Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni


“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr



Download 11,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/436
Sana22.02.2022
Hajmi11,09 Mb.
#80408
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   436
Bog'liq
Конференция - физика-PDFга

“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
 
241 
QUYOSH SEYSMOLOGIYASI 
 
L.Meyliyev, D.Normurodov, N.Odilova, O’.Turdiyev, Sh.Jumanov 
(Qarshi Davlat Universiteti) 
Bizning sayyoramiz har kuni Quyosh energiyasining g’oyat katta miqdorini qabul qiladi. Bir 
daqiqa vaqt mobaynida Quyosh shu qadar ko’p miqdordagi energiyani beradiki, bu dunyoning bir 
yil vaqt mobaynida ehtiyojiga etarli bo’lgan elektr energiyasini ta’minlashi mumkin bo’lar edi.
Quyosh ham samodagi milliardlab yulduzlardan biri, faqat, u bizga (Yerga) eng yaqin yulduz 
hisoblanadi. Yerdan Quyoshgacha bo‘lgan masofa 149.6 million km bo‘lib, nur bu masofani 8,5 
minutda bosib o‘tadi. (Quyoshdan keyin bizga eng yaqin bo‘lgan yulduz – Peraksima bo‘lib, 
ungacha bo‘lgan masofa 4,2 yorug‘lik yiliga teng). Quyoshning diametri 1.392.000 km bo‘lib, Yer 
diametridan ~110 marta katta. Og‘irligi Yernikidan 330 ming marta katta. Quyoshning bag‘rida 
harorat 15.500.000
o
C, sirtida esa 5.500
o
C ga teng bo‘lib, kattaligi va haroratiga ko‘ra o‘rtacha 
yulduz hisoblanadi. Quyosh ulkan gaz shari bo‘lib, 92,1% vodorod va 7,8% geliydan tashkil 
topgan. Quyoshda termoyadro reaksiyasi tufayli vodorod geliyga aylanadi va oqibatda energiya 
ajralib chiqadi. Quyoshdagi mavjud vodorod zahirasi to‘liq geliyga aylanishi uchun yana 7 milliard 
yil kerak bo‘ladi va faqat shundan keyingina Quyosh so‘nishi mumkin. Quyoshning 1 sekund 
davomida chiqarayotgan energiyasi 4 x 10
26 
J bo‘lib, uni, 12 ming trillion tonna ko‘mirni yoqqanda 
ajralib chiqadigan energiya miqdoriga taqqoslash mumkin. 
Quyoshda yuz beruvchi (T=5m) tebranishlar (Quyosh rezonansi akustik tebranishlari) juda 
ko’p miqdordagi turli moddalarning qo’shilishi tufayli sodir bo’ladi. Quyosh sirti ko’ndalang 
kesimining ko’plab qismlari 5 daqiqali davr bilan vertikal yo’nalishda 0.1-1.6 km/s tezlik bilan 
sinusoidal ko’rinishda tebranib turadi. Quyosh tebranishlarini yuzaga keltiruvchi turli 
moddalarning chastotalari qayd qilingan bo’lib, o’lchashlar 10
-5
gacha nisbiy aniqlikda bajarilgan. 
Gelioseysmologiya bo’yicha tadqiqot ishlarining rivojlanishi Quyosh ichki tuzilishining standart 
modelini ishlab chiqish imkonini berdi. Natijada Quyosh konvektiv zonasining qalinligi 
o’lchanganida, u Quyosh radiusining 29 % ni tashkil etishi ma’lum bo’ldi. Konvektiv zonada hosil 
bo’ladigan akustik shovqin - Quyosh tebranishlarining manbai bo’lib hisoblanadi. Bu shovqin 
barcha yo’nalishlarda akustik to’lqin ko’rinishida tarqaladi. Quyosh ichkarisiga qarab 
harakatlanayotgan to’lqin zichligining ortib borishi tufayli refraksiyaga uchrab o’z traektoriyasini 
o’zgartiradi va yuzaga qaytadi. Quyosh sirtida esa bosim gradiyentining ortishi (balandlik 
shkalasining kamayishi) natijasida akustik devor hosil bo’ladi va tovush to’lqini shu dev orga 
urilib, orqaga qaytadi. Shu tarzda to’lqin ko’p marta urilib qaytgandan keyin, ma’lum fazaviy 
munosabatlar bajarilganda harakatlanuvchi akustik to’lqin turg’un to’lqinga aylanadi va xuddi shu 
to’lqin Quyosh global tebranishlarining xususiy moddasi hisoblanadi. Gelioseysmologik 
tadqiqotlar asosini: tebranishlarni qayd qilish, ularning chastotalarini aniqlash, chastotalar va 
amplitudalar variatsiyasining Quyosh aktivligi sikli bilan bog’lanishini tahlil qilish kabi masalalar 
tashkil qiladi. 
Shuningdek, gelioseysmologiya yordamida Quyosh yadrosining tuzilishiga oid yangi 
ma’limotlar olingan. Ushbu ma’lumotlarga ko’ra, yadroda moddalarning aralashuvi kuzatiladi. 
Tadqiqotlar natijasida Quyoshning 11 yillik siklining sababi, tebranishlar chastotasining shunda y 
davr bilan o’zgarishidan ekanligi aniqlangan. 
Shunday qilib gelioseysmologiya, Quyoshning ichki tuzilishi evolyutsiyasi va aktivligining 
davriyligiga tegishli muammolarni yechishda hal qiluvchi rol o’ynashi mumkinligi bilan 
ahamiyatlidir. 



Download 11,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   436




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish