Bazal yadrolarga keladigan afferent signallarning ko‘p qismini targ‘l tana qabul
qiladi. Bu signallarning manbai uchta: katta yarim sharlarning barcha sohalari,
talamusning yadrolari va qo
ra modda. Efferent tolalar targ‘il tanadan oqimtor
yadroga va qora moddaga o‘tgan. Qora modda, targ‘il tana va talamusga
o‘tgan yo`llar dofaminergik tuzilmalardan iborat.
Oqimtir tananing ichki qismidan bazal yadrolarning eng muhimi bo`lgan
efferent yo`li
boshlanadi. Bu yoi asosan talamusda, qisman o‘rta miyada
tugaydi. Bazal yadrolar katta yarim sharlar po‘stlog‘ining assotsiativ sohalarini
motor sohalari bilan po‘stloq ostidan bog‘lab turadigan zanjirning bir halqasi.
Bazal yadrolarning fukksional ahami
yati ular shikastlanganda yaqqol ko‘rinadi.
Maymunlarda oqimtir yadroning ikki tomonlarna yemirilishi harakatlarning
keskin kamayib ketishiga, mimikaning susayishiga olib keladi. Muskullarda
plastik tonus rivojlanadi, tanasi noqulay vaziyatda bo`lsa ham, hayvon uni
uzoq vaqt o‘zgartirmaydi. Oqimtir yadrosi shikastlangan bemorlar
harakatlarida noaniqlik paydo bo`ladi va qo‘shimcha harakatlar kamayadi
(masalan, odam yurganida qo`llari qimirlarnaydi).
Dumli yadrosi shikastlangan maymunlar serrayib qotib qolad
i, og‘riqni sezish
susayadi, chamalash reflekslari yo‘qoladi. Odamlarda esa atetoz paydo
bbo`ladi, ya‘ni qoi-oyoqlar tinmay betertib harakatlanib turadi. Bu harakatlar
kuchayib, butun tana muskullariga tarqalishi, ritmi yo‘qolib, betertib bo`lib
ketishi ha
m mumkin. Bu holat xoreya deyiladi. Atetoz va xoreya targ‘il
tananing oqimtir yadroga o‘tkazib turadigan tormozlovchi ta‘siri yo‘qolishi
natijasidir, degan fikr bor.
Targ‘il tananing shikastlanishi qo‘shimcha harakatlarni ham kuchaytiradi.
Odam gapirganda
mimikasi kuchayadi, gapning ma‘nosi va mimika
muskullarining harakatlanish jadalligi o‘rtasida monandsizlik kuzatiladi.
Bazal yadrolarning ma‘lum qismlarini elektr toki bilan ta‘sirlash ularning
harakatlarni boshqarishda ishtirok etishini isbotlaydi. Tar
g‘il tanani ta‘sirlash
hayvonlarda aylanma harakatlarni yuzaga chiqaradi
– bosh va tana
ta‘sirlashga qarama-qarshi tomonga sekin aylanadi. Oqimtir yadro
rag‘batlantirilsa, bosh miya po‘stlog‘ining motor sohasi yuzaga keltiradigan
harakatlar tormozlanadi.
Hozir bazal yadrolar harakatlarni boshqaradigan ko‘p pog‘onali tizimning
muhim qismi deb hisoblanadi. Bazal yadrolar miya yarim sharlari po‘stlog‘ining
assotsiativ sohalaridan ma‘lumotlarni olib, shu ondayoq maqsadga erishishga
qaratilgan zarur harakatlaar
rejasini tuzishda ishtirok etadi. Bu reja to‘g‘risidagi
axborot gipotalamusga o‘tib, miyachadan kelgan axborotga qo‘shiladi.
Impulslar talamusdan po‘stloqning motor sohasiga yetib keladi. Po‘stloqdan
harakatlar rejasi miya stvoli va orqa miya segmentlariga tushib, motoneyronlar
orqali tegishli muskullarni ishga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: