Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

 
Muskullar 
- organizm hayotida muhim rol tutadi. Katta odamlarda 
muskullar butun tana og`irligining 30 – 35% ga yaqinini tashkil qilsa, 


43 
chaqaloqlarda – 20 – 22%, yoshi katta va qari odamlarda 25 – 25% ni tashkil etadi. 
Jismoniy mashg`ulot bilan muntazam shug`ullanib turuvchi sportchilarda skelet 
muskullarining og`irligi gavda og`irligining qariyb yarimini 45 – 50% tashkil 
qilishi mumkin. Skelet muskulaturasi ko`ndalang-targ`il muskul to‘qimasidan 
tuzilgan. (“To‘qimalar” mavzusida ko‘ndalang-targ‘il to‘qimani tuzilishi bayon 
etilgan). 
Muskullarning asosiy vazifasi - mexanik ish bajarishdir. Markaziy asab 
sistemasi yuboradigan ta’sirotlar ta’sirida gavdadagi muskullar qisqaradi, buning 
natijasida skelet harakatga keladi (ilova:16-rasm). Ongli ravishda qisqaradigan 
muskullarni soni 400dan ortiq. Gavda muskullari ichki a’zolarni, ularni tarkibiga 
kiruvchi qon tomirlar va asablarni tashqi muhit ta’sirotlaridan himoyalaydi. 
Muskullarni qisqarishi natijasida issiqlik energiya ajraladi, demak muskullar tana 
haroratini idora etishda ishtirok etadi. Mimika muskullarining qisqarishi orqali 
odamning ichki dunyosi, kayfiyati, emotsiyalari aks ettiriladi. Muskul to‘qimasi 
mezodermadan takomil etadi. Mezodermada ya’ni o`rta embrional varaqda 
somitlar yoki segmentlangan elementlar ajraladi. Eng muhim somitlardan 
miotomlar, sklerotomlar va dermotomlar hisoblanadi. Miotomlardan muskul 
to‘qimasi rivojlanadi. Miotomlar hujayralari dukka o`xshab gavda o`qi bo`ylab 
cho`ziladi, bular orasida biriktiruvchi to‘qimali to`siqlar – mioseptalar rivojlanadi. 
Bu hujayralar mioblastlar deb ataladi. Keyinchalik bu hujayralar differensialashadi, 
ayni hujayralar o`sib, qo`shilib simplastlar hosil qiladi. Bulardan gavda muskullari, 
oyoq-qo’llar muskullari ya’ni skelet muskulaturasi rivojlanadi. Embrional 
taraqqiyotning 7-8 haftasida asosiy muskullar shakllanib boradi. Homiladorlikni 
ikkinchi yarimida va tug`ilishdan keyingi davrda quyidagi o`zgarishlar ro`y beradi: 
muskul tolalar uzunasiga qarab cho`ziladi, ko`ndalang kesmasi kattalashadi. 
Muskul tarkibida yadrolar soni kamayadi, ularning shakli o`zgaradi. Yumaloq va 
ovalsimon yadrolar tayoqchasimon shaklga aylanadi, miofibrillar soni oshadi va 
diametri qalinlashadi, muskullar orasida joylashgan biriktiruvchi to‘qimali pardalar
rivojlanadi va natijada yaxshi ifodalangan muskul guruhlarni ajratish mumkin. 
Ko’rsatilgan o`zgarishlar 25 yoshgacha davom etadi. Odamning umr davomida 


44 
muskulning og`irligi 3 marotaba oshadi, skeletniki 27 marotaba, terida esa 19 
marotaba. Lekin, turli muskullar guruhlarning rivojlanish darajasi har xil. Masalan, 
odamda tug`ilishdan keyingi davrda oyoqlardagi muskullar kuchli rivojlanadi. Bu 
oyoqlarning tayanch va harakat funksiyalarni bajarishi bilan bogliq. Tana 
muskularimizning ishi butun organizmning umumiy holatiga ta’sir qiladi, u qon 
aylanishini kuchaytiradi va hamma organlarda moddalar almashinishining kelib 
chiqishiga imkon beradi. Ishlab turgan muskullarda murakkab kimyoviy 
reaksiyalar sodir bo‘lib turadi. Bu kimyoviy protsesslar issiqlik hosil qiladi: agar 
ishlab turgan muskulda moddalar almashinishining mahsuli sifatida anchagina 
mikdorda sut va karbon kislotalar to`plansa, unda muskul charchaydi. Dam olish 
vaqtida, ya’ni muskullar tinch turganda moddalar almashinuvi natijasida hosil 
bo`lgan zararli maxsulotlar qon orqali undan chiqib ketadi va muskulning ishlash 
qobiliyati qaytadan tiklanadi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish