“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
231
VODOROD FTORID MOLEKULASINING SPEKTRAL PARAMETRLARINI VODOROD
BOG’LANISHLI KOMPLEKSLARDA O’RGANISH
G’.Murodov, A.Shodiyev, G.Nurmurodova, U.Xo’jamov
Samarqand Davlat universiteti, Universitet xiyoboni, 15-uy, 140104
Samarqand, O’zbekiston, e-mail:
mgulamhon@rambler.ru
Molekulalararo o’zaro ta’sirning tabiatda keng tarqalgan turlaridan biri vodorod bog’lanish
bo’lib, bir molekula tarkibidagi kimyoviy bog’langan vodorod atomi boshqa elektromanfiy atom bilan
o’zaro ta’sirlashadi [1].
Vodorod bog’lanish tufayli birinchi navbatda bog’lanishda ishtirok etayotgan X-H
molekulasining tebranish polosasi past chastota tomon siljiydi va IQ yutilish spektrida bu polosaning
integral intensivligi ortadi.
Ko‘plab tajribalar natijalari shuni tasdiqlaydiki, agar R-XH guruhda X ning elektromanfiyligi,
shuningdek R radikalning elektromanfiyligi qancha katta bo‘lsa XH shunchalik kuchli proton beruvchi
hisoblanadi. Bundan ko‘rinadiki, proton berish qobiliyati vodorod atomidagi musbat zaryadning
miqdori bilan aniqlanadi, hamda molekulalararo o’zaro ta’sir birinchi navbatda molekulalarning
spektral parametrlarini o’zgarishiga olib keladi. Bu o’zgarishlar tebranish spektrida ayniqsa yaqqol
nomoyon bo’ladi. Ushbu ishda HF molekulasining formaldegid va asetaldegid bilan hosil qilgan
vodorod bog’lanishli kompleksida o’zaro ta’sirlashuvchi molekulalarning elektro-optik parametrlari
(tebranish chastotalari, molekulalarda elektronlar taqsimoti, tebranish polosalarining intensivliklari)
noemperik hisoblashlar yo’li bilan o’rganilgan.
Noempirik usul – atom va molekulalarning energetik sathlari va to‘lqin funksiyasini aniqlashga
imkon beruvchi Shredinger tenglamasini biror yaqinlashishda yechish usullari orqali amalga
oshiriladi. Bu usullar yordamida berilgan elektronlar soniga asoslanib, sistemaning kvant-mexanik
holati aniqlanadi. [1]. Noemperik hisoblashlar shuni ko’rsatdiki, MP2/ 6-311++G(2d,2p) atom
funksiyalar to’plami negizida yuqori aniqlikda hisoblashlar amalga oshirildi. CH
3
CHO∙∙∙HF va
CH
2
O∙∙∙HF komplekslari ham vodorod ftorid kompleksi kabi
kimyoviy xususiyatlarga va C
s
simmetriyaga ega [1].
Noempirik hisoblashlar Gaussian-09 dasturi yordamida
asetaldegid
va
formaldegid
molekulalarining
HF
bilan
komplekslarining optimizatsiyalangan tuzilishlari uchun MP2
usulida, 6-311++G(2d,2p) bazislar to‘plamida amalga oshirildi.
Quyidagi 1-va 2- rasmlarda Asetaldegid va formaldegid
molekulalarining HF bilan komplekslarining geometrik tuzilishlari
keltirilgan.
O’zaro
ta’sirlashuvchi
molekulalarning
geometrik
parametrlari quyidagicha atomlar orasidagi masofalar qiymatlari
CH
3
CHO∙∙∙HF kompleksida
r(OC)=1.222 Å, r(CH)=1.083 Å,
1.089 Å, 1.089 Å,
1.099 Å,
r(CC)=1.494 Å,
r(OC)=1.222 Å,
r(HF)=0.938 Å, r(O∙∙∙H)= 1.706 Å va CH
2
O∙∙∙HF
kompleksida r(OC)=1.219 Å,
r(CH)=1.094 Å, 1.094 Å,
r(HF)=0.935 Å, r(O∙∙∙H)=1.734 Å ekanliklari hisoblandi.
Asetaldegid bilan vodorod ftorid orasidagi masofa vodorod
bog’lanish hosil qilganda r(O∙∙∙H)=1.706Å ga teng bo’lsa,
formaldegid bilan vodorod ftorid orasidagi masofa vodorod
bog’lanish hosil qilganda r(O∙∙∙H)=1.734 Å ga teng ekanligini
guvohi bo’ldik. CH
3
CHO∙∙∙HF kompleksi CH
2
O∙∙∙HF kompleksga
nisbatan sezilarli darajada kuchli molekulalararo o’zaro ta’sirga
Do'stlaringiz bilan baham: |