12§. Nyutonning ikkinchi qonuni. a) parallel kuchlar O’zgarmas kuch tasirida 6 kg massali jism harakatining birinchi sekundida 15 m yo’l bosdi. Kuchning kattaligini toping.
Jismga 60 N kuch 0,8 m/s2 tezlanish bermoqda. Qanday kattalikdagi kuch bu jismga 2 m/s2 tezlanish beradi?
Massasi 2 т bo’lgan poyezd 36 km/h tezlik bilan harakatlanmoqda. Poyezd tormozlandi va 25 m o’tib to’xtadi. Tormozlovchi kuchning kattaligini toping(kN).
Massasi 4 тbo’lgan bo’sh avtomobil 0,3 m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Xuddi o’sha tortish kuchida avtomobilga yuk ortilgandan so’ng u 0,2 m/s2 tezlanish bilan harakatlanadi. Avtommobilga necha tonna yuk ortilgan? Relsning qarshhiligini hisobga olmang.
Aravacha qandaydir kuch tasirida tinch holatdan boshlab 40 sm masofa bosdi. Aravachaga 2 kg yuk qo’yilgandan so’ng xuddi o’sha kuch tasiridava xuddi o’shancha vaqt davomida aravacha tinch holatdan boshlab 20 sm masofa bosgan bo’lsa, aravachaning massasini toping.
Massasi 2 kg bo’lgan toshni qanday kuch tasirida vertikal yuqoriga ko’tarilganda, tosh erkin tushish tezlanishidan ikki marta katta tezlanish bilan ko’tariladi? g =10m/s2
Massasi 10 kg bolgan jism pastga 5m/s2 tezlanish bilan harakatlanishi uchun ung qanday kuch tasir etishi kerak? g =10m/s2
Yukni qanday tezlanish bilan ko’tarilganda ipning tarangligi, harakatsiz turgandagi tarangligidan uch marta katta bo’ladi? g =10m/s2
Arqon ko’pi bilan 1600 N taranglik kuchiga bardosh bera oladi. Bu arqon yordamida qanday massali yukni 15m/s2 tezlanish bilan ko’tarish mumkin? g =10m/s2
10 N taranglik kuchiga chidaydigan ip yordamida 0,5 kg massali yuk vertikal yuqoriga ko’tarilmoqda. Harakatni tekis tezlanuvchan deb hisoblab, arqon uzilmasdan 0,1 s vaqt davomida yukni ko’tara oladigan maksimal balandligini toping(sm). g =10m/s2
Qo’zg’almas blok orqali o’tkazilgan arqonning bir uchiga 10 kg massali yuk ilingan. Arqonning ikkinchi uchini qanday kuch bilan tortganda, yuk yuqoriga 1m/s2 tezlanish bilan ko’tariladi? Blok va arqonning massasi hisobga olinmasin. g =10m/s2
Massasi 60 kg massali kosmonaft raketaning yuqoriga tezlanuvchan harakatida tayanchga 5400 N kuch bilan bosmoqda. Raketaning tezlanishini toping. g =10m/s2
Lift pastga 3 m/s2 tezlanish bilan tushmoqda. Litda turgan 70 kg massali odamning vani nimaga teng? g =10m/s2
Liftning harakat boshidagi va oxiridagi tezlanishlarining moduli bir xil. Liftdagi odamning vazni bu ikki holatda 3 marta farq qilsa, tezlanishning kattaligi nimaga teng? g =10m/s2
Umumiy massasi 1100kg bo’lgan aerostat pastga tekis tushib bormoqda. Aerostatdan qanday massali yuk tushirib yuborilsa u xuddi o’shanday tezlik bilan yuqoriga ko’tarilishni boshlaydi? Aerostatga tasir etuvchi Arximed kuchi 10 kN ga teng. Havoning qarshilik kuchi tezlikga to’g’ri proportsional. g =10m/s2
Massasi 0,5 kg bo’lgan tosh 9 m balandlidan tushib, yer sirtiga 12m/s tezlik bilanurilgan bo’lsa, havoning o’rtacha qarshilik kuchini toping. g =10m/s2
Massasi 1 kg bo’lgan jism vertikal yuqoriga 40m/s tezlik bilan otildi. Jism o’zining eng yuqori ko’tarilish nuqtasiga 2,5 s dan so’ng ko’tarilgan bo’lsa,havoning qarshilik kuchini toping. Havoning qarshilik kuchini harakat davomida o’zgarmas deb qaralsin. g =10m/s2
Massasi 0,5 kg bo’lgan shar 10 m balandlikdan tushib, qorda 0,8 m li chuqur hosil qildi. Havoda va qorda shar harakatini tekis tezlanuvchan bo’lsa va havoning sharga qarshilik kuchi 0,6 N ga teng bo’lsa, qorning shar haraktiga qarshilik kuchini toping? g =10m/s2
1,3 m/s2 tezlanish bilan tushayotgan lift shiftiga maxkamlangan prujinaga yuk osilgan. Prujinaning bikirligi 595 N/m ga va harakat davomida 1 sm ga cho’zilgan bo’lsa, yukning massasini toping(g). g =9.8m/s2
Avtomobil 3m/s2 tezlanish bilan harakatlanishni boshladi. Avtomobilning tezligi 60km/h ga yetgan paytda uning tezlanishi 1m/s2 ga teng bo’ldi. Avtomobilning tortish kuchini o’zgarmas
va havoning qarshilik kuchini avtomobilning harakat tezligiga to’g’ri proportsional deb hisoblansa, avtomobil qanday o’zgarmas tezlik bilan harakatlanadi(km/soat)?
Bir xil moddadan yasalgan ikki shar havoda harakatlanmoqda. Sharlarning radiuslari nisbati 4 ga teng. Katta sharning qaror topgan tezligi necha marta katta? Havoning qarshilik kuchini sharlarning ko’ndalang kesim yuziga va tezlikning kvadratiga to’g’ri proportsional deb hisoblansin.
Massasi 1 g bo’lgan sharning havodagi qaror topgan o’zgarmas tezligi (katta balandlikdan) 100m/s ga teng. Qaror topgan tezligi 200m/s ga teng bo’lgan va xuddi shunday moddadan yasalgan ikkinchi sharning massasi nimaga teng? Havoning qarshilik kuchi shsrlarning ko’ndalang kesim yuzasiga va tezliklarining kvadratiga to’g’ri proportsional.
Jismning boshlang’ich tezligi 10m/s ga teng. Jismga faqat, uning tezligiga to’g’ri proportsional bo’lgan kuch tasir etmoqda. Proportsionallik koeffitsiyenti 2 kg/s. Jism to’xtaguncha qancha masofa bosib o’tadi? Jismning massasi 4 kg .
Erkin tushayotgan jism, qarshilik kuchi tezlikga to’g’ri proportsional bo’lgan muhitda harakatlanmoqda. Uning tezligi ikki marta kamaygan vaqtgacha jism 60 m masofa bosib o’tdi. Jism shu vaqtdan to’xtagungacha qancha masofa bosib o’tadi? Og’irlik kuchini hisobga olinmasin.