15§. Ikki jismdan tashkil topgan
sistemalar. Bloklar.
Siliq stolda massasi 4 va 5 kg bo’lgan bir-biriga ip bilan bog’langan yuklar, yuklardan biriga tasir etayotgan gorizontal 27 N kuch yordamida harakatga kelmoqda. Yuklarning tezlanishini toping?
Siliq gorizontal sirtda massasi 0,4 va 0,6 kg bo’lgan bir-biriga ip bilan bog’langan yuklar, ikkinchi yukga tasir etayotgan gorizontal 5 N kuch yordamida harakatga kelmoqda. Yuklarni bog’lovchi ipning taranglik kuchini aniqlang.
Massalari 0,3 va 0,2 kg bo’lgan jismlar o‘zaro ip bilan bog’langan holatda, silliq gorizontal sirtda yotibdi. Jismlardan birinchi qanday eng kam kuch bilan tortganimizda, 6 N taranglik kuchiga chidovchi ularni bog’lovchi ip uzilib ketmaydi?
Bir-biriga ip yordamida bog’langan ikki jism, silliq gorizontal sirtda harakatlanmoqda. Jismlardan biriga 100 N kuch qo’yilganda ularni bog’lovchi ipda 30 N taranglik kuchi paydo bo’ldi. Agar 100 N kuch ikkinchi jismga qo’yilsa, taranglik kuchi nimaga teng bo’ladi? Kuch gorizontal yo’nalgan.
Siliq gorizontal sirtda bir-biriga ip bilan bog’langan yuklar, yuklardan birinchisiga qo’yilganva gorizont bilan 600 burchak tashkil qiladigan 10 N kuch tasirida harakatga kelmoqda. Agar birinchi yukning massasi ikkinchi yukning massasidan 1,5 marta katta bo’lsa, ipda hosil boluvchi taranglik kuchini toping.
Stol ustida yotgan ikki jism, ip bilan bog’langan. Yuklarning yengilrog’iga qo’yilgan gorizontal kuch tasirida, jismlar tezlanuvchan harakatga keldi. Jismlarni bog’lovchi ipda hosil bo’layotgan taranglik kuchi, qo’yilgan kuchning 4/5 qismini tashkil qiladi. Kichik yukning massasi katta yukning massasidan necha marta katta? Ikkala jismning ham ishqalanish koeffitsienti bir xil.
Qiya tekislik bo’ylab bir-birga ip bilan bog’langan taxtachalar tizimi, yuqorisidagi 2 kg lisiga qo’yilgan va qiya tekislik bo’ylab yo’nalgan 30 N kuch yordamida ko’tarilmoqda. Taxtachalar va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsienti bir xil. Agar pastdagi taxtachaning massasi 4 kg ga teng bo’lsa, ipda hosil bo’lgan taranglik kuchini toping.
Gorizontal sirtda bir-biriga ip bilan bog’langan massalari 6 va 4 kg li jismlar yotibdi. Birinchi jismga, gorizontga nisbatdan tashkil qilgan burchak tangensi 0,75 bo’lgan 50 N kuch tasir etmoqda. Ishqalanih koeffitsienti 0,5 ga teng bo’lsa, ipda hosil bo’luvchi taranglik kuchini toping.
Qiyalik burchagi 600 ga teng bo’lgan qiya tekislikdan bir-biriga ip bilan bog’langan, massasi 4 va 6 kg bo’lgan taxtachalar sirg’alib tushmoqda. Pastdagi taxtacha va qiya tekislik orasidagi ishqalanih koeffitsienti 0,15 ga, yuqoridagisi bilan esa 0,4 ga teng. Ipdagi taranglik kuchini toping. g =10m/s2
Bir xil 1 dm3 hajimli alyuminiy (zichligi 2700 kg/m3 ) va temir (zichligi 7900 kg/m3 ) sharlar yengil, uzun ip bilan bog’lanib dengizga tashlab yuborildi. Sharlarning harakati barqarorlashgandan so’ng (yani, o’zgarmas tezlik bilan harakatlanganda), ipdagi taranglik kuchi nimaga teng bo’ladi? sharlarning harakatga qarshilik kuchi radiusga va tezlikga bog’liq. g =10m/s2
Bir xil F kuch yordamida ikki qayiq navbatma-navbat harakatga keltirildi. Birinchi qayiqning qaror topgan tezligi 1,2m/s ga, ikkinchisiniki 0,4 ga teng bo’ldi. Agar bu ikki qayiqni bir-biriga boglab xuddi o’sha kuch yordamida tortilsa, qayiqlarning qaror topgan tezliklari nimaga teng bo’ladi(sm/s)? Suvning qarshilik kuchi tezlikga to’g’ri proportsional.
Massasi 12 kg bolgan taxta silliq gorizontal sirtda yotibdi. Taxtada massasi 3 kg bo’lgan taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng. Taxtaga qanday eng kichik kuch qo’yilganda, taxtacha taxta ustida harakatga kela boshlaydi. g =10m/s2
Gorizontal pol ustida yotgan 4 kg massali taxta ustida 1 kg li taxtacha yotibdi. Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanih koeffitsienti 0,2 ga,taxta va pol orasidagi ishqalanih koeffitsienti 0,4 ga teng. Taxtaga qanday eng kichik kuch qo’yilganda, taxtacha taxta ustida harakatga kela boshlaydi. g =10m/s2
Silliq gorizontal sirt ustida yotgan 2 kg massali taxta ustida 1 kg li taxtacha yotibdi. Taxta va taxtach orasidagi ishqalanih koeffitsienti 0,4 ga teng. Taxtachaga qanday eng kichik kuch qo’yilganda, taxtacha taxta ustidan sirg’alib tushadi. g =10m/s2
Qiyalik burchagi 300 gateng bo’lgan qiya tekislik ustida turgan 8 kg massali taxta sirpanishsiz xarakatlana oladi. Taxta qiya tekislik ustida sirpanmasligi uchun taxta ustidagi odam qanday tezlanish bilan harakatlanishi kerak. g =10m/s2
Qo’zg’almas blok orqali otkazilgan ipning uchlariga massasi 200 g va 300 g bo’lgan yuklar ilingan. Yuklarning tezlanishini toping. g =10m/s2
Qo’zg’almas blok orqali otkazilgan ipning uchlariga massasi 2 kg va 8 kg bo’lgan yuklar ilingan. Ipdagi taranglik kuchini toping. g =10m/s2
Qo’zg’almas blok orqali otkazilgan ipning uchlariga har birining massasi 0,49 kg bo’lgan yuklar ilingan. Yuklardan birontasiga qo’yilgan qo’shimch yukning massasini nimaga teng, agar yuk qoyilgandan so’ng yuklarning har biri 4 s ichida 1,6 m masofa bosib o’tsa? g =10m/s2
Qo’zg’almas blok orqali otkazilgan ipning uchlariga har birining massasi 400 g bo’lgan yuklar ilingan. Yuklardan biriga qoshimch 200 g yuk ilindi. Harakat davomida ikkinchi yukning yuklanish kuchi nimaga teng(mN)? g =10m/s2
Massasi 7 va 11 kg bo’lgan toshlar qo’zg’almas blok orqali o‘tkazilgan ipning uchlariga ilingan. Toshlar harakat boshida bir xil balandlikda joylashgan. Harakat boshlagandan qancha vaqt o’tgach yengil tosh og’ir toshdan 20 sm balandlikda bo’ladi? g =10m/s2
Qo’zg’almas blok orqali o’tkazilgan ipning uchlariga bir xil massali yuklar ilingan va ular harakat boshida bir xil balandlikda turgan. Yuklardan birining massasining 1/5 ga teng qismi bo’linib 1 s dan so’ng yerga tushdi. Shundan qancha vaqt o’tgach yuklardan ikkinchisi yerga uriladi. g =10m/s2
Blok tros yordamida shiftga mahkamlangan. Blokdan o’tkazilgan ipning uchlariga 2 va 3 kg li yuklar ilingan. Trosdagi taranglik kuchini toping. g =10m/s2
Blok tros yordamida shiftga mahkamlangan. Blokdan o’tkazilgan ipning uchlariga yuklar ilingan. Agar trosdagi taranglik kuchi kattaroq yukning og’rligiga teng bo’lsa, bu yuklar massalari nisbatini toping. g =10m/s2
Qo’zg’almas blok orqali ip o’tkazilib ipning bir uchi blokning bir tomonida turgan teshikdan o‘tkazildi. Ipning o’zgarmas tezlik bilan harakati davomida teshik ipga 3 N ishqalanish kuchi bilan tasir etadi. Agar ipning uchlariga 200 g va 800 g li yuklar ilingan bo’lsa, yuklar qanday tezlanish bilan harakatlanadi. g =10m/s2
Yuqoriga 2m/s2 tezlanish bilan harakatlanayotgan liftning shiftiga dinamometr mahkamlangan. Dinamometrga gorizontal o’q atrofida erkin harakatlana oladigan blok ilingan. Blokdan ip o’tkazilib uchlariga 1 va 3 kg li yuklar ilingan. Dinamometrning ko’rsatkichini aniqlang. g =10m/s2
Yengil blokdan ip o’tkazilib uchlariga 3 va 5 kg li yuklar ilingan. Blokning o’qiga yuqoriga ko’taruvchi 120 N kuch tasir etmoqda. Blok qanday tezlanish bilan harakatlanadi? g =10m/s2
Yengil blokdan o’tkazilgan ipning bir uchiga 2 kg li yuk ilingan, ipning ikkinchi uchi harakatlanmaydigan qilib mahkamlangan. Blok yuqoriga 3m/s2 tezlanish bilan ko’tarilishi uchun blokning o’qiga qanday kuch qo’yish kerak? g =10m/s2
Yengil sterjin uning ortasidan o’tuvchi gorizontal o’q atrofida aylana oladi. Sterjenning uchlariga 1 kg va 3 kg yuklar mahkamlangan va gorizontal holatga keltirilgan. Sterjin qo’yib yuborilgandan so’ng sterjin oqga qanday kuch bilan tasir etadi? g =10m/s2
Vazinsiz gorizontal sterjin uni 1:2 nisbatda bo’luvchi gorizontal o’q atrofida harakatlana oladi. Sterjinning uchlariga bir xil 0,5 kg li yuklar mahkamlangan. Sterjin gorizontal vaziyatga keltirilib qo’yib yuborildi. Qo’yib yuborilgandan birdaniga sterjin o’qga qanday kuch bilan tasir etadi? g =10m/s2
Do'stlaringiz bilan baham: |