Sr va Sv orasidagi bog‘liqlik
CP = CV + A
1mol gaz 10ga isitilganda bajargan kengayish ishi A=R=8,31 J/mol·K
bundan CP = CV + R
CP - CV= R=8,31 J/mol·K
Suyuqliklarda: CP - CV < 8,31. Issiqlik sig‘imi haroratga bog‘liq.
Suvning issiqlik sig‘imi
T0C
|
0
|
15
|
20
|
30
|
50
|
100
|
Cr
|
4,223
|
4,184
|
4,178
|
4,173
|
4,178
|
4,208
|
Solishtirma issiqlik sig‘imi suvda katta – 1ga teng.
etil spirti 0,5
shisha 0,2
temir 0,1ga teng.
Faqat suyuq geliy va vodorodning solishtirma issiqlik sig‘imi yuqori –
- Ne – 1,25
- N2 – 3,4
Qatiq moddalarda:
Dyulong, Pti 1818 yilda kristall holatdagi har xil oddiy moddalarning atom issiqlik sig‘imlari bir xil bo‘lib, tahminan 26,4Jga teng ekanligini aniqlashdi.
Kopp-Neyman qonuniga binoan kristall holdagi murakkab moddalarning molyar issiqlik sig‘imlari ular tarkibidagi elementlar atom issiqlik sig‘imlari yig‘indisiga teng.
Qattiq moddalarning issiqlik sig‘imlari uchun quyidagilar taalluqli(xos):
Sr va Sv orasidagi farq harorat qancha past bo‘lsa shuncha kam bo‘ladi, juda past haroratda deyarli bo‘lmaydi.
Past haroratlarda qattiq jismning issiqlik sig‘imi pasayadi. Absolyut nolda→0 intiladi.
Qizdirilsa oddiy moddalarda Sr cheksiz ortadi, Sv →3Rga intiladi. Murakkab moddalarda Sv →3Rn gacha intiladi, bu erda n- atomlar son
Laboratoriya ishini bajarish uchun kerakli qurilma va reak-tivlar: kalorimetr, sekundomer, termometr, o‘lchov silindri, distil-langan suv va suvda yaxshi eriydigan tuzlar.
Fizik - kimyoviy hisoblarni bajarish uchun moddalarning issiqlik sig‘imlarini, erish, solvatlanish jarayonlarini, bug‘lanish, suyuq-lanish, sublimatlanish va kimyoviy reaksiyalarning issiqlik effektlarini bilish zarur. Ushbu kattaliklarni o‘lchash uchun turli xil eksperimental usullar mavjuddir. Uy haroratiga yaqin haroratlarda (20-25ºS) kalorimetrik usul keng qo‘llaniladi (1-rasm).
Kalorimetr ikki qavatli ichki idish (1) va tashqi stakan (2), teshiklari bo‘lgan qopqoq (3), Bekman termometr (4), shisha tayoqcha (5), va aralashtirgich (6) dan iborat. Ichki va tashqi stakanlar orasidagi havo issiqlik almashinuvini saqlash uchun xizmat qiladi.
1-rasm. Laboratoriyada qo‘llaniladigan oddiy kalorimetr qurilmasi.
Kalorimetrik tajribalarda issiqlik effektining qiymati va ishorasi kalorimetr haroratining o‘zgarishidan (∆t) aniqlanadi. Haroratning o‘zgarishi (∆t)ni topishda grafik usulidan foyda-laniladi. Grafik millimetrli qog‘ozdagi koordinatalar chizig‘ida abssissa o‘qiga vaqt, ordinata o‘qiga haroratning qiymatlari qo‘yib chiziladi.
RASM
Erish jarayonida kalorimetr va tashqi muhit orasida issiqlik almashinuvi sodir bo‘lib, haroratning eng past nuqtasi tajribada kuzatilmaydi. SHuning uchun tuzning erish jarayonida harorat o‘zgarishini topish uchun grafikdagi 2- va 3-chiziqlarni davom ettirib, kesishish nuqtasidan ordinata o‘qiga perpendikulyar tushurish orqali T2 topiladi. SV kesma sistema haroratining haqiqiy o‘zgarishini ko‘rsatadi (∆t).
∆t=T2-T1
Do'stlaringiz bilan baham: |