O‘tkazgichning elektr qarshiligi uning uzunligiga to‘g‘ri propor-
sionaldir:
R ∼ l. (1)
Elektr qarshilikning o‘tkazgich ko‘ndalang kesimiga bog‘liqligi
58-rasmda tasvirlangan zanjirni yig‘aylik. Bunda 1, 3, 5 qisqichlar
o‘tkazgich mis sim orqali tutashtirilgan bo‘lib, ular ampermetr orqali
manbaning musbat qutbiga ulangan. 1 va 2 qisqichlarni, 3 va 4 qis-
qichlarni, 5 va 6 qisqichlarni bir-biri bilan 60 sm uzunlikdagi 3 ta bir
xil nixrom sim bilan tutashtiraylik.
Manbaning manfiy qutbidan chiqqan o‘tkazgichni 2 qisqichga mah-
kamlab kalitni ulasak, ampermetr 0,5 A tokni ko‘rsatadi. Manba 4 yoki
6 qisqichga ulansa ham zanjirdan 0,5 A tok o‘tadi.
57-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |