Kanalchalardagi reabsorbsiya.
Kanalchalar - ingichka uzun naychalar
bo‘lib,suv va unda erigan bir qator moddalar undan o‘tayotganida qaytadan
so‘riladi, ya’ni reabsorbsiyalanadi. Odam buyragida bir kecha-kunduzda 180 l
116
atrofida birlamchi siydik (ultrfiltrat) hosil bo‘ladi, undan ajratilib chiqarib
Yuboriladigan siydik esa, 1-1,5 l ni tashkil qiladi, qolgan suyuqlik kanalchalarda
reabsorbsiyalanadi. Demak, kanalchalarda moddalarni qayta so‘rilishini
ta’minlaydigan tizimning asosiy vazifasi - hayot uchun zarur bo‘lgan barcha
moddalarni etarli miqdorda qonga qaytarishni, moddalar almashinuvining yakuniy
mahsulotlarini, toksik va begona birikmalarni, fiziologik jihatdan qimmatli
moddalarning ham ortiqcha miqdorini ekskretsiya qilishdan iborat. Koptokchalarda
gormonlarni va bir qancha boshqa fiziologik faol moddalarni filtrlanishi muhim
ahamiyatga ega, chunki ular reabsorbsiya jarayonida faolsizlanadi, ularning
komponentlari
esa
qonga
qaytariladi
yoki
organizmdan
chiqarib
yuboriladi.Filtratdagi glukoza, oqsil, peptid, aminokislota va vitaminlar nefronning
proksimal qismida deyarli to‘la reabsorbsiyaga uchraydi. Nefronning boshqa
qismlarida organik moddalar so‘rilmaydi, faqat suv va ionlar reabsorbsiyalanadi.
Qayta so‘rilayotgan moddalar kanalchalarni qoplagan hujayralarning bo‘shliqqa
qaragan luminal va asosiy yoki yon (lateral) membranalaridan o‘tishi kerak.
Luminal membranada ko‘pchilik moddalar uchun tashuvchilar va ion kanalchalari
joylashgan, ular moddalarning hujayra ichiga kirishini ta’minlaydi. Bazolateral
membranada natriy, kaliy-ATFaza, kalsiy-ATFaza va ba’zi organik moddalarning
tashuvchilari joylashgan. Ular moddalarni hujayradan tashqariga chiqarilishini,
qonga o‘tishini ta’minlaydi.
Glukoza reabsorbsiyasi.
- Bir kechayu-kunduzda odamning buyraklarida
989,8 mmol glukoza filtrlanadi va deyarli hammasi kanalchalarning proksimal
segmentida qayta so‘riladi. Glukoza apikal (lyuminal) membranada tashuvchi
bilan birikadi, tashuvchi shu vaqtning o‘zida natriy kationini ham biriktiradi
(filtratdan) va hosil bo‘lgan yig‘indi membranadan o‘tish xususiyatiga ega bo‘ladi.
Natijada, ayni bir vaqtning o‘zida natriy va glukoza sitoplazmaga o‘tadi.
Membrananing glukoza uchun o‘tkazuvchanligi bir taraflama bo‘lganligi sababli, u
glukozaning kanalcha bo‘shlig‘iga qaytib o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Glukoza
tashuvchidan ajralib, sitoplazma orqali bazal membranaga etib keladi va undan
engillashgan diffuziya yordamida o‘tadi. Apikal membranada glukozaning
117
tashuvchisi uncha ko‘p bo‘lmaganligi uchun, qondagi glukozaning miqdri 10
mmol
l gacha etganda (me’yorda o‘rtacha 5 mmol
l ga teng), u, siydik bilan chiqa
boshlaydi. Qonda, ayni vaqtda filtratda ham glukoza miqdori 10 mmol
l bo‘lganda
apikal membranadagi tashuvchining hammasi ishga tushadi va reabsorbsiya tezligi
boshqa oshmaydi. Tashuvchilarning etishmovchiligi sababli, glukoza to‘la qayta
so‘rilmay siydikda qolib ketadi.
Oqsil va aminokislotalar reabsorbsiyasi
. Birlamchi siydikka o‘tgan oz
miqdordagi oqsillar ham, kanalchalarni qoplagan epitelial hujayralar tomonidan
qaytadan o‘zlashtiriladi.Bu oqsillar, avval lyuminal membranada adsorbsiyalanadi,
so‘ngra membrana, hujayraning ichki tomoniga bo‘rtadi va pinotsitoz vakuola
hosil bo‘ladi. Vakuolalar hujayraning bazal qismi tomoniga siljiydi va plastinkali
majmua (Golji apparati) lokallashgan yadro atrofidagi sohada, Yuqori proteolitik
faollikka ega bo‘lgan lizosomalar bilan qo‘shiladi. Lizosomal proteolitik enzimlar
vakuolaga o‘tib, qolgan oqsillarni aminokislotalarga parchalaydi va amino-
kislotalar bazal membrana orqali qonga o‘tadi. Koptokchalarda filtrlangan erkin
aminokislotlar, proksimal kanalchada deyarli butunlay qonga so‘riladi. Ularning
apikal membrana orqali tashilishi ham natriy kationining tashilishiga bog‘liq. Turli
guruhdagi aminokislotalarning faol tashilishini faqat to‘rt xil tashuvchilar bajarishi
mumkin. Ulardan biri, asosli aminokislotalar - lizin, arginin va ornitinlarni tashisa,
ikkinchisi, kislotali aminokislotalar - asparagin va glyutamin kislotalar uchun
tashuvchi vazifasini bajaradi, uchinchisi, neytral aminokislotalar - glisin, prolin va
gidroksiprolinlarning faol tashilishini ta’minlaydi, qolgan aminokislotalarni -
to‘rtinchi tashuvchi membranadan o‘tkazadi. Buyrak kanalchalarida dipeptid va
tripeptidlarning parchalanmasdan qayta so‘rilishi mumkinligi aniqlangan.
