II. Tajribaviy qism
2.1 Kerakli jihozlar va reaktivlar:
Kalorimetr, CuSO4va CuSO4 .H2O tuzlari, o`lchov slindri, termometr, tozalangan suv.
Kirstallogidratlarning hosil bo‘lishini o‘rganish:
Kristallogidratlarning hosil bo’lish jarayonini aniqlash uchun test o’tkazib ko’ramiz.
Kalorimetr, CuSO4va CuSO4 .H2O tuzlari, o`lchov slindri, termometr, tozalangan suv Ishning bajarilishi: a) CuSO4 tuzining erish issiqligini o`lchash 1. O`lchov slindri yordamida 30 ml , tozalangan suv o`lcanadi; 2. O`lcangan suv kalorimetrning ichki stakaniga quyiladi. 3. Kalorimetr qopqog‘i yopilib, termometr va aralashtirgich o‘rnatiladi. 4. So‘ngra 5 minut davomida (har bir minutda) sistemaning harorati o‘zgarishi kuzatib boriladi. 5. 1-jadvalga yozib qo‘yiladi. 6. Yaxshilab maydalangan 1 g CuSO4 tuzi tortib olinadi 7. Tuzni kalorimetrdagi suvga solinadi. 8. Aralashtirib turgan holda har 15 sekundda haroratni o‘zgarishi kuzatib boriladi. 9. 2-jadvalga yozib qo‘yiladi. 10. Haroratning o‘zgarishi (∆t) ni toppish uchun grafik chiziladi
b) CuSO4 .H2O tuzining erish issiqligini o`lchash 1. O`lchov slindri yordamida 30 ml , tozalangan suv o`lcanadi; 2. O`lchangan suv kalorimetrning ichki stakaniga quyiladi. 3. Kalorimetr qopqog‘i yopilib, termometr va aralashtirgich o‘rnatiladi. 4. So‘ngra 5 minut davomida (har bir minutda) sistemaning harorati o‘zgarishi kuzatib boriladi. 5. 1-jadvalga yozib qo‘yiladi. 6. Yaxshilab maydalangan 1 g CuSO4 .H2O tuzi tortib olinadi 9 7. Tuzni kalorimetrdagi suvga solinadi. 8. Aralashtirib turgan holda har 15 sekundda haroratni o‘zgarishi kuzatib boriladi. 9.
2.2 Kristallogidratning hosil bo‘lish issiqligini aniqlash
Ishdan maqsad: Kristallogidratning hosil bo`lish issiqligini aniqlash.
Ishning tartibi:
Mis sulfat suvsiz tuzi va kristallogidratini erish issiqliklarini o‘lchash orqali kristallogidratning hosil bo‘lish issiqligini aniqlash. Ushbu mavzuni o‘zlashtirishda SWOT – analiz, tahlil usulidan foydalaniladi. SWOT uslubi – intеraktiv tеxnologiya bo‘lib, talabalarni mavzuni chuqur o‘zlashtirishda hamkorlikda, jamoa bo‘lib ishlashni o‘rgatadi. U talabalarda qandaydir muammoni hal qilishda o‘z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. Ayni paytda, turli g‘oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bog‘liqliklarni aniqlashga imkon bеradi. Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi. Oldindan tayyorlangan tarqatma matеriallar tarqatiladi. Har bir guruh o‘z fikrlarini yozib bo‘lganlaridan so‘ng, ular orasida savol-javob kеtadi. Trеning uchun 5 daqiqa vaqt ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |