Eak=Ex . 1000/a2 (6)
bo`ladi;
b unda ex-tekshirilayotgan elementning e.yu.k., B hisobida;
a1 –simning AB2 kesmasi uzunligi, mm hisobida;
(5) tenglamadan ek ning qiymati olinib, (6) tenglamaga qo`yilsa:
Ex/En=a1/a
hosil bo`ladi, bundan 200 da
Ex=1,01830 .a1/a (7) kelib chiqadi.
Kompensatsion metod uchun ishlatiladigan galvanometrlar nihoyat sezgir bo`lishi shart, chunki shundagina eng kichik tok kuchini o`lchash mumkin; odatda, bunday galvanometrlarning sezgirligi kamida 10-6 a ga, qarshiligi esa taxminan 1000 om ga yaqin bo`ladi.
Galvanometr o`rniga kapillyar elektrometrdan foydalanish ham mumkin (19-rasm). Kapillyar elektrometr hamma yogi berk ikki qism (1) va (3) dan tuzilgan shisha idish bo`lib,bu idish kapillyar (2) yordamida bir-biriga tutashtirilgan: idishning sharsimon kengaygan keying qismi (4)ga sim (5) ga kavsharlangan, simning klemmasi (6) orqali elektr toki elektrometrdan chiqadi. Kengaygan qismining yarmigacha simob quyilgan. Elektrometrning (3) qismiga ham simob quyolgan, bunda simob kapillyar (2) ga qisman o`tishi kerak. Nay (3) ga sim (7) ulangan, simning klemmasi (8) orqali asbobga tok kelib turadi. (1), (2) va (3) naylarga suyultirilgan sulfat kislota quyib to`ldiriladi. Asbobning yuqori qismida havosi siyraklashtirilgan bo`shliq qoladi.
Elektrometrdan elektr toki o`tganda simobning sirt tarangligi o`zgaradi va kapillyar ichidagi simob menisci joyidan qo`zgàladi. Meniskning qanday o`zgarayotganligi katta qilib ko`rsatadigan shisha yoki gorizontal mikroskopda qarab kuzatiladi. Elektrometrdan tok o`tmayotgan vaqtda simob menisci qo`zgàlmaydi. Shu sababli kapillyar elektrometr sezgir nol asbob sifatida qo`llanilishi mumkin.
Tekshirilishi lozim bo`lgan galvanic elementning e.yu.k.ni o`lchash uchun bu element tegishli ravishda tuziladi. Bunday galvanic element ikkita yarim elementdan foydalanib tuziladi (20-rasm,a),bunda har qaysi yarim element ma`lum elektrod potensialiga ega bo`ladi. Yarim element yon tomonida sifoni (8) bo`lgan kichik shisha idish (1) dan iborat. Tekshirilishi lozim bo`lgan metalldan yasalgan tayoqcha (6) probka (7) orqali idish (1) ga tushiriladi. Shundan keyin sifon (8) olingan metal tuzining eritmasi quyilgan stakanga tushiriladi va eritma rezina nay (5) orqali idish (1) ga surib chiqariladi. Idishga kerakli miqdor eritma chiqarib olingandan keyin qisqich (4) bekitiladi: shunday qilinganda suyuqlik sifon orqali to`kilib ketmaydi.
Ikkita yarim elementdan foydalanib, element tuzish kerak bolib qolsa, yarim elementning sifonlari 20-rasm, b da ko`rsatilgandek, stakan (9) ga botiriladi, stakanga kaliy xloridning to`yingan eritmasi quyilgan bo`ladi: bu eritma oraliq elektrolit rolini o`taydi.
Masalan, agar
Do'stlaringiz bilan baham: |