FIZIKA DARSLARIDA HARBIY TEXNIK TUSHUNCHALARNI BERISH ORQALI
VATANPARVARLIK HISSINI SHAKLLANTIRISH
O.Q.Quvondiqov, M.Qodirov, Sh.A.Xomitov. SamDU.
sh-xomitov@mail.ru
Vatanni muhofaza qilish, uni bir hovuch tuprog‘ini ko‘z qorachig‘iday asrab avaylash har bir
kishining burchi hisoblanadi. Shunday ekan, yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda
vatanga bo‘lgan muhabbat hissini yanada oshirish zarur.
O‘quvchi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning shakl va usullari turlichadir.
Fan va texnika rivojlangan davrda o‘quvchi yoshlarga o‘rta maktab fizika kursining ayrim mavzularini
harbiy ishga bog‘lab o‘rgatish va shu asosida o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning
imnoniyatlari katta. Сhunki, fizika fani texnika taraqqiyotining ilmiy asosini tashkil etadi. Shuning
uchun ham harbiy texnikaning biror sohasi yo’qki, unda fizik qonun va qonuniyatlar qo‘llanilmasa.
Hozirgi kunda harbiy texnikani boshqarish uchun har bir vatan himoyachisi armiya hizmati davrida
fizik qonunlar bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham yoshlarni harbiy va harbiy-texnik
tayyorgarligi katta ahamiyatga ega. Armiya yoshidagi yoshlarga O’zbekiston Respublikasi
mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, maktab o‘quvchilariga harbiy bilimlarni
berish asosan, “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” fani o‘z zimmasiga olgan. Biroq, harbiy
texnika sirlarini muvaffaqiyatli o’zlashtirish uchun fizika fanining ahamiyati juda katta.
Bugungi kunda vatanimizning iqtisodiy va mudofaa qudratini yanada mustaxkamlash borasida,
yer yuzida tinchlikni saqlab qolish, kelgusida yadro qurolidan insoniyatni batamom xolos etish, yadro
“Fizikaning hozirgi zamon ta’limidagi o’rni”. Samarqand 2019-yil 13-14 dekabr.
136
energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish uchun nazariy-siyosiy va tashkilotchilik ishlarini keng
ko‘lamda ishlar olib borilmoqda. Bu sohada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning olib borayotgan
ishlari diqqatga sazovordir. Qolaversa, yoshlar bilan olib boriladigan harbiy vatanparvarlik tarbiyasi
ishining sifatini belgilab beruvchi asosiy mezon yoshlarning kelajakda bo‘ladigan sinovlarga ma'naviy
tayyorgarlik darajasi, harbiy ish asoslarini puxta bilishi, bo’lajak vatan himoyachilarining harbiy
tayyorgarligi har bir yigitning vatanga bo‘lgan muhabbati, uning bilim salohiyati va tartib-intizomi
bilan belgilanadi.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi u qandaydir tor, muayyan maqsadlargagina xizmat qilibgina
qolmay, balki, yosh avlodni har tomonlama voyaga yetkazib, tarbiyalashda muhim rol o’ynaydi.
Biz fizika o‘qitish jarayonida va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga harbiy
vatanparvarlik tarbiyasi berishni maktablar misolida kuzatdik, Bunda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, fizika
fanini o‘qitish jarayonida harbiy vatanparvarlik tarbiyasiga yetarlicha e’tibor berilmas ekan.
Xizmat oldidan yoshlar zamonaviy harbiy texnika haqida boshlang‘ich harbiy, harbiy-texnik
tayyorgarlik kabi tushunchalarga ega bo‘lishlari kerak. Bizning asosiy maqsadimiz ham shu
yuqoridagi talablarga mumkin qadar javob berish uchun fizika darslarida shu ishlarni bajarishga
harakat qildik. Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining barcha fanlar qatori fizika fanini o‘qitishda
ayniqsa, fizikadan fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etib, ularda harbiy texnikaning fizik asoslari
o‘rganilsa, yanada yaxshi bo‘lar edi. O‘quvchilarga harbiy texnika haqida tushunchalar berish, ularda
shu soha bo’yicha ko‘nikma va malaka hosil qilish, barcha fanlardan dars o‘tish jarayonida berilsagina
yaxshi natijalarga olib keladi.
Quyida fizika fani va harbiy ishlarga oid materiallarning o‘zaro aloqadorligiga doir ma’lumotlardan
namunalar keltiramiz:
Fizika fanidan mavzular
Harbiy ishlar bilan tanishtiradigan materiallar mazmuni (misollar)
Mexanik harakat. Moddiy nuqta.
Traektoriya
Snaryadning tezligi, harakat traektoriyasi. Snaryad poroxlarining
parchalanishi.
Yo‘l va ko‘chish
O‘qning miltiqdan uchib chiqishi, uchish balandligi, tezligi, bosib
o‘tgan yo‘li.
To’g‘ri chiziqli tekis va notekis
harakat. Tezlik va o’rtacha tezlik.
Harbiy mashinalarning (avtomobil, tank, samolyot, kema, altileriya
snaryadi) tezligi, o‘qning boshlang‘ich tezligi va harakati.
To’g‘ri chiziqli tezlanuvchan
(sekinlanuvchan) harakat.
Tezlanish
Harbiy samolyot, raketa, tank, kema va harbiy mashinalarning
tezlanishi haqida ma’lumot.
Jismlarning erkin tushishi. Erkin
tushish tezlanishi.
Samolyotning aviabombalarni tashlashdagi asosiy ko‘rsatgichlari va
bombaning harakati.
Egri chiziqli harakatda ko’chish
va tezlik.
Otilgan o‘qning, snaryadning, yuqoridan tashlangan bombalarning
xarakat traektoriyalari, ko’chishi, tezligi, tezlanishi haqida ma’lumot.
Jism massasi
Snaryad, aviabomba massasi, tankning massasi, harbiy sohada
qo’llaniladigan qurollar massasi va h.k
Do'stlaringiz bilan baham: |