Fizika va kimyo



Download 6,57 Mb.
bet102/203
Sana05.09.2021
Hajmi6,57 Mb.
#165106
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   203
Bog'liq
fizikavij kimyo fanidan oquv uslubij mazhmua

Evtektikali sistema.

Kondensirlangan ikki komponentli sistemalar diagrammalari ichida evtektikali sistema holat diagrammasi asosiy toifa hisoblanadi. Bunday diagrammani qattiq holatda eritma yoki kimyoviy birikmalar hosil qilmaydigan ikki komponentli sistema hosil qiladi.

Bu diagramma suyuqlanma uchun qaralgani bilan eritma uchun ham o‘rinlidir.

T M T M


a TA S TV



a2 a0

v v2 v0 V1 v1 VqS

d TE F d0 E G

e e2 e0 AqV

Vaqt A Tarkib V

CHizmadagi TA , TV lar T0za A va V komponentlarning suyuqlanish haroratlaridir. TAE egrisidagi nuqtalar A modda kristallari bilan muvozanatda turganda suyuqlanmalar tarkibini ko‘rsatadi, ya’ni shu haroratda A moddani suyuqlanmadagi eruvchanligini bildiradi. SHuningdek TVE egrisidagi nuqtalar ma’lum haroratda V ning kristallari bilan muvozanatda turgan suyuqlanmalar tarkibini ko‘rsatadi. TAE va TVE egrilari likvidius chiziqlari ham deyiladi.

E nuqta – evtektik nuqta deyiladi va bu nuqtada A va V moddalar kristallari suyuqlanma bilan muvozanatda bo‘ladi. E nuqtaga mos keladigan suyuqlanma evtektik suyuqlanma deyiladi va harorat TE ham evtektik harorat deb ataladi. /attiq holdagi evtektik aralashma A va V ning kristallaridan iborat bo‘ladi. Sovush egrisiga nazar solib, bu aralashma toza modda kabi qotishini (va erishini) qurish mumkin.

FG to‘g‘ri chizigidagi nuqtalar suyuqlanma bilan muvozanatda turgan A yoki V (E nuqtada ikkalasi ham) kristallarini ko‘rsatadi. Bu chiziq – solidus chizig‘i deyiladi. Bu chiziqdan pastda suyuq faza bo‘lmaydi. Likvidius va solidus chiziqlari (TAE, . TVE., FG) bilan diagramma 4 qismga bo‘linadi. Likvidus chiziqlaridan (TAE,TV) yuqoridagi yuzada faqat bir, suyuq, faza mavjud. TAFE yuzasida suyuqlanma va A kristallari, TVGE yuzada suyuqlanma va V kristallari va AFGB yuzada A va V moddalarning kristallari mavjud bo‘ladi.

Diagrammada biror M figurativ nuqtaga mos keladigan tarkibli sistemani olib sovush jarayonini kuzatayli. (Diagrammadagi sistemani harorati va tarkibini ko‘rsatuvchi har qanday nuqta figurativ nuqta deyiladi).

M nuqtada sistema ikki variantlidir. CHunki F1 S3-12 ya’ni, sistema tarkibini va haroratini ma’lum chegarada o‘zgartirishi mumkin.

Sistemani haroratini a0 gacha sovitilsa birinchi A kristallari tusha boshlaydi. Bundan F2 va S3-21 bo‘lib, sistema bir variantli bo‘ladi. Binobarin, bu holatda faqat harorat o‘zgarishi mumkin, tarkib esa erksiz o‘zgaradi (buni TAE egri chizigida aniqlash mumkin).

Sovutish davom ettirilsa harorat pasaya boradi va suyuqlanmadan A kristallari cho‘kmaga tusha boshlaydi. Demak, suyuqlanma nisbatan V modda bilan boyib boradi. b0 figurativ nuqtada sistema ikki fazali bo‘lib qoladi. SHu haroratda suyuqlanma tarkibini bilish uchun b0 orqali gorizontal b1b2 chiziq o‘tkaziladi. Bu chiziqlar konnodalar deb ham ataladi. b2 va b1 nuqtalar muvozanatdagi ikki fazalar tarkibini: b2 – nuqta-qattiq faza tarkibini (A kristall); b1 – suyuqlanma tarkibini ko‘rsatadi.

a va d nuqtalar oraligida sovush egrisi yotikrok bo‘lishini sababi: A modda kristallanishida ajralib chikayotgan issiqlik haroratni pasayishini sekinlashtirishidir.

Sovush davom ettirilsa sistema harorati evtektik haroratgacha pasayadi (TE gacha) va qattiq evtektika (ya’ni A va V kristallari) cho‘kmaga tusha boshlaydi.

d0 nuqtada sistema 3 faza: 1 suyuq va 2 qattiq fazalar mavjud bo‘ladi. Demak, erkinlik darajasi S3–30 ga teng bo‘ladi. Binobarin, bunda birorta ( harorat yoki tarkibni) parametrni o‘zgartirib bo‘lmaydi; o‘zgartirilsa fazalar soni o‘zgaradi. Evtektik qotishmani boshqa qotishmalardan farki – A va V moddaning mayda kristallaridan iborat bo‘lib, bu kristallarning o‘sishiga sharoit bo‘lmaydi.

Sovish jarayoni d0 figurativ nuqtada TE haroratda suyuqlanma to‘la kristallanishi bilan tugaydi. Suyuq faza yuqolgach faqat 2 qattiq faza (A va V kristallari) bo‘lgani uchun erkinlik darajasi S3-21 ga teng bo‘ladi. Demak, haroratni erkli o‘zgartirish mumkin, faza tarkibi esa erkli o‘zgaruvchi parametr bo‘lmay qoladi va nixoyat M a0b1E – M suyuqlanmaning kristallanish yuli deyiladi.

Tahlil qilingan kabi diagrammani suv – kaliy xlorid sistema misolida ko‘rishimiz mumkin. H2O – KCl sistemasining holat diagrammasi:

Bu diagramma bo‘yicha 273 K da kaliy xlorid tuzining suvdagi eruvchanligi 21,9% ga teng (a nuqta). Tarkibida 36,5% kaliy xlorid bo‘lgan to‘yingan eritma 381,6 K va 0,1013 Mpa da qaynaydi, shuning uchun chiziq uzilgan. Agar bir muz (yoki kor) olib unga KCl kristallarini aralashtirsak muz eriy boshlaydi va tuz hosil bo‘layotgan suvda eriydi, va uch fazali sistema hosil bo‘ladi, ya’ni muz, kaliy xlorid tuzi kristallari va KCl eritmasi.

V 381,6


T,k 36,5%

310


290

a 21,9%

270


250

E 262,3 – 19,8%

10 20 30 40 KSI,% (og‘irl)

Bunda erkinlik darajasi S3-30 bo‘ladi. Demak, bu uch faza evtektik harorat (262,3 K) da turadi. YA’ni sistemada uch faza bo‘lib tursa muvozanat aralashma 262,3 K haroratda barqaror bo‘ladi. Sanoatdagi sovutuvchi aralashmalarni tayyorlash shunga asoslangan.




Download 6,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish