“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr. 30
Bizning fikrimizcha bunday tipdagi interfaol o’quv qo’llanmani nafaqat elektronika yoki
elektrotexnika fanlaridan fizika fanidan ham yaratish mumkin va bu bugungi kun zaruratidir.
Zamonaviy loyihalash va 3D formatda detallarni chop qilish texnologiyalarini qo’llagan holda
fizikaning mexanika, molekulyar fizika, elektr va magnetizm, optika bo’limlaridan trenajo’rli interfaol
qo’llanma yaratish imkoniyatlari mavjud. Ayniqsa umumta’lim maktablari va o’rta maxsus kasb-hunar
bilim yurtlarida bunday trenajo’rli interfaol qo’llanma samarali va keng qo’llanilish olish mumkin deb
hisoblaymiz. Shu bilan birga elektronika, elektrotexnika, fizika fanlaridan trenajo’rli interfaol
qo’llanma yaratish, qo’llash uslubiyati va samaradorligini baholash bo’yicha ilmiy-pedagogik
tadqiqotlar olib borishga e’tibor qaratish qaratish lozim deb hisoblaymiz.
TEXNIK FANLARNI O’QITISHDA “LEARNING BY DOING-BAJARIB O’RGANAMAN” KONSEPSIYASIDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI. I. T. Ergashev, J. T. Ruzimurodov,
Samarqand davlat universiteti, Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazi
Mazkur maqolada mazkur maqolada texnik fanlarni o’qitishda “learning by doing”
konsepsiyasini qo’llash bo’yicha o’z fikr va mulohazalarimizni keltiramiz. “Learning by doing-Bajarib
o’rganaman” konsepsiyasi Amerikalik faylasuf-pedagog Jon Dyui (AQSH, 1859-1952) va uning
shogirdlari va izdoshlari (U.Kilpatrik, E. Kollins, E. Parkcherst) tomonidan o’tgan asr boshlarida taklif
qilingan bo’lib, ХХ asrda jahon pedagogik amaliyotida keng tarqalish oldi. Soddaroq talqinda bayon
qilinsa “Learning by doing-Bajarib o’rganaman” konsepsiyasi asosida “loyihalar usuli” yotadi.
Xususan biror predmetdan mo’ljallangan amaliy yoki laboratoriya mashg’uloti davomida talabalarga
loyihalar sifatida amaliy ish, laboratoriya ishi yoki topshiriqlar beriladi. Loyihani bajarish uchun zarur
bo’lgan yangi bilim va ko’nikmalar loyihani bajarish mobaynida, unga zarurat tug’ilishi jarayonida
berib boriladi (yoki o’quvchilar tomonidan qidiriladi), ijodiy yondoshishga undaladi. Bu usul nazariya
va amaliyot o’rtasidagi uzilish, nazaiyadan amaliyotga o’tishda yuzaga keladigan baryerlar
bo’lmasligini ta’minlaydi. Bu ta’lim usuli ayniqsa tor mutaxassislikka ixtisoslashgan texniklar,
muxandislar va ishchi xizmatchilarni qisqa vaqtda tayyorlashda o’z avfzalliklariga egaligini jahon
tajribasida o’zini ko’rsata oldi.
Sobiq Sovet Ittifoqida o’tgan asrning 20-yillarida bu usul keng qo’llanila boshlandi ammo 1931
yilgi “Boshlang’ich va o’rta maktab to’g’risida” gi kompartiya markaziy komiteti qarori bilan
qoralandi va ta’lim tizimidan olib tashlandi.
Bugungi kunga kelib esa bu konsepsiyaga qiziqish ortib borishiga quyidagi ijobiy jihatlari turtki
bo’lmoqda:
o’quv jarayoninig individuallashuvi yoki shaxsga yo’naltirilgan ta’lim;
yangi muloqot turi va darajasini shakllantiruvchi o’quvchilarning guruh bo’lib ishlashida
raqobat muhitining emas, jamoaviylik kooperatsiya ruhining shakllanishi;
o’zaro muloqotga kirishuvchi barcha subyektlar (o’quvchilar, o’qituvchi va ota-onalar) orasida
ijodiy muhit yuzaga kelishini ta’minlash;
jamoa bo’lib ishlashda va kooperatsiyada o’quvchilarning individual qobiliyatlarini yuzaga
chiqarish;
amaliy ko’nikmalarning tezroq va mustahkamroq shakllanishi.
Shu bilan birga bu konsepsiya ta’lim jarayoninig yo’naltirilganligini va natijalarning ikki tomonlama
bo’lishini ta’minlaydi. O’quvchi shaxsiy tajribaga ega bo’la boshlaydi va bu tajriba yangidan yangi
bilim va ko’nikmalar olishiga ko’maklashadi.
Yuqoridagi jihatlar Samarqand shahridagi kasb-hunarga o’qitish markazida o’qitishning asosiy
usullaridan biriga aylanishiga sabab bo’ldi.
Markazda o’qitiladigan barcha kasblar “Learning by doing” konsepsiyasini joriy qilish va
muaffaqiyatga erishish uchun albatta qator talablar va zaruriy shart sharoitlar zarur bo’ladi. Bular: