Ludovik XIV o‘miga kelgan yangi qirol Ludovik XV ham eski siyosatni davom ettirdi. Fransiya Angliya bilan yetti yillik urush olib borib, yengildi. Kanadadan va Sharqdagi birqancha mustamlakalaridan ajraldi, oqibatda Yevropadagi ikkinchi darajali davlatga aylandi. Shu sharoitda bu ahvoldan chiqish yo‘ü tabiatdan qidirildi. Fiziokratlaming dasturi bo‘yicha Fransiyadagi feodalizm qoldiqlari tugatilishi, fiskal (soliq) tizimni ratsionalizatsiya qilib, rentadan yagona soliq olinishi, mayda yer uchastkalari birlashtirilib, don savdosidagi barcha proteksionistik to‘siqlarbartaraf etilishi kerak edi, oddiyroq qilib aytganda, Angliyadagi qishloq xo‘jaligiga xos ish yuritish taklif etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |