Fiziokratizm iqtisodiy ta’limoti



Download 61,07 Kb.
bet8/11
Sana15.01.2022
Hajmi61,07 Kb.
#366628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
iqtisodiy taʼlimotlar tarixi(1)

1766-yilda Adam Smit ham uning mehmoni va suhbatdoshi bo‘lgan edi. Didro va D’Alamber tomonidan chop etilgan «Qomus»da F.Kenening dastlabki iqtisodiy maqolalari: «Fermeriar», «Don», «Aholi», «Soliqlar» paydo bo‘ldi (1756-1757). 1758-yilda uning asosiy va eng muhim asari - «lqtisodiy jadval» kitobi dunyoga keldi. F.Kene bu asarlarida fiziokratizm maktabi asoslarini yaratdi, uning nazariy va siyosiy dasturini ta’riflab berdi. Uning ishini va tadqiqotlarini XVIII asming ikkinchi yarmida Fransiyaning taniqli davlat aibobi ATyurgo (1727-1781) davom ettirdi. Fiziokratizm g‘oyalarini (ayniqsa, F.Kene ta’limotini) Dyupon de Nemur, D ’Alamber, V.Mirabo, G.Letron vaboshqalar keng targ‘ib etdilar. Shunday qilib, haqiqiy fiziokratlar maktabi yoki, o‘sha davr tili bilan aytganda, «iqtisodchilar maktabi» tarkib topdi. Uning eng rivojlangan davri XVIII asming 60-70-yillariga to‘g‘ri keladi. F.Kene konsepsiyasini ilgari surdi, bu olimning uslubiy platformasi edi («tabiiy huquq» konsepsiyasini eslang), bunda u paydo bo‘layotgan va tobora mustahkamlanayotgan dahlsiz xususiy mulkni tushundi, iqtisodiyot erkin raqobat asosida rivojlanishini, bozor bahosining stixiyali o‘zgarishi, ya’ni davlatning aralashuvini inkor etadigan jarayonni qo‘llab-quvvatladi, boylikning adolatli taqsimlanishini istardi. lqtisodiy rivojlanish odamlarning istak-xohishiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy jarayon bo‘lib, uning ma’lum qonuniyatlarga bo‘ysunishini tan olish fiziokratlaming so‘zsiz yutug‘i edi. Bu qonunlar, ulaming fikricha, tarixiy bo‘lmay, abadiy qonunlar deb qaralgan edi. Shu sababli ishlab chiqarishning kapitalistik (bozor) shakli tabiiy va abadiy ishlab chiqarish shakli deb hisoblangan (hozirgi rivojlanish buni ko‘p jihatdan isbotlamoqda).


Fiziokratlaming «unumli» va «unumsiz» mehnat to‘g‘risidagi ta’limoti «sof mahsulot» to‘g‘risidagi ta’limot bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning mantiqiy davomi deb hisoblanadi. Merkantilistlardan farqli ravishda ular «sof mahsulot» yaratuvchi mehnat unumli bo‘ladi, ya’ni qo‘shimcha qiymatni yaratadi, degan edilar. Bu unumli mehnatning tabiati to‘g‘risidagi masalagaprinsipial to‘g‘ri yondashish yo‘li edi Ammo renta qo‘shimcha qiymatning yakka-yu yagona aniq shakli sifatida tan olinganligi sababli dehqon mehnati birdan bir unumli mehnat deb hisoblanadi. Ishlab chiqarishning boshqa sohalaridagi (sanoatda ham) m ehnat «unumsiz», ya’ni samarasiz deyiladi. Bundan dehqonchilik mehnatini boshqa mehnat turlariga qarshi qo‘yish asossizdir, chunki yollanma mehnat ishlab chiqarishning qaysi sohasida qo‘llanmasin, qo‘shimcha qiymat yaratadi. F.Kene «so/mahsulot» to‘g‘risidagi o‘z qarashlari asosida jamiyatni uch sinfga bo‘ladi: unumli sinf (fermerlar), yer egalari sinfi va unumsiz sinf (bu sinfni u sanoatchilar sinfi deb ham ataydi). Unumli sinfga dehqonchilikdagi barcha xodimlar, qishloq xo‘jalik ishchilari ham, fermerlar ham, ya’ni «sof mahsulot» yaratuvchilaming hammasi kiradi. Yer egalari bu mahsulotning iste’molchilari hisoblanadi, chunki ular uni ijara to‘lovi sifatida oladilar. Samarasiz, «unumsiz» sinf vakillari esa dehqonchilikdan boshqa tarmoqlarda ishlaydi (sanoat, savdo, xizmat sohasi). Ular «sof mahsulot» yaratmaydilar. Jamiyatning sinfiy tuzilishi to‘g‘risidagi bu ta’limotning asosiy kamchiligi shuki, F.Kene yangi jamiyatning asosiy sinflarini ko‘ra bilmaydi, to‘g‘rirog‘i bunga tarixiy sharoit halaqit beradi. Bu tizimda yollanma ishchilar bilan kapitalistlar birlashtirilgan. Fransiyada o‘sha davrda kam bo‘Isa ham, proletariat sinfi mavjud edi, lekin kapitalistik munosabatlar rivojlanmaganidan buijua jamiyatining boshqa sinflarga qarshi tura oladigan mustaqil sinfiga ajralmagan edi. Sinflar to‘g‘risidagi ta ’limotning bu kamchiliklaridan qat’i nazar, jamiyatni sinflarga bo‘lishning iqtisodiy belgilarini aniqlash va iqtisodiy asoslarini ko‘rsatishga urinish ijobiy voqea hisoblanadi.

Download 61,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish