AB = h –buyum balandligi; A’B’ = H – tasvir balandligi; AO = d – buyumdan linzagacha masofa; A’O’ = f – linzadan tasvirgacha masofa; OF = OF’ = F – linzaning fokus masofasi
Yig’uvchi va sochuvchi linzalar uchun linza formulalari quyidagicha:
Yig’uvchi linzada haqiqiy tasvir xosil bo’lishi uchun buyum va tasvir orasidagi masofa quyidagicha bo’lishi kerak: d + f ≥ 4F
Linza optik kuchining va fokus masofasining linza geometrik o’lchamlari va sindirish ko’rsatkichiga bog’liqligi:
1-a) Vakuumdagi linza uchun optik kuch va fokus masofa quyidagicha:
Bu yerda: D – linzaning optik kuchi [1/m=dioptriya]; R1,R2 – linza sferalari egrilik radiuslari; nL – linzaning absalyut sindirish ko’rsatkichi.
1-b) Vakuumdagi simmetrik linza uchun optik kuch va fokus masofa quyidagicha:
2-a) Muxitdagi linza uchun optik kuch va fokus masofa quyidagicha (nM-muxitning absalyut sindirish ko’rsatkichi):
2-b) Vakuumdagi simmetrik linza uchun optik kuch va fokus masofa quyidagicha:
3) Absalyut sindirish ko’rsatkichi nL bo’lgan yig’uvchi linzaning fokus masofasi F1 bo’lsa, bu linzani sindirish ko’rsatkichi nM bo’lgan muxitga kiritganda fokus masofa F2 quyidagicha:
Vakuumdan linzani muxitga o’tkazilsa, fokus masofasi orta, optik kuchi esa kamayadi.
Agar yig’uvchi linzani absalyut siindirish ko’rsatkichi linzanikiga nisbatan kattaroq bo’lgan muxitga kiritilsa, yig’uvchi linza sochuvchi linzaga aylanadi.
Agar sochuvchi linzani absalyut siindirish ko’rsatkichi linzanikiga nisbatan kattaroq bo’lgan muxitga kiritilsa, sochuvchi linza yig’uvchi linzaga aylanadi. Lupa
Fokus masofasi kichik bo’lgan (odatda 10sm.dan oshmaydigan) yig’uvchi linza yoki linzalar to’plami lupa deyiladi.
Mayda narsalarni ko’zdan kechirishda ko’rish burchagini oshirish uchun lupa ishlatiladi.
Oddiy ko’z bilan balandlikdagi jismning eng yaxshi masofasidan ko’rish burchagi tangensi quyidagicha(107-a,rasm):
Lupa bilan shu jismni ko’rish uchun lupa ko’zga yaqin tutilib, jism lupaning fokal tekisligiga qo’yiladi. Bunda jismning istalgan nuqtasidan kelayotgan nur lupadan o’tib parallel nurlar dastasini xosil qiladi. Natijada ko’rish burchagi tangaensi quyidagicha (107-b,rasm):
107-rasm
Lupaning kattalashtirishi quyidagicha:
Lupa yordamida buyumning ko’z tubida teskari, kattalashgan, haqiqiy tasviri hosil qilinadi. Lekin lupa buyumni istalgancha kattalashtirib bera olmaydi, chunki kichik radiusli linzalardagina fokus masofasi kichik bo’lish mumkin.
Mikroskop
Mikroskop asosan ikkita linzadan iborat. Birinchi linza ob’ektiv deb ataladi va bu linza buyumning kattalashgan, teskari, haqiqiy tasvirini hosil qilish kerak. Buning uchun buyum ob’ektivning fokus masofasi bilan ikkita fokus masofasi oralig’iga qo’yiladi. Ikkinchi linza esa okulyar deb ataladi va bu linza ob’ektiv hosil qilgan ko’zga parallel nurlar dastasiga aylantirib tushirish uchun xizmat qiladi. Buning uchun okulyar shunday joylashtiriladiki, bunda ob’ektiv hosil qiladigan tasvir okulyarning fokal tekisligi ustiga tushadigan bo’lishi kerak.
108-rasm
Nurning mikroskopdagi yo’li 108-rasmda tasvirlangan. AB – buyumning o’lchami; A1B1 – ob’ektiv hosil qilgan tasvir o’lchami; A2B2 – ko’zdagi tasvir o’lchami.
Mikroskop buyumning ko’z bilan ko’rib bo’lmaydigan qismlarini ko’rishga yordam beradi.
Mikroskop yordamida buyumning kattalashgan, to’g’ri. haqiqiy tasviri hosil qilinadi.
Mikroskopning kattalashtirishi quyidagicha:
Bu yerda: d0 = 25 sm - eng yaxshi ko’rish masofasi. F1F2 – ob’ektiv va okulyarning fokus masofalari