II bob. Elektr toki
15-§. ELEKTR QARSHILIK
Elektr qarshilik haqida tushuncha
55-rasmda ko‘rsatilgan elektr zanjirni yig‘aylik.
Kalitni ulasak, lampochka ravshan yonadi, amper-
metr nisbatan kattagina tok o‘tayotganini ko‘rsatadi.
Kalitni uzaylik. Uzunligi 1,5−2 m bo‘lgan nikelin-
dan tayyorlangan o‘tkazgich simni spiral shakliga kel-
tirib, uni lampochkaga ketma-ket qilib ulaylik. Nike-
lin − bu nikel, mis va marganes aralashmasidan tay-
yorlangan qotishma.
Kalit ulanganda lampochka xira yonadi va amper-
metr zanjirdan o‘tayotgan tokning kamayganligini
ko‘rsatadi (56-rasm). Demak, nikelin sim zanjirdagi
tokni kamaytiradi, ya’ni zanjirdan tok o‘tishiga
qarshilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |