Populyatsiya evolyutsiyaning boshlang’ich birligi. Har bir turga kiruvchi organizmlar areal doirada bir xil tarqalmagan bo’lib, ba’zi joylarida siyrak, boshqa joylarda esa zich joylashgan. Chunonchi, qayin G’arbiy Sibirning o’rmon-dashtida kichik-kichik daraxtzor holida tarqalgan. Bir turga kiruvhi individlarning arealda bir xil atrqaganligi, turli yerlarda hayot shroitining har xil bo’lishidandir. Populyatsiya deyilganda bir tur tarqalgan arealning ma’lum qismida joylashgan shu turga mansub boshqa populyatsiyalardan ayrim belgi-xossalari bilan farq qiluvchi, nisbatan alohidalashgan, urchib ko’paya oladigan individlar yig’indisi tushuniladi. Populyatsiya evolyutsiyaning boshlang’ich birligi deyilishiga sabab shuki, u tur doirasidagi mustaqil evolyutsion rivojlanish mumkin bo’lgan organizmlarning kichik yig’indisidir. Tur doirasida organizmlar oila, dala, poda bo’lib yashaydilar.
Evolutsiyaning boshlang’ich materiali mutatsion va kombinativ o’zgaruvshanlik hisoblanadi. Mutatsiyalar gen, xromosomalar, genom va sitoplazmatik xillarga bo’linadi. Gen tushunchasi sizga sitologiya va genetika asoslaridan ma’lum. Gen tarkidagi nukleotidlar soninig ortishi, kamayishi yoki o’rin almashinishi o’zgaruvchanlikni keltirib chiqaradi. Mutatsiya tasodifan va ahyon-ahyonda uchraydi. Gen mutatsiyalarining takrorlanishi 10-6-10-8 ga teng. Xromosoma mutatsiyasi ayrim xromosomalarning biror qismi uzilib yoki ortib ketishi, o’rin almashinishi tufayli yuzaga keladi, deb tasavvur etish mumkin. Gen, xromosoma mutatsiyalariga qaraganda genon muatsiyalar juda kam hollarda roy beradi.
Mutatsiyalarning ko’pchiligi zararli bo’ladi va tabiiy tanlanish orqali bartaraf etiladi.
Ayrim mutatsiyalar organizm uchun shu konkret sharoitda foydali bo’lishi mumkin. Bunday hollarda mutatsiyalar organizm urchiyotganda kelgusi bo’ginlariga beriladi. U urchish natijasida asta-sekin ko’paya boradi. Har qanday foydali mutatsiyaga ega bo’lsa ham yakka organizm hech bir payt evolyutsion jarayonni hosil etolmaydi.
Evolyutsiyaning boshlang’ich hodisasi. Uzoq vaqt davom etadigan mutatsion o’zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish bir populyatsiya doirasida har xil genotipli organizmlarning populyatsiyada tutgan o’rnini, boshqacha aytganda , populyatsiya genefondini nisbatan o’zgarishi mumkin. Populyatsiya genefondining o’zgarishi evolyutsion jarayon tomon qo’yilgan dastlabki qadamdir. Populyatsiya genefondining o’zgargan yoki o’zgarmaganligini qanday bilish mumkin?
Odatda populyatsiya genefondidagi u yoki bu gen ta’sirida vujudga kelgan belgini turli xiol organizmlarni bir necha bo’g’inlarida sanash orqali ularning har bir bo’g’indan takrorlanish miqdori aniqlanadi. Ularning o’zaro nisbatini taqqoslash yo’li bilan populyatsiya genefondining o’zgargan yoki oz’garmaganligi haqida mulohaza yuritiladi. 1928-1929 – yillarda Amerika genetigi Meller retsessiv letal mutatsiualarini aniqlash usullarini ixtiro etdi va bu bilan mutatsiyalarni tajriba orqali o’rganish mumkinligini isbotladi. Populyatsiya genefondining uzoq davom etadigan, yo’naltirilgan o’zgarishlari evolyutsiyaning boshlang’ich hodisasi deyiladi.
Evolyutsiyaning boshlan’ich omillari. Genlar dreyfi. Kichik populyatsiyalarda mutant allellarga ega individlar tez va tasodifiy o’zgarishi mumkin. Masalan, Rayt, bir necha oziqli probitkaga A geni bo’yicha geterozigota bo’lgan ikktadan erkak va urg’ochi drzofilalarni joylashtirib, ularning nasllari ustida kuzatsih o’tkazdi.Probirkada gidrozofilalar tekshirildanda,ba’zi populyatsiyada faqat mutant gomozigota borligi, boshqa populyatsiya tarkibida u tamoman uchramaydi. Populyatsiya genofondidagi genlarning bunday tasodifiy o’zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: |