 
manfiyroq bo‘ladi. Egri chiziqning bu qismini ifodalaydigan potensial - 
giperpolyarizatsion iz potensiali deyiladi. Ba’zi bir qo‘zg‘aluvchan tolalarda iz 
potensialining depolyarizatsiya qismi ham kuzatilishi mumkin. Asab va 
ko‘ndalang-targ‘il mushak tolalarining harakat potensiali 0,1-5 ms ga teng bo‘ladi. 
Harakat potensialining generatsiyasi "bor yoki yo‘q" qoidasiga asosan sodir 
bo‘ladi. U faqat qo‘zg‘alishning bo‘sag‘a kuchi paytida paydo bo‘ladi va darhol 
maksimal kattalikka erishadi. Lekin, ta’sir nuqtasida harakat potensialini paydo 
bo‘lishidan oldin membrana potensialining bo‘sag‘a kuchidan oldingi faol 
o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. Muhim xususiyatlarga, ya’ni latent davri bo‘lmagan 
ta’sirchining kuchiga bog‘liq bo‘lgan va tola bo‘ylab asab to‘qimasida harakat 
potensialining paydo bo‘lishi va membrana zaryadining tarqalmaydigan 
xususiyatlarga ega bo‘lgan generatorli potensial vujudga keladi. Asab va mushak 
hosilalarda generatorli va harakat potensiallarining paydo bo‘lish joylari bir-
biridan alohida bo‘lingan bo‘ladi. 
Membrana potensiali depolyarizatsiya natijasida bo‘sag‘a darajasiga yetib 
borganda (asab hujayrasida taxminan 50 mV), ionlar kanalining "darvozasini" 
ochadigan va yopadigan potensialga bog‘liq bo‘lgan oqsilli molekulalarning 
konformatsiyasi o‘zgaradi. Avvaliga hujayra ichidagi muhit potensialining, ya’ni 
depolarizatsiya darajasining ortishi bilan natriyli kanallarning o‘tkazuvchanlik 
qobiliyati keskin ortadi. Shuning uchun ham, musbat zaryad tashuvchi ma’lum 
miqdordagi Na

ionlarining hujayra ichiga o‘tishi, natriyli kanallarning 


151 
o‘tkazuvchanlik qobiliyatini yanada kuchaytiradi. Shunday qilib, Na

ionlarining 
uncha katta bo‘lmagan miqdordagi birlamchi ko‘payishi, to‘lqin kabi birdaniga 
ko‘payish jarayoniga olib keladi. Natijada, membrananing Na

uchun 
o‘tkazuvchanligi maksimal darajaga borib yetadi (taxminan 500 martaga) va uning 
K

uchun o‘tkazuvchanligidan 20-30 marta ortiq bo‘ladi. Harakat potensialining 
paydo bo‘lishi kalmarning gigant aksonida o‘rganilganda, membranasining har bir 
kvadrat mikron yuzasida 20 ming natriy kationlari ichkariga o‘tishi va shuncha 
kaliy kationlari tashqariga chiqishi kuzatilgan. Bu miqdor aksondagi ionlarning 
umumiy miqdoriga nisbatan juda ham oz. Lekin, tabiiy sharoitda, asab tolalaridagi 
impulslar chastotasi yuqori (1 soniyada 100-150 impuls) bo‘lib, davomli ta’sirlash 
membrana atrofidagi ionlar miqdoridagi farqning yo‘qolishiga olib kelishi 
mumkin. Tirik hujayralarda bu farq saqlanib qoladi, chunki qo‘zg‘alish natriy-
kaliy nasosining faolligini oshiradi. Nasosning faollanishi protoplazmada natriy 
kationining miqdorini ko‘payishiga bog‘liq. Nasos ishining tezlashishi natijasida 
natriy kationi hujayradan tashqariga, kaliy kationi esa ichkariga o‘tkaziladi. 
Natijada, ionlar miqdorining membrana atrofidagi farqi tiklanadi. o‘tkazish, faol 
tashish mexanizmi asosida sodir bo‘lgani uchun energiya sarfi oshadi, makroergik 
fosfatlar parchalanishi va qayta sintezlanishi tezlashadi, issiqlik ajralishi ko‘payadi 
va h.k. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish