Iste’molchilar ketma-ket ulanganda, zanjirdagi to‘liq qarshilik
har bir iste’molchi qarshiliklari yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Siz archaga osib qo‘yiladigan lampochkalar shodasini ko‘rgansiz. Masalan,
har biri U
1
=
3 V ga mo‘ljallangan n
=
75 ta lampochka ketma-ket ulangan
bo‘lsa, bunday zanjirga U
=
nU
1
=
75
⋅
3 V
=
225 V gacha kuchlanish berish
mumkin. Shuning uchun bunday ketma-ket ulangan lampochkalar shodasini
220 V li elektr tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulash mumkin.
Agar ketma-ket ulangan lampochkalar shodasidan birontasi olib
qo‘yilsa yoki kuyib qolsa, boshqa barcha lampochkalar yonmaydi. Chunki
bu holda zanjir shu bitta lampochkada uzilgan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |