Iste’molchilar parallel ulanganda, har bir o‘tkazgich uchlari
orasidagi kuchlanish bir xil bo‘ladi.
Parallel ulanganda zanjirdagi tok kuchi
Kalit ulanganda birinchi ampermetr I
1
= 0,6 A ni, ikkinchi amper-
metr esa I
2
= 0,4 A ni ko‘rsatsin. U holda zanjirning tarmoqlanmagan
qismidagi ampermetr I = 1 A ni ko‘rsatadi. Demak, parallel ulangan
birinchi va ikkinchi lampochkalardan o‘tayotgan I
1
va I
2
tok kuchlarining
yig‘indisi I to‘liq tok kuchiga, ya’ni zanjirning tarmoqlanmagan
qismidan o‘tayotgan tok kuchiga teng bo‘ladi:
I = I
1
+ I
2
.
(2)
Agar zanjirga n ta lampochka bir-biriga parallel ulansa, u holda
zanjirdagi to‘liq tok kuchi quyidagicha bo‘ladi:
I = I
1
+ I
2
+ I
3
+ . . . + I
n
.
(3)
Do'stlaringiz bilan baham: |