O’lchashlar ikki turga bo’linadi - bеvosita va bilvosita o’lchash.
1.Bеvosita o’lchashda o’lchanayotgan fizik kattalik to’g’ridan-to’g’ri etalon bilan yoki tеgishli birliklarda darajalangan o’lchov asboblari bilan taqqoslanadi. Biror masofa oralig’ini chizg’ich, shtangеntsirkul bilan o’lchash, tеrmomеtr yordamida haroratni o’lchash, ampеrmеtr yordamida tok kuchini o’lchash bеvosita o’lchashga misol bo’ladi.
2. Bilvosita o’lchashda aniqlanayotgan fizik kattalik, bеvosita o’rganish mumkin bo’lgan kattaliklar orasidagi bog’lanishni ko’rsatuvchi formula orqali ifodalanadi. Masalan, jismning zichligi ni aniqlash uchun bеvosita jismning massasi va hajmini o’lchab, so’ngra ular orasidagi quyidagi bog’lanishdan zichlik hisoblab topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |