2. Alyuminiyni kimyoviy oksidlash
Kerakli asbob va reaktivlar: Alyuminiy yoki uning qotishmasining plastinkasi, kimyoviy yog‘sizlantirish uchun (1 litrida 50 g Na3PO4, 10 g NaOH, 30 g suyuq shisha bo‘lgan) eritma, oksidlash uchun 1 litrida 50 g Na2CO3, 15 g K2Cr2O7, 2 g NaOH saqlagan eritma.
Tajriba. Alyuminiy plastinkani 50-60 oC da yog‘sizlantirish uchun tayyorlangan eritmaga 3-5 min davomida botirib qo‘yiladi va avval issiq, keyin sovuq suv bilan chayiladi. Yuvilgan plastinka 85-100 oC gacha qizdirilgan oksidlovchi eritmaga 5-30 min davomida solib qo‘yiladi. So‘ngra yaxshilab yuviladi va quritiladi. Bunda Plastinka yuzasida oksid qavati hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |