Fizika2 kursi bo’yicha yakuniy nazorat savollari
(2021-2022 o’quv yili)
Tebranish jarayonlari haqida tushunchalar.
Vaqt o‘tishi bilan takrorlanuvchi harakat yoki fizik jarayonlar tebranishlar deb ataladi. Tabiatda va texnikada tebranma harakatlar keng tarqalgandir. Misol uchun soat mayatnigining tebranishi, o‘zgaruvchan elektr toki va boshqalar. Shuning uchun tebranma harakatlarning fizik tabiatiga qarab ularni mexanik, elektromagnit tebranishlar va boshqalarga ajratish mumkin. Ammo tebranma harakat yoki jarayonlar turli bo‘lishiga qaramay, ularning barchasi umumiy qonuniyatlar asosida yuzaga keladi.
2 .Garmonik tebranma harakat kinematikasi va dinamikasi.
Jism yoki fizik jarayon muvozanat vaziyatiga ega bo‘lishi zarur va uni shu holatidan chiqarish va avvalgi vaziyatiga qaytaruvchi kuchlar mavjud bo‘lishi kerak. Agar jism dastlab olgan energiyasi hisobiga muvozanatdan chiqib, tashqi kuch yo‘q holatida o‘z tebranishlarini ancha vaqt amalga oshirib tursa, bunday tebranishlar erkin yoki xususiy tebranishlar deb ataladi. Ular orasida eng sodda ko‘rinishi garmonik tebranishlardir.
Garmonik tebranishlarda tebranuvchi kattaliklar vaqt o‘tishi bilan sinus yoki kosinus qonuniyatlariga bo‘ysungan holda o‘zgarishi kuzatiladi:
(16.1)
bu yerda y – tebranuvchi kattalik, A - tebranuvchi kattalikning amplitudasi (maksimal siljishi), - doiraviy yoki siklik chastota, t = 0 vaqtdagi tebranishning boshlang‘ich fazasi, esat – vaqtdagi tebranish fazasi.
Garmonik tebranuvchi tizimning ayrim holatlari tebranish davri deb ataluvchi -Т vaqtdan so‘ng takrorlanib turadi. Bu davr ichida tebranish fazasi 2ga o‘zgaradi, ya’ni:
3. Garmonik tebranishlarning differesial tenglamasi.
Garmonik qonuniyat bilan tebranayotgan jismning kinetik energiyasi quyidagicha ifodalanadi:
(16.9)
Kinetik energiya maksimal qiymatga ega bo‘lganida potensial energiya Unolga teng bo‘ladi. U holda to‘la energiya
ga teng bo‘ladi. Boshqa vaqtlarda potensial energiya shunday ifodalanadi:
(16.10)
Dinamikaning ikkinchi qonunidan, tebranayotgan jismlar uchun quyidagi ifodani o‘rinli deb hisoblasa bo‘ladi:
,
(16.11)
Bu ifoda garmonik tebranishlarning differensial tenglamasi deb ataladi. Uning yechimi
dan iboratdir.
Garmonik tebranma harakat qiluvchi tizimlarga turli ko‘rinishdagi mayatniklarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Matematik, fizik, prujinali mayatniklar.
Do'stlaringiz bilan baham: |