Fizik kattaliklarni o’lchash va xatoliklarni hisoblash
Fizika fani bizni o’rab olgan moddiy dunyodagi hodisalar haqidagi ma'lumotlarni tajriba orqali yig’adi. Laboratoriya sharoitida biror hodisaning tabiatini o’rganish maqsadida tajriba o’tkaziladi. Laboratoriya ishlarini bajarish davomida talabalar muayyan fizik hodisalarni o’rganishdan tashqari o’lchov asboblari bilan tanishadilar, hisoblashning ba'zi nazariy tomonlarini (xatoliklarni hisoblash) o’rganadilar va nihoyat formulaga kirgan fizik kattaliklarni tajribada aniqlash uchun o’lchash ishlarini bajaradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |