B. INDIKATORLAR YORDAMIDA pH NI O‘LChASH.
Vodorod ionlari konsentratsiyasini o‘lchash uchun qo‘llaniladigan eng oddiy metodlaridan biri kalorimetrik metoddir; ammo hiqqan natijalar aniqligi jihatidan olinganda bu metod elektrometrik metoddan keyin turadi.
Bu metod vodorod ionlarining konsentratsiyasi xar xil bo‘lganda, turli indikatorlarning rangi o‘zgarishi hodisasiga asoslangan.
Indikatorlar kuchsiz kislotalar yoki kuchsiz asoslar deb qaralishi mumkin; indikatorlarning dissotsilanmagan molekulalari dissotsilanish natijasida hosil bo‘ladigan anionlar yoki kationlardan boshqacha rangda bo‘ladi.
Muvozanat holat kislota indikatori uchun quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: [H+]•[A-]
K =
[HA]
bunda [H+]-vodorod ionlarining konsentratsiyasi;
[A-] – anionlar konsentratsiyasi;
[HA] – dissotsilanmagan molekulalar konsentratsiyasi;
Kislotali eritmada, ya’ni vodorod ionlarining konsentratsiyasi katta bo‘lgan eritmada rangli anionlar A-juda oz bo‘ladi; shunday qilib, indikator va shu indikator qo‘shilgan eritma dissotsilanmagan molekula rangiga kiradi.
Ishqoriy eritmada, ya’ni vodorod ionlarining konsentratsiyasi juda kichik bo‘lsa, aksincha barcha HA molekulalar deyarli to‘la disotsilangan bo‘ladi va eritma anion indikatori tusiga kiradi.
Bu xar ikki oxirgi holatlar orasida u holatdan bu holatga o‘tish soxasi bor, bunda dissotsilanmagan molekulalar va anionlar turli miqdoriy nisbatda bo‘ladi.
eritmada vodorod ionlarining konsentratsiyasi xar xil bo‘lgandaeritma rangining o‘zgarishi yoki, aniqrog‘i, kislotali rangdan ishqoriy rangga o‘tishi xar qaysi indikatorning dissotsilanish konstantasiga bog‘liq. Shuning uchun tegishli indikatorlarni belgilab olib, pH ning qiymati aniq o‘lchangan eritmalar uchun xar xil ranglardan iborat butun bir shkala tuzish kerak; bunday shkala yordamida vodorod ionlari konsentratsiyasini va shunga muvofiq keladigan pH ni topsa bo‘ladi; buning uchun, tekshirilishi lozim bo‘lgan eritma tegishli indicator bilan ishlanadi va uning rangi shkaladagi ranglar bilan solishtirib ko‘riladi.
pH ni o‘lchashda qo‘llaniladigan kalorimetrik metod indikatorlar sifatida nitrafenol qatoriga kiradigan ba’zi organic birikmalardan foydalanishga asoslangan, bu birikmalar turg‘unlig jihatidan boshqa birikmalardan farq qiladi. Bu metodda turli rang hosil qilish uchun faqat birgina soda eritmasi olinadi va unga indikatordan turli miqdorda qo‘shib, eritma turli rangga kiritiladi; indicator bir shaklda rangsiz bo‘lsa, boshqa shaklda rangli bo‘ladi (bular bir rangli indikatorlar).
Eritmalarning tarkibi quyidagicha bo‘lishi kerak;
µ- nitrofenol 0,300 gr 1000 ml distillangan suvda
n –nitrofenol 0,100 . 1000.
α-dinitrofenol 0,100 . 2000.
γ- dinirofenol 0,100 . 4000.
Bu eritmalar probirkalarga solinadi, probirkalarning og‘zini kavsharlash oson bo‘lishi uchun, ularning bo‘yini ingichka qilib cho‘zilgan bo‘ladi; probirkalarga quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan miqdorda eritma quyiladi.Xar qaysi probirkaga sodaning 0.1 n. Eritmasidan qo‘shib, probirkadagi eritmaning miqdori 7 mlgacha etkaziladi, shundan keyin uning og‘zi kavsharlanadi va tegishli etiketka yopishtiriladi.pH ning qiymati elektrometrik mtodda o‘lchash yo‘li bilan tuzilgan jadvaldan olinadi.
III qatorda № 9 probkirka qo‘yilmaydi, chunki undagi eritmaning rangi sezilar sezilmas darajada-juda oz.Probirkalar qopqoqli yashikka solingan maxsus shtativga to‘rt qator qilib terib qo‘yiladi, probirkalar qanday joylashtirilishi 28-rasmda ko‘rsatilgan.
pH ni kalorimetrik usulda o‘lchash uchun ishlatiladigan asbob quyidagilardan tuzilgan;
Yuqorida nomlari ko‘rsatilgan indikatorlar eritmalari solingan to‘rtta shisha idish;
Bir rangdan boshqa rangga o‘tish oralig‘i pH=4,0-8,0 bo‘lgan universal indikatorlar;
Kalibrlangan oltita probirka;
Probirkalarga solib og‘zi kavsharlangan va yashikka to‘rt qator qilib terib qo‘yilgan eritmalar (etalonlar);
Uchta chinni idish.
|
Probirkaning nomeri
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
I-qator µ- nitrofenol uchun
|
Indikator miqdori ml hisobida……
Ph……….
|
5,2
8,4
|
4,2
8,2
|
3,0
8,0
|
2,3
7,8
|
1,5
7,6
|
1,0
7,4
|
0,56 7,2
|
0,43 7.0
|
0,27 6,8
|
II-qator n –nitrofenol uchun
|
Indikator miqdori ml hisobida……
Ph……….
|
4,05
7,0
|
3,0
6,8
|
2,0
6,6
|
1,4
6,4
|
0,94
6,2
|
0,63
6,0
|
0,40
5,8
|
0,25
5,6
|
0,16
5,4
|
III-qator α-dinitrofenol uchun
|
Indikator miqdori ml hisobida……
Ph……….
|
6,6
5,4
|
5,5
5,2
|
4,5
5,0
|
3,4
4,8
|
2,4
4,6
|
1,65
4,4
|
1,1
4,2
|
0,51
4,4
|
-
-
|
IV-qator γ- dinirofenol uchun
|
Indikator miqdori ml hisobida……
Ph……….
|
6,7
4,4
|
5,7
4,2
|
4,6
4,0
|
3,4
3,8
|
2,5
3,6
|
1,74
3,4
|
1,20
3,2
|
0,78
3,0
|
0,74
2,8
|
Bundan tashqari, oltita teshigi bor komparator kerak, komparatorda sut rangli oyna, ko‘k oyna va rangli jadval bo‘ladi.
Bu metod pH ni 0,1 gacha aniqlik bilan o‘lchashga imkon beradi, chunki har qaysi qatorda yonma yon turgan etalonlar bir biridan 0,2 ga farq qiladi. pH ni o‘lchash uchun eritmaga asosiy indikatorlarning biridan ma’lum miqdor qo‘shish natijasida paydo bo‘lganeritma rangini shu indikator qatorida turgan etalonlar rangi bilan solishtirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |