13§. Ishqalanish koeffitsienti
Yo’l hodimi avtomobilning asfalt yo’ldagi tormozlanish yo’li 40 m ekanligini aniqladi. Agar asphalt va balonlar orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,5 ga teng bo’lsa, avtomobil qanday boshlang’ich tezlik bilan harakatlangan(km/h)? g =10m/s2
Massasi 1 kg bo’lgan jism gorizontal sirtda yotmoqda. Jismga gorizontal yo’nalgan 2 N kuch tasir etmoqda. Agar ishqalanish koeffitsienti 0,3 ga teng bo’lsa, jismga tasir etayotgan ishqalanish kuchi nimaga teng?
Gorizontal sirtda 10 kg massali jism yotibdi. Jismga gorizontga nisbatdan 300 burchak ostida 50 N kuch tasir etmoqda. Ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lganda, ishqalanish kuchini toping. g =10m/s2
Gorizontal sirtda 10 kg massali jism yotibdi. Birinchi marta jismga gorizontal yo’nalgan 5 N, ikkinchi marta gorizontga nisbatdan 300 burchak ostida yo’nalga 50 N kuch tasir etdi. Agar ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lsa, ikkinchi marta jismga tasir etayotgan ishqalanish kuchi birinchi martadagidan necha marta katta? g =10m/s2
Stol ustida yotgan 8 kg massali jismga qanday gorizontal kuch tasir etganda u stol ustida tekis harkatlanishni boshlaydi, agar ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lsa? g =10m/s2 .
Gorizontal qo’zg’almas taxta ustidagi 3 kg li taxtacha gorizontal prujina yordamida siljitilmoqda. Bunda prujina 5 sm ga cho’zilgan bo’lsa, uning bikirligi qanday? Taxta va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,25 ga teng. g =10m/s2
Gorizontal sirtda yotgan 2 kg massali jism gorizontal kuch yordamida 2m/s2 tezlanish bilan harakatlanmoqda. Taxtacha va sirt orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lsa, bu kuchning qiymati nimaga teng? g =10m/s2
Ko’pi bilan 500 N tortish kuchi hosil qilish mumkin bo’lgan itlar ulovi(chana tortuvchi bir biriga bog’langan itlar), ko’pi bilan ko’pi bilan qanday massal yukni tortishi mumkin? Ishqalanish koeffitsienti 0,1 ga teng. g =10m/s2
Yuk avtomobili kuzovidagi yuk orqaga qarab harakat qilishi uchun, yuk avtomobili kamida qanday tezlanish bilan harakat qilishi kerak? Yuk va kuzov orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng. g =10m/s2
Gorizontal sirtda yotgan jismga uning tasir etayotgan og’irlik kuchining yarimiga teng bo’lgan gorizontal kuch tasir etmoqda. Kuch jismga malum t vaqt davomida tasir etgandan so’ng tasir etmay qo’ydi. Agar jism harakat boshidan to’xtagunch 15 m yo’l bosgan va ishqalanish koeffitsienti 0,2 ga teng bo’lsa, bu vaqtni toping. g =10m/s2
Sportchi 100 m lik masofani qanday eng kichik vaqtda yugurib o’tishi mumki, agar sportchi oyoqlari va yo’l orasidagi ishqalanish kuchi 0,25 ga va sportchi faqatgina yo’lning birinchi 20 m da tezlasha olasa? g =10m/s2
Odam gorizont bilan tangensi 0,75 ga teng bo’lgan burchak tashkil qilgan arqon yordamida, massasi 6 kg bo’lgan chang’ini tortmoqda. Gorizontal sirt va chang’i orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,3 ga teng bo’lsa, arqondagi taranglik kuchini toping. g =9,8m/s2
Massasi 6 kg bo’lgan chang’ini gorizont bilan 300 burchak tashkil qilgan 20 N kuch bilan tortsak u qanday tezlanish bilan harakat qiladi? Ishqalanish koeffitsienti 0,1 .√3=1,7. g =10m/s2
Massasi 2,8 kg bo’lgan brusok, vertikal bilan α burchak tashkil qilgan 70 N kuch yordamida vertikal devor orqali yuqoriga ko’chirilmoqda. Devor va brusok orasidagi ishqalanish koeffitsienti 0,4 ga, sinα=0,6 bo’lsa, brusokning tezlanishini toping. g =10m/s2
Do'stlaringiz bilan baham: |