Xronik — surunkali usullar:
22-rasni.
fistula (naycha) o'rnatish
usuli — ko'pchilik ichki organlar
(me’da, ichak, me’da osti bczi va
boshqalar) faoliyatini o'rganishda
qo‘llaniladi. Bu usulning ikki xili
bor. Birinchi usulda organlar
(me’da, ichak, qovuq, o‘t pufagi
va boshqalar) devori teshilib,
devoridan metall yoki plastmassa naycha o‘tkaziladi (22- rasm). O'tkazilgan naychaning ikkinchi uchi teri yuzasiga chiqarilib, mahkamlab qo‘yiladi. Ikkinchisi esa turli bezlar yo'lini teri yuzasiga chiqarib tikishdir;
angiostomiya usuli — qon tomirlar devoriga naycha o'rnatish.
Bu usul tufayli organizmning ancha ichkarisidagi qon tomirlardan qon olish imkoniyati tug‘iladi, shunga ko‘ra bu usul moddalar almashinuvini o'rganishda qo‘l keladi;
surunkali ta ’sirlantirish usuli — ayniqsa nerv sistemasi laoliyatini o'rganish uchun bopdir. Bu usulda, masalan, miyaning turli qismlariga elektrodlar o‘rnatilib, miya lo’qimasiga ta’sirot beriladi va tegishli qismlar faoliyati o'rganiladi;
radioaktiv izotoplar usidi — moddalar almashinuvini o'rganishda qo'llaniladi. Masalan, organizmda biror moddaning almashinuvini o‘rganish kerak bo‘lsa, o‘sha moddaga bclgili radioaktiv modda qo'shilib, hayvonga beriladi. So'ngra tegishli usullar yordamida organizm lo’qimalaridan radioaktiv modda izlab topiladi. Shu tariqa .ilmashinishi o‘rganilayotgan moddaning organizmdagi i.iqdiri haqida fikr yuritiladi;
I) shartli reflekslar usuli — bosh miya yarim sharlar I inlivatini o'rganishda qo'llaniladi;
") radiotelemetrik usul — radiotelemetrik moslamalar ■ ordamida organizmda kechayotgan jarayonlar to'g'risida n/iH| masoladan turib axborot olish.
25
Ma’lumki, organizmdagi barcha organlar faoliyati, funksiyalari bir-biri bilan chambarchas bogdiq, ularda kechadigan jarayonlar bir-biri va tashqi muhit ta’sirida uzluksiz ravishda o‘zgarib, o‘zaro moslashib turadi. Demak, o‘tkir usullar fiziologiyada ayrim organlar faoliyatini 0‘rganishda bir qator muhim ahamiyatga ega bo‘lsada, ammo organizmdagi turli jarayonlarni odatdagi me’yoriy sharoitda, sog‘lom organizmda kuzatish, o‘r- ganish va tajribadagi hayvonda istalgan vaqtda tekshirishlar olib borish uchun uncha mos kelmaydi. Lekin, bundan o‘tkir usullardan foydalanishning zaruriyati yo'q degan xulosa qilmaslik kerak. Chunki fiziologiya fani ko‘p ma’lumotlarni o‘tkir tajriba usuli yordamida to'pladi, bu usul hozir ham katta ahamiyatga ega. Biroq organizm sog'lom bo‘lib, tabiiy sharoitda odatdagidek yashab turganda unda sodirbo‘layotgan hayotiy jarayonlarni bilish fiziologni ko'proq qiziqtiradi. Ana shu nuqtai nazardan surunkali (xronik) usullar benihoya katta ahamiyatga egadir.
Fiziologik jarayonlarni o‘rganishda fizika, kimyo, biokimyo, biofizika, biotexnologiya va boshqa fanlarning usullaridan ham juda keng foydalaniladi.
Hozirgi vaqtda shunday mukammal asboblar ixtiro qilinganki, bularning yordamida organizmda nihoyatda qisqa vaqt ichida o‘tib ketadigan jarayonlarning nozik tomonlarini ham qayd qilish mumkin.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Hayvonlar fiziologiyasi fanining maqsadi va vazifalarini ayting.
Tajribalarni o'tkazishda qanday hayvonlardan foydalaniladi?
Tajribalarni o'tkazishda qanday asbob-uskunalardan foydalaniladi?
Tajriba o'tkazish uchun hayvonlar qanday usullar bilan harakatsizlantiriladi?
O'tkir va surunkali tajriba usullarini ayting.
26
Do'stlaringiz bilan baham: |