Elektrolitlar reabsorbsiyasi.
Elektrolitlarning qayta so‘rilishiga nefron
hujayralari anchagina energiya sarflaydi. Odamning buyraklarida bir kechayu-
kunduzda 24330 mmol natriy, 19760 mmol xlor, 4888 mmol bikarbonat filtrlansa,
siydik tarkibida faqat 90 mmol natriy, 90 mmol xlor va 2 mmol dan kam
bikarbonat chiqariladi. Natriy kationining qayta so‘rilishi, birlamchi faol jarayon
bo‘lib, energiyaning asosiy qismi bu jarayonga sarflanadi. Natriy kationini
118
tashilishida natriy-kaliy ATFaza yetakchi rol o‘ynaydi. Natriy kationining uchdan
ikki qismi proksimal kanalchada qayta so‘riladi. Boshqa ionlar ham nefronning shu
qismida reabsorbsiyaga uchraydi. Bu kanalcha devorining o‘tkazuvchanligi suv
uchun yuqori bo‘lganligi uchun, elektrolitlar ketidan suv qaytadan so‘riladi va
kanalcha bo‘shlig‘idagi suyuqlikning osmotik bosimi plazma osmotik bosimiga
teng bo‘lganicha qolaveradi. Proksimal kanalchada sodir bo‘ladigan reabsorbsiya
tufayli, filtrlangan suyuqlikning uchdan bir qismi Genle qovuzlog‘ining bosh
qismiga etib keladi. Filtratdagi natriyning 50 % faol tashilish mexanizmlari
yordamida proksimal kanalchada qayta so‘riladi. Genle qovuzlog‘ida natriy
reabsorbsiyasi taxminan 25 % ga teng bo‘lsa, distal burama kanalchada 9 % ga
yaqin, to‘plovchi kanalchalarda 1 % atrofida bo‘ladi va atigi 1 % siydik bilan
chiqarilib yuboriladi. Natriyning siydik bilan ajralishiga, buyrak usti bezi gormoni
- aldosteron sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu gormon, kanalchalarda natriyning
reabsorbsiyasini va kaliy hamda vodorod ionlarining sekretsiyasini kuchaytiradi.
Natijada, siydik tarkibidagi natriyning miqdori kamayib, kaliy ionining miqdori
ko‘payadi. Shu sababli, aldosteron - natriy kationini tejovchi gormon deb
hisoblanadi.
Siydikchilning qayta so‘rilishi.
Siydik tarkibidagi umumiy azot miqdorining
90 % ini siydikchildagi azot tashkil qiladi. Siydikchil qutblanmagan kichik
molekulali modda bo‘lganligi sababli, hujayra membranalaridan osonlik bilan o‘ta
oladi va koptokchalarda hech qanday qarshilikka uchramay filtrlanadi. Siydikchil
konsentratsiyasi ortishiga, nefronning proksimal qismida ro‘y beradigan, suvning
jadal reabsorsiyasi sababchi bo‘ladi. Siydikchilning kanalcha suyuqligidagi
konsetratsiyasi qondagidan ko‘payib ketishi natijasida, u, qonga diffuziyalinib
o‘tadi. Demak, siydikchilning qayta so‘rilishi sust tashilish yo‘li bilan sodir
bo‘ladi. Siydikchil sekin diffuziyalangani uchun ham kanalcha suyuqligidagi
konsetratsiyasi tenglashib ulgurmaydi, agar filtratning kanalchadagi oqimi
tezlashsa, siydikchil reabsorbsiyasi kamayadi va bu moddaning siydik bilan
ajraladigan miqdori ko‘payadi. Siydikchil konsentratsiyasining ko‘payishi asosan
to‘plovchi naychalarda sodir bo‘ladi. Neyronning bu qismida ham, siydikchilning
119
ozroq qismi diffuziyalanib, buyraklarning mag‘iz qismidagi hujayralararo
suyuqlikka o‘tadi. Bu suyuqlikdan, siydikchil, konsentratsion gradient tufayli
Genle qovuzlog‘idagi suyuqlikka o‘tadi va distal burama kanalcha orqali yana
to‘plovchi naychaga etib keladi. Shunday qilib, siydikchil, buyrak ichida,
nefronning turli qismlari o‘rtasida aylanib yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |